O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


gipotalamo-gipofizar tizimni


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

gipotalamo-gipofizar tizimni tashkil etadi. Darvoza tizimidagi qon gipotalamusdan gipofizga 
quyiladi. 
Gipofizning oldingi bo‘lagi (adenogipofiz) simpatik va parasimpatik asab tolalari orqali 
innervatsiya qilinadi. Uning orqa bo’lagi (neyrogipofiz) esa gipotalamusning supraoptik va 
paraventricular yadrolarida joylashgan neyronlardan asab tolalarini qabul qilib oladi. 
 
Gipotalamo-gipofizar tizimi. 
lchki sekretsiya bezlari va ular tomonidan ishlab chiqaradigan gormomlar asab tizimi bilan 
birgalashib umumiy intergatsion boshqarilish mexanizmini hosil qiladi. Markaziy asab tizimining 
ichki sekretsiya faoliyatiga ta‘sir etishi oraliq miyada joylashgan murakkab bir tuzilma -


86 
gipotalamus orqali amalga oshadi. Gipotalamus markaziy asab tizimining boshqa bo‘limlari bilan 
afferent va efferent yo‘llar orqali bog‘langan. Jumladan, ko‘pchilik afferent va efferent tolalar orqali 
gipotalamus orqa miya, uzunchoq miya va o‘rta miya, talamus, bazal tugunlar, gippokamp, bosh 
miya po‘stlog‘ining ba‘zi maydonlari va boshqa tuzilmalar bilan morfologik va fiziologik aloqada 
ekanligi o‘rganib chiqilgan. Bu aloqalar tufayli gipotalamusga organizmning turli qismlaridan 
axborot kelib turadi: ekstero va interoretseptor (tashqi va ichki retseptor) lardan axborot markaziy 
asab tizimi va gipotalamus orqali ichki sckretsiya bezlariga yetkazib beradi. 
Shunday qilib, gipotalamusning neyrosekretor hujayralari afferent asab impulslarni gumoral 
omillarga aylantirib beradi. Gipotalamusning rilizin-gormonlari (gipofizotrop gormonlar) gipofiz 
hujayralari funksiyasiga ta‘sir etib, bir qator gormonlarning hosil bo‘lishida sabab bo‘ladi, qaysiki 
o‘z navbatida periferik endokrin bezlar gormonlarining sintezlanishida va ishlanib chiqarishiga 
ishtirok etadi. Bu gormonlar organizmning turli to‘qima va a‘zolariga, ya‘ni endokrin «nishona» 
larga bevosita ta‘sir etib ularning faoliyatini o‘zgartiradi. Bu murakkab tizimning o‘zaro ta‘sir 
yetkazishiga ―qaytar bog‘lamalar‖ muhim rol o‘ynaydi. 
Ichki sekretsiya bezlari funksiyalarining boshqarilishida simpatik va parasimpatik asab 
tolalarining mediatorlari katta rol o‘ynaydi, ya‘ni ichki hezlar faoliyati ikki mexanizm asab va 
gumoral mexanizmlari orqali nazorat qilinadi. Biroq, ba‘zi endokrin bezlar faoliyali gipofiz 
gormonlarning ta‘sirida bo‘lmasligi mumkin. Qator bezlar, masalan, qalqon oldi bezi, me‘da osti 
bezi va hokazolar boshqacha yo‘l bilan, ya‘ni gormonlar-antagonistlar miqdori hisobidan 
boshqariladi. 
Bundan tashqari, gipotalamusda ishlab chiqadigan gormonlarning bir qismi (antidiuretik 
gormon-ADG, oksitotsin) bevosita a‘zo va to‘qimalarga ta‘sir etadi, gipofiz gormonlarning boshqa 
qismi esa endokrin bezlariga ta‘sir yetkazmasdan bular ham bevosita o‘z ta‘sirini to‘qima, a‘zo va 
nishonlarga yetkazadi (o‘sish gormoni, prolaktin). Shunday qilib, odam organizmi funksiyalarini 
gormonal bosbqarilishi murakkab jarayon ekanligi ko‘rinib turibdi. 
Evolutsiyaning dastlabki davrlarida neyrosekretor hujayralar paydo bo‗lib, neyrogormonlar 
deb atalmish gormonlarni ishlanib chiqarishga moslashgan. Bu neyrosekretor hujayralarda haqiqiy 
neyronlarning hamma alomatlari mujassamlangan: ularda ham akson, dendrit, Nissl tanachalari va 
neyrofibrillalar bor; neyrosekretor hujayralar ham neyronlar kabi asab impulslarini o‘kazish 
qobiliyatiga ega bo‘lib, afferent ta‘sirlovchilar va asosiy ichki sekretsiya bezlari o‘rtasidagi tuzilma 
omil sifatida xizmat qiladi. Bu hujayralarning evolutsion rivojlanishi natijasida sut emizuvchi 
hiayvonlarda va odamda gipotalamo-gipofizar tizimi paydo bo‘lgan. 
Gipotalamo-gipofizar tizimni ikki asosiy qismlarga bo‘lish mumkin: 1) gipotalamo-

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling