O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

tetaniya) bu holat asia-sekin kuchayib va tez- tez
takrorlanib turadi. 
Paratireoid bezlar yo‘qligi bora-bora o‘limga olib keladi, buning bevosita sababi shuki, nafas 
mushaklarining tirishishi natijasida nafas buziladi. Paratireoid bezlar olib tashlangach titrashga 
mushaklarning o‘zgarishi emas, balki markaziy asab tizimi holatining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. 
Hatakatlantiruvchi asablar kesilganda titramasligi shundan darak beradi. 
Paratireopriv tetaniya qonda kalsiyning kamayishi oqibalida yuz beradi. Paratireoid bezlari 
olib tashlangan hayvonlar organizmiga kalsiy tuzlari yuborilganda tetaniya paydo bo‘lmasligi 
buning dalilidir. Tetaniyada jigarning sintetik funksiyalari ham buziladi: Qonda zaharli 
moddalardan ammoniy karbaminat paydo bo‘ladi. Odamda paratireoid bezlar endokrin 
funksiyasining susayishi gipoparatireoz hayot davrida vujudga kelishi yoki tug‘ma bo‘lishi 


92 
mumkin. Gipoparatireozda qondagi kalsiy miqdori kamayganidan markaziy asab tizimining 
qo‘zg‘aluvchanligi juda oshadi, natijada tetanik tirishishlar paydo bo‘ladi. 
Paratireoid bezlar hiqildoqning yuqori asabidan innervasiya oladi. Qon plazmasidagi kalsiy 
konsentratsiyasi ichki muhitning eng aniq boshqariluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Qonda kalsiy 
kamayishi tufayli paratireoid bezlarning ichki sekretsiyasi kuchayadi va aksincha, kalsiy 
konsentratsiyasining ortishi oqibatida paratgormon sekretsiyasi susayadi. 
 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Qalqonsimon oldi bezi qaysi gormonni ishlab chiqaradi? 
2. Paratgormonnig ta‘sir etish mexanizmini tushuntirib bering. 
3. Qalqonsimon oldi bezi faoliyati qanday boshqariladi? 
 
7-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ayrisimon bez va uning ahamiyati hаqidа 
mа‘lumоt bеrish. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling