O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Ayrisimon bezning anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Ayrisimon bez gormonlarining ta‘sir etish mexanizmini tushuntira oladi. 
Yettinchi sаvоl bаyоni. 
Ayrisimon bez 
Ayrisimon bez bo‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning vazni chaqaloqlarda 12 g 
bo‘lib, to balog‘atga yetish davrigacha 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So‘ngra 
bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boshlaydi va u yog‘ moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning 
vazni 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda-15g, 70-yoshda-6 g bo‘ladi. 
Ayrisimon bez-juft, pallali a‘zo bo‘lib, ikki andozasi bir xil bo‘lmagan pallalardaa iborat. Bu 
pallalar biriktiruvchi to‘qima orqali o‘zaro bog‘langan. Ayrisimon bezning har bir pallasi yana 
pallachalarga bo‘linib, ularda po‘stloq va mag‘iz qavatlari mavjud. Po‘stloq qavati parenximalardan 
tashkil topgan, unda ko‘p miqdorda limfotsitlar bo‘ladi. Mag‘iz qavatda esa epitelial va lipid 
hojayralari bor. 
Bezning innervasiyasi parasimpatik (adashgan) va simpatik asablar orqali amalga oshadi. Bu 
tolalar pastki bo‘yin va yuqori ko‘krak simpatik tugunlaridan boshlanadi. 
Ayrisimon bezning fiziologik ahamiyati 
Oxirgi yillarda ayrisimon hez gormonlari va ularning fiziologik ahamiyati to‘liq o‘rganib 
chiqilgan. Bezda timozin, timopoetin, timus gormoni omili degan polipeptid tabiatli moddalar 
ishlanib chiqariladi. 
Ayrisimon bezning immunitetiga katta ahamiyati o‘rganilgan. U organizm immuniteti 
jarayonming boshqarilishida, antitelalarning hosil bo‘lishida, limfotsitlarning rivojlanishi va 
taqsimlanishida hamda organizmning immun reaksiyalariga bevosita ishtirok etadi. Olimlarning 
fikricha suyak ko‘migida hosil bo‘luvchi birlamchi suyak hujayralari umumiy qon aylanish doirasi 
orqali ayrisimon bezga yetib boradi, bezda ular ko‘payib, T-limfolsitlarga aylanadi. Bu limfositlar 
hujayra immunitetining rivojlanishi uchun javobgar ekanligi olimlar tomonidan taxmin qilmoqda. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling