O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Me’da osti bezining gormonlari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Me’da osti bezining gormonlari 
Hozirgi kunda ma‘lum bo‘lganki, bezning Langergans orolchalari beta-hujayralarida insulin, 
alfa-hujayralarida esa glukagon gormonlar hosil bo‘ladi. Bezning mayda chiqaruv yo‘llarida 
joylashgan epiteliysi lipokain moddasini ishlab cdiqaradi. Bu moddani ba‘zilar pankreatik gormon, 
boshqalar esa ferment tabiatli modda deb hisoblashadi. 
Insulin gormoni birinchi marta 1922 yilda kanadalik olimlar Barting va Best tomonidan sigir 
va cho‘chqaning me‘da osti bezidan ajralgan. Keyinchalik, 1926 yilda olim Dj.Ahel tomonidan 
uning tuzilishi aniqlab berilgan. 
Insulin disulfid bog‘lar bilan birlashgan 17 xil aminokislotaning ikki zanjiridan tuzilgan 
polipeptiddir (birinchi zanjir 21 aminokislotadan, ikkinchi zanjir 30 aminokislotadan
luzilgan). Hozirgi kunda insulin kimyoviy sintez yo‘li bilan olingan. 
Insulin karbonsuvlar almashinuvida ishtirok etadi. Gormon ta‘siri ostida mushak tolalari va 
jigar hujayralarining membranalaridan glukozaning ko‘proq o‘tishi glikogonning sintezlanishiga, 
uning jigar va mushak hujayralarida to‘planishiga yordam beradi. Insulin glukozaning 
o‘zlashtirishini oshirib, organizmda yog‘ hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Insulinning katta dozalari 
organizmga yuborilganda qon plazmasidan skelet mushaklari, yurak mushagi, silliq mushaklar, 
ko‘krak bezi, jigar va boshqa a‘zolar hujayralarming ichiga ancha glukoza o‘tishi natijasida qondagi 
glukoza kamayadi (gipoglikemiya). Agar me‘yorda qondagi qand miqdori 4,45-6,65 mmol/1 (80-
120 mg%) bo‘lsa, insulin ta‘sir qilgandan keyin qandning miqdori 4,45 mmol/1 dan oshmaydi
Glukoza kamayishi natijasida markaziy asab tizimi hujayralariga glukoza kam o‘tadi. Shu sababli 
bosh miya bilan orqa miyada glukoza birdaniga yetishmay qoladi, chunki glukoza barcha hujayralar 
singari, asab hujayralarining faoliyati uchun ham asosiy energiya manbayi hisoblanadi. Shu 
munosabat bilan qonda glukozaning keskin darajada kamayishi miya faoliyatini keskin ravishda 
buzadi-insulin shoki, yoki glpoglikemik shokka sabab bo‘ladi. Qondagi glukoza miqdori 45-50 
mg% ga tushganda shok belgilari paydu bo‘ladi. Shuning uchim vaqti-vaqti bilan bemor qattiq 
tirishib qoladi, so‘ngra mushaklar tonusi, tana harorati pasayadi va bemor hushidan ketadi. Bemor 
och bo‘lsa, oz miqdorda yuborilgan insulin ham gipoglikemik shokka sabab bo‘ladi, chunki och 
vaqtda hazm yo‘lidan qonga glukoza o‘tmaydi. Venaga glukoza yuborilsa gipoglikemik shok darhol 


94 
barham topadi. 
Me‘da osti bezining insulin tshlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki 
bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko‘p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib 
chiqishiga sabab boladi. Bu surunkali kasallik bo‘lib, uzoq yillar, aksariyat hollarda umr bo‘yi 
davom etadi. Bu kasallikda me‘da osli bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi buzilishi tufayli, 
organizmga kerakli bo‘lgan insulin gormoni bezdan qonga o‘tmay qoladi. Buning oqibatida 
organizmda karbonsuvlar almashinuvi buziladi, ya‘ni ovqat bilan iste‘mol qilingan 
karbonsuvlarning parchalanishida hosil bo‘lgan qand (glukoza) insulin ta‘sirida glikogenga 
aylanmay uning qondagi miqdori ortib ketadi. Qandli diabet kasalligida uning miqdori 150-250 
mg% ko‘tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. 
Qondagi qandning miqdori normal bo‘lganda, (80-120 mg%) u buyrak orqali siydik bilan 
tashqariga chiqarilmaydi, ya‘ni soglom odamning siydigida qand mullaqo bo‘lmaydi. Qonda 
qandning miqdori 140-150 mg% dan oshaversa u siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi, 
Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko‘p suv iste‘mol qiladi. Iste‘mol qilingan ovqat tarkibidagi 
karbonsuvlar tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste‘mol 
qilishga majbur boladi. Aks hoida teri ostidagi zaxira yog‘ moddalari parchalanib, glukozaga 
aytanadi, hatto hujayra va to‘qimalar tarkibidagi oqsil, yog‘ moddalari ham glukozaga aylanib 
qonga o‘tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, 
kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling