Noradrenalin adrenalinga nisbalan qarama-qarshi-mediator funksiyasini bajaradi, ya‘ni
qo‘zg‘aluvchan asab uchidan sekretsiya bo‘lib, effektorlarga ta‘sir etadi. Markaziy asab tizimida
joylashgan neyronlarda qo‘zg‘alishni o‘kazishi ham noradrenalin orqali amalga oshadi.
Mag’iz qavati gormonlar hosil bo’lishining boshqarilishi
Mag‘iz qavati gormonlarning hosil bo‘lish mexanizmlari birinchi marta 1910 yilda
M.N.Cheboksarev tomonidan o‘rganilgan edi. Unga ko‘ra, xromoffinositlarda adrenalin ishlab
chiqishi simpatik asab tizimi faoliyaliga bog‘liq; bu asab, ta‘sirida adrenalin. sekretsiyasi oshadi va
agar simpatik tolalar qirqilsa, buyrak usti bezidan adrenalinning chiqishi keskin kamayadi.
Bezning faoliyati bosh miya gipotalamusi faoliyati bilan ham bog‘liq, chunki uning orqa
guruh yadrolarida simpatik asab tizimining oliy markazlari joylashgan. Gipotalamus ncyronlsri
ta‘sir]anganda buyrak usii hczidan ko‘p miqdorda adrenalin ishlab chiqiladi va uning mtqdori oshib
kcladi.
Sharli reflektor faoliyali usuli bilan adrenalin sekresiyasining bosh miya po‘stlog‘i bilan
aloqasi borligi aniqlangan. Jismoniy mehnat bajarish emotsional qo‘zg‘alish, organizmning sovushi
va boshqa shunga o‘xshash holatlarda adrenalin refleks yo‘li bilan ko‘proq ajralib chiqadi.
Emotsional qo‘zg‘alishda buyrak usti bezlaridan adrenalin ko‘p chiqishini U.Kennon
aniqlagan. Vovillayotgan itni korgan mushukning buyrak usti bezlari venalaridagi qonda adrenalin
ko‘payganini U.Kennon kuzatgan.
Adrenalin sekretsiyasining ortishi odamning emotsional holatlarida ro‘y beradigan bir
qancha fiziologik o‘zgarishlar mexanizmini tushuntirib beradi. Masalan, talabalar imtihon
topshirayotgan vaqtda, sportchilar start oldidan musobaqa boshlanish signalini kutib turganda
qondagi glukozaning ko‘payishi va siydik bilan ko‘plab chiqishi buyrak usti bezlaridan
adrenalinning ko‘p chiqish nalijasidir. Bu dalil adrenalin sekretsiyasiga bosh miya markazlarining
ta‘sir etishidan guvohlik beradi.
Qonda glukozaning kamayib ketishi buyrak usti bezlaridan adrenalin chiqishini
kuchaytiradi. Masalan, hayvon organizmiga insulin yuborib gipoglikemiya vujudga keltirilsa,
adrenalin sekretsiyasi kuchayadi, natijada jigardagi glikogen safarbar etilib, qondagi glukoza
ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |