O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paratireoid bezi gormonlari
- (paratireopriv
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 1. Qalqonsimon bezi tuzillsh xususiyallari nimadan iborat? 2. Qalqonsimon bezda qaysi gormonlar ishlab chiqiladi? 3. Tiroksin va triyodotronin gormonlar qayerda va qanday siniez bo‘ladi, 4. Tiroksin gormohning fiziologik ahamiyati nimadan iborat? 6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga qalqonoldi bezi hаqidа mа‘lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Qalqonoldi bezining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi. 1.2. Qalqonoldi bezi gormonlarining ta‘sir etish mexanizmini tushuntira oladi. Oltinchi sаvоl bаyоni. Qalqonoldi yoki paratireoid bezi Odamda to‘rtta qalqonoldi yoki paratireoid bez bor, bulardan ikkitasi qalqonsimon bezning orqasida, qolgan ikkitasi esa qalqonsimon bezning pastki qutbida, ba‘zan esa bez to‘qimasida bo‘ladi. Ular yapaloq oval tuzilmalar bo‘lib, bo‘yi 6-7 mm, eni 3-4 mm va qalinligi 1,5-2 mm. Bez to‘qimasi qon va limfa tomirlariga boy. Qalqonoldi bezlarning umumiy massasi 100 mg ga teng. Paratireoid bezi gormonlari Paratireoid bez paratgormon va kalsitonin ishlab chiqadi. Paratgormon ba‘zi adabiyotlarda paratirin deb ham ataladi. U bezning asosiy va oksifil hujayralarida sintez bo‘ladi. Bezdan paratgormon to‘g‘ridan to‘g - ri qonga o‘tadi, organizmda kalsiy almashinuvini boshqaradi va qonda uning doimiyligini ta‘minlaydi. Meyorda odam qonida 2.25-2.75 mmol/1 (9-11 mg%) kalsiy bo‘ladi. Paratireoid bezining gipofunksiyasi (gipoparatireoz) da qonda kalsiyning miqdori kamayadi, bez faoliyati kuchaygan (giperparatireoz) da esa uning miqdori oshadi. Ma‘lumki, organizmda kalsiy zaxira bo‘ladigan a‘zo-suyak to‘qimasidir. Shuning uchun qonda va suyak to‘qimasidagi kalsiy miqdorining orasida katta bog‘lanish mavjud. Paratgormon suyaklarning ohaklanishi va dekalsifikasiya (ohakning suyakiarda zaxira bo‘lishi va ulardan kalsiyning ajralib chiqishi) jarayonlarini boshqaradi. Kalsiy almashinuviga ta‘sir etib, ayni holda paratgormon organizmda fosforning almashinuviga ham ta‘sir yetkazib oladi. Paratgormon buyraklarda qayta so‘rilish jarayonini susaytirib, siydik bilan fosfatlarni chiqarish jarayonini kuchaytiradi. Qalqonoldi bezlarning ishlamay qolish (gipoparatireoz) oqiballari itlarning shu bezlarini olib tashlash tajribalarida o‘rganilgan. Bezlar olib tashlangandan bir necha kun keyin skeletning barcha mushaklari dapqir-dapqir tirishib qisqaradi, ya‘ni titraydi (paratireopriv Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling