O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Qalqonsimon bez gormonlarining tashilishi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Qalqonsimon bez gormonlarining tashilishi
Qalqonsimon bezning asosiy qonda aylanib yuradigan gormoni tiroksin hisoblanadi. 
Tiroksindan tashqari qonda oz miqdorda yana bitta -gormon-triyodotronin ham bor. Ikki gormon 
ham qonda erkin holatda bo‘lmay, oqsillar bilan biriktirib, globulin fraksiyalar shaklida harakat 
qiladi. Tiroksin umumiy qon aylanish tizimiga kirib jigar hujayralari tomonidan ushlanib oladi va 
gormonal faollikka ega bo‘lmagan glukuron kislotasi bilan juft birikmalar hosil qiladi, so‘ngra o‘t 
bilan me‘da-ichak yo‘liga chiqariladi. Tiroksin bilan glukuron kislotasining juft birikmalar hosil 
qilishi natijasida gormon inaktivatsiya (nofaol) bo‘ladi. Bu mexanizm orqali tiroksinning qondagi 
miqdori me‘yordan oshmaydi. 
Tajribalarda radioaktiv yod ishlatib katta yoshdagi odam organizmida bir kecha-kunduzda 
300 mkg tiroksin va triyodotronin parchalanishi aniqlangan. 
Qalqoosimon bez funksiyasini boshqarilishi 
Tireotrop gormonlar va qalqonsimon bez sekretsiyasi orasida murakkab to‘g‘ri va qayta 
bog‘langan aloqalar mavjud: gipofizning tireotropin gormoni qalqonsimon bez gormonlar ishlab 
chiqishini rag‘batlantiradi, ammo qonda tireoid gormonlar miqdorining oshib ketishi gipofiz oldingi 
bo‘lagidan ishlab chiqaradigan tireotrop gormonlar sekrelsiyasiga tormoz beradi. Bundan tashqari, 
qondagi yod miqdori va gormon hosil bo‘lish jarayoni o‘rtasida ham katta bog‘lanish borligi 
aniqlangan. Yodning oz miqdori gormon ishlab chiqarish jarayonini kuchaytiradi, ko‘p miqdori esa 
unga tormozlovchi omil sifalida ta‘sir etadi. 
Qalqonsimon bez afferent va efferent asab tolalariga boy. Simpatik asab tolalari orqali bezga 
keluvchi impulslar uning faolligini oshiradi. Bez hujayralariga doimo asab impulslari kelib turishi 
natijasida bez hujayralarining sekretsiyasi kuchayadi va qonga tiroksin gormoni ko‘p chiqqani 
uchun gipertireoz vujudga ketadi, asosiy almashinuv ortadi, vazn kamayadi, yurak urishi tezlashadi. 
Bosh miya retikular formatsiyasinihg turli qismlariga quyilgan elektrodlar orqali elektr toki 
bilan ta‘sir etilganda ham qalqonsimon bezning qondagi anorganik yodni yutish tezligi o‘zgaradi va 
qonga qalqonsimon bez gormonlari ko‘p chiqadi, bu itlar ustidagi tajribalarda ko‘rsatib berilgan. 
Qalqonsimon bez ftinksiyasi refleks yo‘li bilan boshqarilgani uchun havo sovuq vaqtda bu 
bez kuchliroq ishlaydi, natijada moddalar almashinuvi ortib, akklimatizatsiyaga yordam beradi. 
Markaziy asab tizimi oliy bo‘limlarining qalqonsimon bezga ta‘siri shu bilan isbot etiladi: 
qalqonsimon bez giperfunksiyasi bo‘lgan odamlarda ruhiy kechinmalar, ayniqsa xursandchilik va 
qafagarchilik, turmush ktyinchiJiklari busiz ham iada! ishlayotgan qalqonsimon bcz faoliyatini 
refleks yo‘li bilan kuchaytirib, kasaliikni keskin darajada zo‘riqtiradi. 
Adenogipofizdan chiqadigan tireotropin qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi. Bu gormon 
tireoglobulinning parchalanishini kuchaytiradi, bezga gormonlar orqali shu dalillardan yod
kelishini va gormonlar simezlanishini oshiradi, bez hujayralarini kattalashtiradi va 
ko‘paytiradi. 
Gipofizdan tireotrop gormon chiqishini gipotalamus yadrolari boshqaradi. Bu jarayon 
qondagi tiroksin va tetrayodotronin miqdoriga bog‘liq. Qonga tiroksin yuborilsa tireotrop gormon 
chiqishi susayadi. Gipotalamus yemirilganda bu reaksiya yuz bermaydi. 


91 
Shunday qilib, qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishini ham asab tizimi nazorat qiladi. 
anglashiladiki, asab tizimi qalqonsimon bez faoliyatini ikki xil yo‘l bilan boshqara oiadi: bezni 
innervatsiya qiluvchi simpalik asablar orqali bevosita impulslar yuborib .va bundan tashqari, 
gipofizdan tireotrop gormon chiqishini ko‘paytirib, bez funksiyasini boshqaradi. Gipofizning 
oldingi bo‘lagidan tireotrop gormon ortiqcha chiqishi sababli qalqonsimon hez giperfunksiyasi 
vujudga keladi, deb faraz qilish mumkin. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling