O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (refraksiya)
Ko’z akkomodatsiyasi
Odam ko‘zidan uzoqdagi va yaqindagi narsalarni bir xilda ravshan ko‘ra olmaydi. Narsani yaxshi ko‘rish uchun o‘sha narsadan sochiluvchi yorug‘lik nurlari to‘r pardada to‘planishi kerak. Yorug‘lik nurlari to‘r pardaga tushgandagina narsaning ravshan tasvirini ko‘ramiz. Ko‘zning uzoq- yaqin turgan narsalarni ravshan ko‘rishga moslashuvi akkomodatsiya deb ataladi. Agar uzqdagi narsa ko‘zga sekin-asta yaqinlashtirilsa, 65-70 m masofada akkomodatsiya boshlanadi. Narsa ko‘zga yana yaqinlashtirilgan sayin akkomodatsiya kuchi oshadi va 10 sm masofada tugab qoladi. Shunday qilib, yaqindan ko‘rish nuqtasi 10 sm masofada bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sayin gavharning elastikligi asta-sekin kamayadi, binobarin, akkomodatsiya qobiliyati ham o‘zgaradi. Yaqindan ravshan ko‘rish nuqtasi 10 yashar bolada 7 sm, 20 yoshli kishida 33 sm, 60 yoshli kishida 1 m, 70 yoshli kishida 5 m boladi, 75 yoshda esa akkomodalsiya qobiliyati deyarli yo‘qoladi va yaqindan ravshan ko‘rish nuqtasi cheksiz nariga suriladi. Ko‘zda nur sinishi (refraksiya) ning ikkita anomaliyasi (noto‘g‘rilik, odatdagi holatdan chetga chiqish, nuqson): yaqindan ko’rish (miopiya) va uzoqdan ko’rish (gipermetropiya) mavjud. Bu nuqsonlar odatda nur sindiruvchi muhitlarning kamchiligiga bog‘liq bo‘lmay, k.o‘z soqqasining g‘ayri me‘yoriy uzunligidan kelib chiqadi, Yaqindan va uzoqdan ko‘rish tug‘ma bo‘lishi, shuningdek hayoti davrida kelib chiqishi mumkin. Yaqindan ko‘radigan odamlarda narsaning tasviri to‘r pardada hosil bo‘lmay, asosiy fokus to‘r parda yaqinida bo‘ladi, natijada narsaning tasviri ravshan bo‘lmay, yoyilib ketadi. Yaqindan ko‘ruvchi odamlarning narsani ravshan ko‘rishi uchun uni ko‘zlariga yaqin tutishiga sabab shudir. Bunday kishilarda uzoqdan ko‘rish nuqtasi ko‘zga yaqinlashadi va undan bir oz narida bo‘ladi. Yaqindan ko‘radigan kishilarga ikki tomoni botiq ko‘z oynak buyuriladi. Uzoqdan ko‘rishning sababi shuki, ko‘zning uzunasiga ketgan o‘qi kalta bo‘lib qoladi. Natijada yorug‘lik nurlari to‘r pardada to‘planmay, uning orqasida to‘planadi. Asosiy fokusning to‘r parda orqasiga to‘g‘ri kelishi tufayli narsaning tasviri ravshan bo‘lmaydi. Uzoqdan ko‘radigan odamlarga ikki tomoni qabariq ko‘zoynak buyuriladi, Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling