O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Birinchi sаvоlning bаyоni


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
Birinchi sаvоlning bаyоni. 
Ichki sekretsiya bezlarining umumiy tavsifi 
Organizmdagi hamma bezlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhdagi bezlar o‘zlarida 
hosil bo‘lgan moddalarni yo tana a‘zolari bo‘shlig‘iga, yoki tashqi muhitga suyuqlik chiqarish 
yo‘liari orqali ajratib chiqaradi. Bunday bezlar tashqi sekrelsiya (ekzokrin) bezlari deb ataladi 
(so‘lak, me‘da-ichak, ter bezlari). Lekin organizmda boshqa turdagi bezlar, ya‘ni ikkinchi guruhga 
mansub bo‘lgan bezlar ham mavjud. Ularning suyuqlik chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi va bunday 
bezlar o‘zlarida hosil bo‘lgan biologik faol inoddalarni-gormonlarni bevosita qonga ajratib 
chiqaradi, qon esa ularni organizmning kerakli turli qismlariga yetkazib beradi. Bunday bezlar ichki 
sekretsiya (endokrin) bezlari deb ataladi. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ichki sekretsiya (endokrin) bezlarning mahsulotlari gormon 
deyiladi. Gormon so‘zi (lot. «hormao» harakatlantirish, qo‘zg‘tish, uyg‘ontirish so‘zlaridan) a‘zolar, 
to‘qimalar va hujayralarning o‘zaro gumonal (gormonal) bog‘lanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu 
termin 1905 yilda ingliz fiziologlari Beylis va Starlinglar tomonidan birinchi marta tabiatshunoslik 
fanlariga kiritilgan edi. Ular o‘n ikki barmoqli ichakning shilliq qavatidan ajratib olingan sekretin 
moddasiga gormon deb nom berishdi. 
Gormonlar ikki tipdagi endokrin bezlarda ishlab chiqariladi. Birinchi tipdagi bezlarning 
to‘qimasi ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi 
sekretsiya bezlaridagiga o‘xshab tashqi muhitga chiqariladi. Ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan 
suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organiztmning ichki muhitiga, ya‘ni qon va 
limfaga quyiladi Bu bezlar aralash bezlar deb ataladi, ularga me‘da osti bezi va jinsiy bezlar 
kiradi. 
Ikkinchi lipdagi bezlarga haqiqiy ichki sekretsiya bezlari kiradi. Bular odam turli 
qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning faqat ichki 
muhitiga - qonga quyiladi. Bu bezlarga; gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, 
buyrak usti bezlari kiradi. Gormonlar - bu katta molekulali biologik faol moddalar bo‘lib, 
organizmdagi turli oddiy va murakkab jarayonlarida qatnashadi. Gormonlar ferment emas yoki 
fermentlarni faollantiruvchi modda ham emas, ular hujayrasiz muhitdagi kimyoviy o‘zgarishlarga 
ta‘sir etmaydi. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning tuzilmalarga ro‘y beruvchi jarayonlarga 
ta‘sir etadi. Gormonlarni kimyoviy tabiati bo‘yicha uch guruhga bo‘linishi odat bo‘lib qolgan; 1) 
polipeptidlar va oqsillar; 2) aminokislotalar va ularga yaqin birikmalar; 3) steroidlar. 
Gormonlar qonda erkin va oqsillar bilan biriktirib harakat qiladi. Ammo gormon bilan oqsil 


85 
birikmasi hosil bo‘lganda, gormon nofaol shakliga o‘tadi. 
A‘zo va funksional tizimlarga gormonlarning ta‘siri ikki mexanizm orqali amalga 
oshiriladi: 1) gormonlar o‘z ta‘sirini bevosita asab tizimi orqali o‘tkazadi; 2) qon orqali (gumoral 
yo‘li bilan) a‘zolar, to‘qima va hujayralarning funksional holatini o‘zgartiradi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling