O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Gomotermiya va poykilotermiya haqida tushuncha
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
2. Gomotermiya va poykilotermiya haqida tushuncha.
Poykiloterm hayvonlar boshqaruvchi organizmlar hisoblanib, ularda, atrof-muhit haroratinig o‘zgarishlariga ma’lum darajada qarshi turish imkoniyatini beruvchi har xil mexanizmlar mavjud. Birinchi mexanizm — to‘qimalarining xarorati o‘zgargan paytda almashinuv jarayonlarini barkarorlashtirish kobiliyatidir. Ushbu mexanizm xarorat kompensatsiyasi deb nomlanib, uni son jixatdan ifodalanishi — tukimalarning Q10 koeffitsientini kamayishi hisoblanadi. Ko‘pchilik poykiloterm organizmlarning Q10 koeffitsenti 2,0 dan pastdir. Muhit harorati o‘rtacha, harorat o‘zgarishlari farqi esa katta bo‘lgan suv sathi ko‘tariladigan joylarda yashaydigan kisqichbaqasimonlar va chiganoklarda Q10 koeffitsenti 1,0 ga yakin bo‘ladi (ya’ni metabolizm tezligi o‘zgarmas). Evolyusiya jaraenida, turli to‘qimalarda xarorat kompensatsiyasining shakllanishi bir xil o‘tmaganligi tufayli, asab tizimida xaroratni sezishga moslashgan maxsus tuzilmalarning ajralib chiqishi sodir bo‘lgan. SHu tufayli, xayvonot dunyosining rivojlanishini dastlabki davridanoq termoretseptorlar paydo bo‘lgan. Ikkinchi mexanizm — xulq-atvor xarorat boshqariluvi (termoregulyasion) xulq-atvor bo‘lib, u, umurtqasizlar xarorat boshqariluvining bosh mexanizmi hisoblanadi, lekin o‘zining mohiyatini xayvonot dunesi (odamni ham) rivojlanishining barcha davrlarida saklab kolgan. Termoregulyasion xulk-atvor harakat aktlarining majmuasi bo‘lib, organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi issilik almashinuvini o‘zgartirishga karatilgan. Oddiy holatda, bu, ekstremal past va yuqori haroratdan termoindefferent haroratga (termopreferendum) utish yo‘li bilan qochishdir. Termoregulnsion xulk-atvorning ancha murakkab shakllari ham mavjud, bular in kazish, kizigan paytda junini yalash, termoregulyasion xolat (poza), insonning termoregulyasion xulq-atvor maqsadida kiyim, uy-joy va boshqalarni yaratish hamda ulardan foydalanishga qaratilgan ongli faoliyati. Uchinchi mexanizm — poykiloterm hayvonlarning, asosan umurtqalilarning, haroratning bir xil diapazonida, sovushga nisbatan tezrok isish kobiliyatidan iborat harorat gisterezisi. Masalan, chul toshbakasi kunduzi issiklikni o‘ziga olishni, kechkurun issiklikni chiqarishga nisbatan 10 marta tezroq amalga oshiradi. Bu holat, tana yuzasining issiklik o‘tkazuvchanligini o‘zgartiruvchi teri kon tomirlarida, qon aylanishini o‘zgartirish xisobiga erishiladi (ya’ni, isigan paytda tomirlarning kengayishi va sovuq qotganda-torayishi xisobiga). SHunday qilib, poykiloterm organizmlar termoretsepsiyaga ega va harorat kompensatsiyasi, termoregulyasion xulq-atvor hamda xarorat gisterezis mexanizmlaridan foydalanib, atrof-muhit haroratining o‘zgarishlariga ma’lum darajalarda qarshi tura olish qobiliyatiga ham egadir. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling