O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
-Ma’ruza. Mavzu: Harorat boshqariluvi
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Issiklik almashinuvi va tana xaroratining boshkarilishi
14-Ma’ruza. Mavzu: Harorat boshqariluvi.
Asasiy savollar: Issiklik almashinuvi va tana xaroratining boshkarilishi. Gomotermiya va poykilotermiya xakida tushuncha. Xarorat boshkariluvining markaziy mexanizmlari. Xaroratga adabtatsiya. 1. Issiklik almashinuvi va tana xaroratining boshkarilishi. Issiklik almashinuvi va tana haroratini boshqarish. Organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishiga, haroratning sezilarli ta’siri bor. Harorat moddalarni o‘zgartirurchi kimyoviy reaksiyalarning o‘tish tezligini o‘zgartiradi, ya’ni organizm kiziganda kimyoviy reakiiyalar tezlashadi, sovuq kotganda esa susayadi. SHuning uchun odam, sut emizuvchi hayvonlar va kushlarning organizmida uzluksiz ravishda issiklik ishlab chiqariladi va bu issiklik uning hujayralari faolligiga ta’sir kursatadi. Organizmning hyoti unda biokimyoviy reaksiyalarning o‘tishiga bog‘liq bo‘lib, ular tufayli barcha turdagi energiyani issiklik energiyasiga entropik ravishda aylanishi sodir bo‘ladi. Organizm tukimalarining xarorati, ularning hujayra tuzilmalarini metabolik issiklik ishlab chikishining tezligi va xosil bo‘lgan issiklikni atrof-muhitga tarkatish tezligining nisbati aniklanadi. Bundan kelib chiqqan holda organizm va tashqi muhit o‘rtasidagi issiklik almashinuvi xayvonot organizmlari yashashining ajralmas shartlari hisoblanadi. Ushbu jarayonlar tezliklari nisbatining buzilishi tana haroratining o‘zgarishiga olib keladi. Termodinamikaning ikkinchi konunidan kelib chikkan xolda, energiyaning yakuniy o‘zgarishi faqatgina yukori xaroratli soxadan past haroratli soxa tomonga o‘tish qobiliyatiga ega ekanligini nazarda tutsaq xayvon tanasining xarorati, atrof-muhit xaroratidan yukori ekan, uning organizmdan atrof-muhitga issiklik ajralib chikishi davom etaveradi. Zamonaviy hayvonot dunyosi, erning 70 S sovukdan 85°S issikkacha bo‘lgan haroratida yashashga moslashgan. Xaroratning bunday diapazoni tukimalar darajasidagi jarayonlar uchun tabiiyki tugri kelmaydi, chunki ular -2 dan to +45°S gacha bo‘lgan intervalda, ya’ni hujayra muzi xosil bo‘ladigan harorat chegarasidan, to xujayra membranalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartiruvchi va shu bilan bog‘liq enzimli jarayonlarning bo‘zilishiga olib keluvchi harorat chegarasi doirasida amalga oshishi mumkin. Xayvonlar organizmini muhitning haroratiga moslashishi filogenezining barcha darajalarida bo‘lganligi ma’lum. Muhitning haroratiga tuliq buysinishni xarorat konformatsiyasi deb, muhit haroratiga to‘la bog‘liq bo‘lgan organizmlarni — konfermerlar deb ataladi. Lekin, ko‘pchilik organizmlar atrof-muhitning haroratiga to‘lik bog‘liq bo‘lishiga gomeostazni ushlab turuvchi turli mexanizmlarni ishga solib karshilik ko‘rsatadi, bularni boshkaruvchi organizmlar deb ataladi. Gomeostazni ushlab turish mexanizmlari Bulicha boshqaruvchi organizmlar poyqiloterm va gomoyoterm organizmlarga bo‘linadi. Poykiloterm (yunoncha poikilos — o‘zgaruvchan) organizmlar tana haroratini nisbatan bir xil darajada ushlab turishga kodir emas. Gomoyeterm (yunoncha homeo — o‘xshash, bir xil) organizmlar tana xaroratini nisbatan bir xil darajada ushlab turish qobiliyatiga ega, bunda sutkalik mavsumiy fark 2 S dan oshmaydi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling