O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Shartli refleksning shakllanish boskichlari


Download 1.65 Mb.
bet149/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

4.Shartli refleksning shakllanish boskichlari.
Shartli reflekslarning shakllanish mexanizmlari. Bir qator fiziolog olimlar, o‘z davrida, Shartli reflekslarning xosil bo‘lishini o‘rganar ekanlar, ularning shakllanishi to‘grisida o‘z xulosalarini bildirganlar. CH.Sherrington asab tizimining ishi to‘grisidagi konunni ifodalab, umumiy yo‘l prinsipi mavjudligini ko‘rsatgan. Unga binoan, efferent neyron, retsepsiyaning ko‘p sonli manbalarida paydo bo‘ladigan impulslar uchun umumiy xisoblanadi. Bunday koordinatsiya afferent yo‘llarni efferent yo‘llar ustidan morfologik ustunligi asosida yuzaga keladi. Xuddi shu yul bilan, konvergensiya mexanizmi, ya’ni ko‘pchilik afferent yo‘llarni yagona anatomik cheklangan efferent kanalga kelib ko‘shilishi ham shakllanadi va realizatsiya bo‘ladi. A.A. Uxtomyokiy esa, konvergensiyaning ushbu prinsipini MAT ning hamma kavatlariga yoygan, konvergen­siya ontogenez va filogenezda mantiq jixatdan ancha kengayadi, boyiydi, umumiy yo‘lda reflektorli ta’sirlar interferensiyasining tezligi oshadi degan xulosaga kelgan. Agar, Ch. Sherrington yo‘llar konvergensiyasining statik morfologik prinsipini ko‘rib chikkan bo‘lsa, keyinchalik A.A. Uxtomyokiy dominanta to‘grisidagi ta’limotni ishlab chikishi paytida, ustivor joriy ta’sirlar sohasiga munosobati buyicha asab ta’sirlarining harakatchan, fiziologik konvergensiyasi tamoyilini asoslangan. Aynan shu, uning, miya integrativ faoliyatning muxim tamoyili sifatidagi dominanta to‘grisidagi ta’limoti uchun asos bo‘lgan. A.A.Uxtomyokiy, o‘z ta’limotida, Ch. Sherringtonning konvergensiya na I.P. Pavlovning Shartli reflekslar to‘grisidagi ta’limotlari o‘rtasida uzviy aloka borligini aytib, aloqalarni voronkada hosil bulishi va asos solinishini, efferent (ijrochi) priborlarga konvergensiya bo‘luvchi yangidan-yangi afferentatsiyalarni jalb qilinishini ko‘rsatgan. P.Q Anoxinning (1968) fikricha, Shartli reflekslar hosil bo‘lshi mexanizmlarida, xal qiluvchi omil sifatida kuvvatlovchi refleksning biologik ahamiyati oldinga chikadi. Kuvvatlovchi omilning xususiyatlari, u chaqiradigan o‘ziga xos kimeviy reaksiyalar va neyronning membranasi va sitoplazmasi doirasida sodir bo‘ladigan mos ravishda molekulyar o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Bu erda, ultrastrukturaviy va molekulyar o‘zgarishlar natijasida Shartli va shartsiz ragbatlarning «ulanishi», keyinchalik xosil bo‘lgan integratsiyani xujayra razryadi ko‘rinishida aksonga chiqishi bilan amalga oshadi.
Shartli reflekslarning hujayra mexanizmini ko‘rib chikkar ekanmiz, o‘rganishning ikkita asosiy mexanizmi bor ekashshgini kayd QILISHIMIZ LOZIM. Birinchisi sinaptik yani Shartli reflekslarni shakllanish mexanizmlari sinapslar samaradorligini o‘zgarishi hisoblanadi, deb taxmin qilinadi. Ikkinchisi, membranali — bunga ko‘ra Shartli reflekslar mexanizmining asosiysi ko‘zgaluvchi posteinaptik membrana xususiyatlarining uzgarishi hisoblanadi, deb ta’kidlanadi. Urganishning asab mexanizmlari xam asab tizimining ikkita xususiyati tufayli amalga oshiriladi. Birinchisi, reaktivlik ya’ni ko‘zgatuvchiga nisbatan javob berish kobiliyati bo‘lsa, ikkinchisi plastiklik ya’ni ketma-ket ko‘zgalishlar ta’siri ostida reaktivlikni o‘zgartirish kobiliyati. Xar qanday refleks dominanta va summatsion refleksning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. O‘rganuvchi neyronlarning funksional holatini ko‘prokravishda adekvat aks ettiruvchi, ularning doimiy potensiali darajasi hisoblanadi. Demaq davriy (vaqt buyicha) alokalarni paydo bo‘lishi uchun elektrotonik ta’sirlar ancha muhim ahamiyatga egadir.
Dominanta va Shartli refleks. Dominanta — asab faoliyatining ishchi prinsipi va xulq-atvor vektori to‘grisidagi ta’limot bo‘lib, u, organizmning konkret xulq-atvorni bajarishga oldindan yashirin tayyorlish ko‘rinishida, u yoki bu reflektorli (Shartli va shartsiz) reaksiyani joriy ko‘zgatuvchiga javoban paydo bo‘lish extimolligini aniklaydi. Dominant o‘chogining muxim xususiyatlari bo‘lib yuqori ko‘zgaluvchanlik ya’ni kuzgaluvchanlikdan keluvchi to‘lkinlarga xozir javoblik va markazning bunday ko‘zgalishlarni umumlashtirish kobiliyati xisoblanadi. Dominanta uchogida statsionar ko‘zgalishning ma’lum bir darajasi o‘rnatiladi, u oldingi busaka osti ko‘zgalishlarni umumlashtirishga va ushbu sharoit uchun opti­mal ish ritmiga o‘tkazishga ko‘maklashadi. Bundan kelib chiqqan xolda, dominanta o‘zdarajasiga etishidan oldin, summatsion refleks darajasini o‘tishi zarur. SHu vaqtning o‘zida Shartli refleks ham, o‘z darajasiga etishdan oldin, dominanta stadiyasini o‘tadi.
Dominantaning shakllanish jarayonida birgalikda o‘tuvchi tormozlanish jarayoni muxim rol o‘ynaydi. Markazdagi ko‘zgalish holati, eng uzoq manbalardan kelgan ko‘zralishlar bilan mustakamlanganda, etarli mustaxkam, ya’ni inert bo‘la turib, o‘z navbatida, ayrim boshqa markazlarni, o‘zlari bilan to‘gridan-to‘gri munosabatda bo‘lsan impulslarga javob berish kobiliyatini pasaytiradi. Birga­likda o‘tuvchi tormozlanish o‘z vaqtida bo‘lishi kerak ya’ni boshqa a’zolarni va butun organizmni ishlashi uchun muvofiklashtirish ahamiyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu, ko‘p energiya talab qiluvchi eng nozik va shu bilan birga engtez shikastlanuvchi jarayondir. Tormozlanish jarayoni dominantni nafaqat tartibga soladi va kuvvatlaydi, balki uning faoliyatini tuxtatib ko‘yishi, ya’ni dominantaning o‘zi tormozlanishi mumkin. Dominantaning mavjudligida vaqt omili katta rol o‘ynaydi. Markazlardagi funksional o‘zgarishlarning uzoq muddat sodir bo‘lishi dominantani mustaxkamligi, inertligi, summatsiya bo‘lish kobiliyati kabi xususiyatlariga asoslangan. Dominanta, optimal ko‘zgatuvchilarning ma’lum bir to‘plami mavjudlishga suyanadi, lekin, asosan uni Shartli va shartsiz reflekslardan farqlanovchi keyingi izli jarayonlarga suyanadi.
Katta yarim sharlar po‘stlogi dominanta uchun adekvat rakbatlarni shakllantiradi, shu ragbat sababli mos ravishdagi dominantalarni ishga tushiradi va ularning o‘zaro harakatlanishini hamda boshqa xususiyatga o‘tishini ta’minlaydi. Bunday xususiyatlar, eng ko‘p darajada, yuksak assotsiativ po‘stloq soxalariga xosdir. Bundan kelib chiqqan holda, dominanta mexanizmlarini Shartli reflekslar hosil bo‘lish mexanizmlari bilan sintez zaruratdir va maksadga yunaltirilgan xulq-atvorni tashqil qilish uchun etarlidir. Domi­nanta uning faol ijodiy xarakterini ta’minlaydi, mustaxkamlangan maxsus Shartli refleks esa — uning adaptatsiya bo‘lish xarakterini, ya’ni xulq-atvorning ob’ektiv vokelikka aynan mos kelishini ta’minlaydi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling