O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Oliy asab faoliyati ( OAF) fiziologiyasi va o‘rganish metodlari
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
1. Oliy asab faoliyati ( OAF) fiziologiyasi va o‘rganish metodlari.
Oliy asab faoliyati (OAF) fiziologiyasi xaqidagi ta’limotga nazar tashlasak uning ildizlari kadimgi yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Aristotel kabilarning dunyoqarashlariga borib takaladi. I.P.Pavlov yaratgan OAF fiziologiyasi esa, bir qator eksperimental-psixologik yunalishlardan farqli ravishda o‘z oldiga odam va xaynonlar bosh miyasi ishining ichki mexanizmlarini aniklashni mahsad qilib ko‘ygan. Zamonaviy tadkikotchilar miya funksiyalarini o‘rganishning ob’ektiv usulini, ya’ni Shartli reflekslar usulini qabul qilishgan bo‘lib, o‘rganish, xotira, hissiyotlar, fikrlash, ong, mijoz, xulq-atvor, uyku, tush kurish va gipnoz kabilarning tabiati va ichki mexanizmlarini xamda bunda miyaning aloxida strukturalarini rolini tushunishga intilmokdalar. SHu maksadda ular miyaning chukur qatlamlarini, ya’ni uning yuksak funksiyalarini molekulyar, hujayra va subhujayra asosida urganmoqdalar. Elektrofiziologik va neyrokimyoviy usullar, elektron mikroskoplar va kompyuterlar asosidagi boshqa texnikalar, miya funksiyalarini o‘rganishda, miya ichidagi jarayonlarni tushunish imkoniyatlarini bermokda. Albatta, bunda klassik fiziologiya yutuklari inkor etilmasdan, balki anikrok tushuntirilmokda va butun miya faoliyatini tadkikot qilishda asos bo‘lib kelmokda. OAF ma’lum bir darajada asab tizimi rivojlangan barcha xayvonlarga xos bo‘lib, xulq-atvorning neyrofiziologik asosi hisoblanadi va o‘z ichiga miyaning markaziy mexanizmlarini olgan, tarkibiy asosi katta yarim sharlar pustlogidir. Xozirgi vaqtda hayvonlarning xulq - atvori OAF fiziologiyasi bilan birgalikda zoopsixologiya, ijtimoiy biologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo, biofizika, etologiya kabi fanlarning o‘rganish predmeti hisoblanadi. Ayniksa unumlisi fiziologiya va etologiya fanlarining ittifoqidir. Etologiya (yunonchadan — xarakter, xulk) — hayvonlar xulq-atvorini namoyon bo‘lishi va evolyusiyasini ularning tabiiy yashash muhitida o‘rganaligan fan. OAF fiziologiyasi esa, asosan hayvonlarni individual o‘rganish bilan birga, xulk - atvor reaksiyalari asosida yotgan neyrofiziologik reaksiyalarni o‘rganadi. Bu ikkala fan konkret asab mexanizmlari bo‘lgan xulq-atvorning tugma va orttirilgan shakllari fenomenologiyasiii bog‘lab, bir-birini to‘ldiradi. Funksional jixatdan OAF tugma (instinktli) va orttirilgan (Shartli reflektorli) mexanizmlarning birligi bo‘lib, xayvonlarni atrof-muxitga mukammal moslashishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham individum va turni sakklashga yunaltirilgan. Evolyusiyaning ma’lum bir davrida reflektorli faoliyat, ya’ni organizmni atrof-muhit va ichki muhit ta’siriga MAT orqali javobi paydo bo‘lgan. Irsiy mustahkamlangan reflekslar kushimcha o‘rganishsiz namoyon bo‘ladigan moslashuv xulq-atvor aktlari ko‘rinishi asosida yotadi. Ular turga mansubdir, ya’ni organizmning ma’lum xolatida, tashqi muhit ta’sirlariga bir turga mansub vaqillarning javob reaksiyasi o‘zgarmasdir. Odam va yuksak hayvonlarning asab tizimi orasida juda ko‘p o‘xshashliklar mavjud. Lekin, shu bilan birga, odamning OAF i hayvonlarnikidan farq qiladi. Odam hayvondan fakat tevarak-atrofdagi tabiatga moslanish yoki tabiat materiallari va maxsulotlaridan foydalanish bilangina farq qilmay, balki tabiatni faollik bilan o‘zgartirish, o‘z foydasiga bo‘ysindirish, insoniyat uchun xizmat kiladigan shaklga keltirish kuchiga ega bo‘lish bilan ham farq qiladi. Atrof-muhit ta’sirida odamning bosh miya yarim sharlari pustlogida hosil bo‘ladigan asab jarayonlari odam tomonidan ongli ravishda idrok qilinib, his-tuygu bilan birgalikda fikr ham uygotadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling