O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Hayvonot olamida shartli refleks hayotga moslashtiruvchi universal mexanizm


Download 1.65 Mb.
bet148/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

3. Hayvonot olamida shartli refleks hayotga moslashtiruvchi universal mexanizm.

Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida paydo bo‘ladi. Ular xayvonning individual xayoti davrida vujudga keladi, ya’ni uning yoyi xayvon tugilganda mavjud bo‘ladi. Shartli reflekslar xayvonning individual xayoti davomida orttiriladi va organizm hayot faoliyatini doimo uzgarib turadigan atrof-muhit sharoitiga moslashishini ta’minlashda muxim rol uynaydi.


Muhit omillarining o‘zgarish diapazoni qancha kichik bo‘lsa, hayvon xulq-atvori shunchalik ko‘p darajada, ajdodlari genotipida «yozilgan» tajribaga suyanishi mumkin. Aksincha, atrof-muhit qanchalik o‘zgaruvchan bo‘lsa, tur vaqillari tajribasinilg pragmatik kimmati shunchalik kam va shaxsiy-individual tajriba orttirishga bo‘lgan zarurat shunchalik ko‘p darajada oshadi. Individual tajriba turli yo‘llar bilan orttiriladi, ularning asosida tirik organizmlarni o‘rganishga bo‘lgan umumiy kobiliyati yotadi. Bu esa, organizmni muhit xususiyati — o‘rganish elementlarini ma’lum muddatga xotirada saklab kolish xususiyati tufayli amalga oshadi.
Shartli reflekslar organizm adaptatsiyasida muxim ahamiyatga ega bo‘lib, ular tufayli organizmning xulk-atvorida o‘zgaruvchan sharoitlarga mutanosiblik va egiluvchanlik paydo bo‘ladi. Barcha Shartli reflekslarning paydo bo‘lishida MATning yukori boyokichlari ishtirok etishi lozim, Shartli reflekslarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular organizmning individual xayoti davomida hosil bo‘ladi va doimiy bo‘lmaydi, organizmning holati va muhit sharoitlarini o‘zgarishiga bog‘liqravishda yukkolishi yoki aksincha yangidan paydo bo‘lishi mumkin. Shartli reflekslarning vaqtinchalik xususiyatga ega ekanligi tormozlanish jarayoni mavjudligi bi­lan ta’minlanadi va u kuzgalish jarayon bilan birgalikda Shartli -reflektorli faoliyat dinamikasini belgilaydi.
Shartli reflekslarning umumiy belgilari. Shartli refleks­lar moslashish xususiyatiga ega bo‘lib, xulq-atvorni konkret atrof-muhit sharoitlariga moslashgan va plastik xolatga keltiradi. Xar kanday Shartli reflekslarni hosil qilish uchun bosh miyaning yukori bulimlari ishtirok etishi zarur. Shartli rsflekslar har bir turning konkret vaqilini individual hayoti jarayonida orttiriladi va yo‘k bo‘ladi. Individual xotiraga, har kanday Shartli ta’sirlovchi va shartsiz javob reaksiyasini tasodifan mos kelishi yozilmaydi, faqat ularning vaqt jixatdan ancha mos kelish extimolligi borlarigida seziladi. Bunaqa tasodifan xosil bo‘ladigan barcha aloqalar tormozlanadi. Shartli reflekslar signalli xususiyatga ega, ya’ni keyinchalik paydo bo‘ladigan shartsiz refleksni oldini oladi va organizmni unga moslashtiradi. Shartli reflekslar erdamida hayvonlar xavfning oldini olish yoki uljani ushlab olishga, boshqa jinsdagi xayvon bilan uchrashuvga va shu kabilarga tayyorlanishi mumkin.
Shunday kilib, Shartli reflekslar — odam va xayvonlarning individual orttirilishi tizimli moslashuv reaksiyasi bo‘lib, MATda Shartli (signalli) ta’sir etuvchi va shartsiz reflektorli akt o‘rtasida vaqtinchalik bog‘lanish paydo bo‘lishi asosida vujudga keladi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling