O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Shartsiz reflekslarning sinflari va uning MAT da lokalizatsiyasi


Download 1.65 Mb.
bet147/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

2. Shartsiz reflekslarning sinflari va uning MAT da lokalizatsiyasi.
Odam va hayvonlar tugilgan vaqtda ularda bir qancha reflekslar mavjud bo‘ladi. Bu reflekslar evolyusiya jarayonida vujudga kelgan bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi, shu sababli ularni tugma reflekslar deb ham ataladi. SHartsiz reflekslarning soni ko‘p bo‘lmasdan ularning vujudga kelishida MAT ning bosh miya yarim sharlari po‘stlogi ostida yotgan qismlari ishtirok etadi. SHu bilan birga, bosh miya yarim sharlari pustlogining ishtirokisiz ham shartsiz reflekslar vujudga kelishi mumkin. SHart­siz reflekslar deyarli turgun, o‘zgarmaydigan bo‘lib, umr buyi saqlanadi, lekin miya po‘stlogi ta’sirida o‘zgarishi ham mumkin.
SHartsiz reflekslar nisbatan doimiy, ma’lum bir retseptiv maydonning adekvat ta’sirlanishiga javoban stereotip ravishda namoyon bo‘ladi va individual tajriba bilan bog‘liq ko‘p sonli Shartli reflekslarni shakllash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. SHartsiz reflekslar, ichki muhitning kulchilik parametrlarini doimiyligini ushlab turishga, organizmni tashqi muhit bilan o‘zaro xarakatini, somatik visseral va vegetativ reaksiyalarni muvofiklashgan faoliyatini amalga oshirishiga qaratilgan koordinatsiyali faoliyatni ta’minlaydi. Lekin, organizmning tashqi va ichki muhitni o‘zgaruvchan xolatlariga optimal moslashuvi, Shartli reflekslar yordamida amalga oshadi va ular tufayli, malum bir faoliyat uchun zarur indifferent ta’sirchilar biologik muhit signal sifatiga ko‘tariladi.
SHartsiz reflekslarning, ularni chaqiruvchi kuzgaluvchilar, bio­logik roli, boshqaruv darajalari (MATning ma’lum bir bulimlari bilan alokasi), konkret moslashuv aktida kelish tavsifiga mos ravishda bir nechta tasnifi taklif qilingan. Ana shu takliflardan kelib chiqqan holda, orasida prinsipial qarama-karshilik bo‘lmagan, anatomik va funksional yondoshish asosida shartsiz-reflektorli faoliyatni tasnif qilish imkoniyati mavjud. Stereotoksik texnika yordamida ixtisoslashgan shartsiz-reflektorli faoliyatda miyaning ko‘pchilik bo‘limlarining (gipotalamus, bodomsimon tana, gippokamp, striopallidar tizim va b.) ishtirok qilishini aniqlash imkoniyati mavjud.
Avtomatik boshqarish nazariyasini rivojlantirish, tugma va orttirilgan xulq - atvorni tashqillashtirishni miyaning axborot-boshqaruv faoliyati to‘grisidagi tushunchalar aspektida ko‘rib chiqish zaruratiga olib keldi. Uni tashkil qilishning oltita darajasi ajratilgan: elementar, muvofiklashtiruvchi, integrativ, murakkab shartsiz reflekslar, elementar shartsiz reflekslar va OAF murakkab shakllari.
Elementar shartsiz reflekslar malalliy mohiyatga ega oddiy javob reaksiyasi bo‘lib, o‘zining segmentar markazlarida kat’iy determinaiiyalangan dasturlariga mos ravishda ruyobga chiqadi. Ular, bitta bosh kanallar (markazga intiluvchi, markaziy va markazdan kochuvchi zvenolar) bo‘ylab amalga oshadi. Elementar shartsiz ref­lekslarning korrekiiyasida qaytar alokalarning (ko‘proq manfiy) roli unchalik katta emas. Bunday reflekslarga — ko‘ygan oyokni olovdan tortib olish yoki ko‘zga biron narsa kirganda uning pirpirashi misol bo‘la oladi.
Muvofiklashtiruvchi Shartli reflekslar segmentar darajada amal­ga oshiriladi, lekin elementar reflekslardan farqli ravishda, bir qator sikllarni o‘z ichiga oladi. Bu sikllar steriotip bo‘lsa manfiy va musbat qaytar alokdlar asosida korreksiyaga yo‘l ko‘yadi. Oddiy muvofiklashtiruvchi reflekslarga — bukuvchi va yozuvchi mushaklar kiskarishini kelishtiradigan antogonistik reflekslar misol bo‘la oladi.
Integrativ shartsiz reflekslar — ma’lum bir biologik moxiyatning yigindisi reaksiyasini vegetativ ta’minlovchi harakat aktlari muvofiklashuvining sintezi xisoblanadi. Integrativ reflekslarning ro‘ebga chiqishi segmentlar usti mexanizmlari (asosan, ustunning pastki bo‘limlari, uzunchoq, o‘rta va oraliq miya strukturalari, miyacha) bilan belgilanadi. Agar, elementar va muvofiqlashtiruvchi reflekslarning amalga oshirilishi uchun, ko‘zgatunchining asosan fizik xususiyatlari va lokal ko‘shimchalari ahamiyatga ega bo‘lsa, integrativ reflekslar organizmning bir butun javoblarini (ya’ni, vegetativ komponentlari bilan birgalikda oddiy xulq-atvor aktlarini) ta’minlaydi.
Tugma reaksiyalarni tashkil qilishning murakkabligini, nisbatan oddiy hisoblangan, sulak ajralish refleksi misolida kurit mumkin. Aslida, bu refleks, turli retseptorlar (ta’m, taktil, ogrik}, bir nechta asablarning tolachari (uchlamchi, yuz, til-xalkum, sayyor), MATning ko‘pchilik bo‘limlari (uzunchoq miya, gipotalamus, bodomsimon tana, katta yarim sharlar po‘stlogi) bilan borlikdir. So‘lak ajralishi ovqatlanish xulq-atvori, yurak-tomir, nafas olish, endokrin, harorat boshqaruluv faoliyatlari bilan bog‘liq. So‘lakning shartsiz-reflektorli sekretsiyasi, nafakat uni chakiruvchi adekvat ko‘zgatuvchiga, balki ko‘pchilik tashqi va ichki omillarga ham bog‘likdir. Atrof-muhit xaroratining ortishi, tarkibida organik moddalari kam bo‘lgan boshkariluvli sulakni katta mikdorda ajralishiga olib keladi. So‘lak mikdori ovqatlanish ko‘zgalishining darajasiga, gormon foni va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
SHunday qilib, nisbatan oddiy bo‘lib kuringan tugma reakiiyalar, hakikatda, gomeostazni kullab kuvvatlab turishni va organizmni tashqi muhit bilan o‘zoro munosabatini belgilovchi murakkab mexanizmlarning integratsiyalangan tizimiga kiradi. Bunday integ­ratsiya o‘ta plastik va dominanta prinsipiga mos ravishda, bir xil reaksiyalar, organizmning turli talablari bilan bog‘liq bo‘lgan majmualar tarkibiga kirishi mumkin. Masalan, so‘lak ajralishi refleksi harorat boshqariluvi, ovqatlanish yoki mudofaa xulq-atvorlari bilan bog‘liq bulishi mumkin.
Vegetativ ta’minlanadigan, muvofiklashgan (koordinatsiyalangan) harakatlar majmuasi ko‘rinishidagi integrativ shartsiz reflekslarni amalga oshirishda, segmentar usti mexanizmlari etakchi rol o‘ynaydi. Qaytar aloqalarning murakkab tizimi yagona tizimga birlashgan elementar, muvofiklashtirish va integrativ reaksiyalarning korreksiyasini amalga oshiradi. U, bosh miyaning po‘stlogosti ustun (stvol) bo‘limlari bilan bog‘liq, instinktli reaksiyalarning markaziy mexanizmlaridan ajralmasdir. Instinktiv reaksiyalarni ruyobga chikishida bosh miya katta yarim sharlarining po‘stloj ham ma’lum bir rolni uynaydi.
Umuman olganda, shartsiz-reflektorli faoliyat darajalarining taksimlanishi muljal (orientir) shartsiz refleksi orqali amalga oshiriladi. Bu refleks uch gurux xodisalarni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, o‘z ichiga ko‘pchilik elementar va muvofiklashgan refleks-larni, ya’ni kuz qorachigining kengayishi, bir qator sensor ta’sirlovchilarga sezish bo‘sagasining pasayishi, kuz, ahlok mushaklarining qisqarishi va bo‘shashi, bosh va tanani ta’sirlovchi manba tomonga bo‘rish, ta’sir manbaini xidlash, bosh miyaning elektr faolligini o‘zgartirish (ezish, alfa-ritmni blokadasi va ancha tez sodir bo‘ladigan tulqinlarning paydo bo‘lishi), terigalvanik reaksiyalarning hosil bo‘lishi, nafas olishning chukurlashuvi, boshning qon tomirlarini kengayishi va ko‘l-oyok qon tomirlarining torayishi, yurak urishining avvaliga sekinlashuvi va keyinchalik tezlashuvi hamda organizm vegetativ soxasidagi bir kator boshqa o‘zgarishlar. Ikkinchisi — maxsus izlanish harakatlari bilan bog‘liq va motivatsion — extiyoj tasniflarga, ya’ni ustun chikuvchi dominanta va tashqi ta’sirchilarga bog‘liq. Uchinchisi — tadkikotchilik reaksiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va u, organizmning joriy ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq bo‘lishi shart emas.
Orientirlash — tadkikot refleksi orientirlash (chamalash) — tadkikotchilik xulq-atvorning tarkibiy qismi bo‘lib, u tugma bo‘lsa xam, Shartli -reflektorli faoliyatdan amalda ajralmaydi. Bu hol, xulq-atvorning ko‘pchilik boshqa shakllariga ham taallukdidir. SHuning uchun, xulq-atvor fiziologiyasining eng murakkab masalalaridan biri — tugma va orttirilgan reflekslarni farqlash hisoblanadi. Voyaga etgan zotda tugma faoliyat odatda sof holda namoyon bo‘lmaydi. U, ontogenez jarayonida shakllanadigan Shartli reflekslar tomonidan o‘zgartirilgan bo‘ladi. SHunday kilib, shartsiz reflekslar yashash xususiyatlariga individual moslashuvga mos ravishda modifikatsiyalanadi. Xattoki postnatal hayotningancha erta davrdagidaeq hayot faoliyatining ayrim tomonlari uchun esa prenatal davrdayoq tugma reaksiyalar Shartli reflektorli elementlar bilan «o‘ralib» qoladi. Bunda determinantlangan musbat reaksiyalar manfiy reaksiyalarga kuchirilishi (transformatsiyalanishi) mumkin. Tugma va orttirilgan reaksiyalarning differensiyalanishidagi boshqa murakkablik individual rivojlanish jarayonida shartsiz reflektorli faoliyatning mukammallashuvi bilan borlik bo‘ladi.
Individual rivojlanish jarayonida xulk-atvorning tugma shakllari ko‘rinishlarini o‘zgarishi, nafaqat o‘rgatishga, balki, oxir-oqibatda shartsiz-reflektorli faoliyatga ta’sir qiluvchi bir kator bilvosita ta’sirlarga ham bog‘liq. U, bir xil sharoitlarda, organizmning rivojlanishi sodir bo‘layotgan atrof-muhit harorati, ovkatlanish sharoitlari, stress ta’sirlar bilan belgilanadi. Xaetning ilk davrida yashash sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan murakkab shart­siz reflekslarning o‘zgaruvchan diapazoni o‘zgaruvchan faoliyat turlari uchun bir xil bo‘lmaydi. Xarakatlarning ayrim tugma majmualari xaddan tashkari turgun va ularni muhit ta’sirida o‘zgartirib bo‘lmaydi, boshqalari esa ancha plastikligi bilan farklanadi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling