O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Moddalar almashinuvining xillari: oksillar, eglar, uglevodlar vitaminlar almashinuvi
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
2. Moddalar almashinuvining xillari: oksillar, eglar, uglevodlar vitaminlar almashinuvi.
Oqsillarl almashinuvi. Odam va hayvonlarning ovqatlanish balansida oqsillar aloxida axamiyatga ega, chunki ularning hujayralari kuruq moddasining yarmidan ko‘pi oksillarga to‘gri keladi. Tirik organizmda doimiy ravishda ruy beradigan moddalar almashinuvi — turli biokimyoviy reaksiyalar natijasi bo‘lib, bu reaksiyalarning hammasi maxsus Oqsillarl — enzimlarga bog‘lik. Skelet, sillik va yurak mushaklarining kiskarishi xam aktin va miozin oqsillarining o‘zaro alokadorligi natijasidir. Oqsillar yoki proteinlar odam va hayvonlar organizmi uchun plastik va energetik ahamiyatiga ega. Oqsillarning plastik ahamiyati shundaki, ular xujayra va organellalarning zarur tarkibiy qismi bo‘lib, turli tuzilmalarni xosil qilishga sarflanadi. Oqsillar organizmda uzluksiz ravishda parchalanib va qaytadan sintezlanib turadi, turli a’zolarda ularning yangilanish tezligi har xil bo‘ladi. Masalan, jigarda, ichak shilliq pardasi va kon plazmasida juda tez yangilanadi, mushaq teri, pay, togay va suyaklarda esa bu jarayon ancha sekin kechadi. Oqsillarning energetik ahamiyati shundan iboratki, ular parchalanganda ajraladigan energiyadan organizm o‘z hayot faoliyatida foydalanadi. Ma’lumki oqsillar aminokislotalardan tuzilgan bo‘lib, ular strukturaviy oksillar, enzimlar, oksilli va peptidli tabiatga ega gormonlar va boshqalar sintezi uchun xam manba, shu bilan birga energiya manbasi ham hisoblanadi. Bir kecha-kunduzda odam organizmida 400 g oqsillar parchalanadi va sintezlanadi. Oqsilning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan erkin aminokislotalarning taxminan ikkidan uch qismi yangi oksilning sintezi uchun ishlatiladi, lekin uchdan bir qismi energetik zanjirlarda kaytmas holda oksidlanadi va ular ovqatning ekzogen aminokislotalari bilan to‘ldirilishi zarur. Xayvonlarning har bir turi, aynan o‘zining turiga xos bo‘lgan oksillarga ega. Lekin, oqsilli strukturalarning bunday ko‘p shaklga ega bo‘lishidan katiy nazar, ularning strukturasi bor-yugi 20 ta aminokislotalar kombinatsiyasidan iborat. Bu aminokislotalarning 10 tasi organizm tomonidan boshqa aminokislotalardan siptezlanadi, ya’ni bular almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalar hisoblanadi. Odam va yuksak xayvonlar organizmida sintszlanmaydigan yana 10 ta aminokislotalar mavjud bo‘lib, ular albatta ovqat bilan organizmga kirishi zarur, ya’ni ular almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar hisoblanadi. Almashtirsa bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmaydigan deb nomlanishi, ushbu aminokislotalarni ozuka ratsioniga ko‘shish zaruratini ko‘rsatadi holos, organizm uchun ularning ahamiyati to‘grisidagi ma’noni bermaydi. O‘sayotgan kalamushlar, buzoklar va chuchka bolalari uchun almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalar — alanin, asparagin kislota, glutamin kislota, glitsin, prolin, gidroksiprolin, serin, tirozin, sistein va sistin xisoblansa, almashtirib bo‘lmaydiganlari — arginin, gistidin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, fenilalanin, treonin triptofan va valin hisoblanadi. Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalardan birortasi ovkatda etarli bo‘lmasa yoki butunlay yo‘k bo‘lsa, organizmda Oqsil sintezi jiddiy buziladi, manfiy azot muvozanati ro‘y beradi. Oqsillarning l aminokislotalar tarkibi har xil bulganidan organizmning sintetik ehtnyoji uchun oqsillardan foydalanish imkoniyatlari ham turlicha bo‘ladi. SHu sababli, ovqat oksillarining biologik qiymati degan tushuncha qabul qilingan. Tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning to‘liq majmuasi bo‘lgan Oqsillarl — biologik to‘la qiymatli oqsillar deb ataladi. Bunday aminokislotalar tarkibiga ega bo‘lgan oksillardan, organizmning o‘ziga xos bo‘lgan oksillarni sitezlash oson va samarali bo‘ladi. To‘la kiymatli oksillarga go‘sht, tuxum, baliq va sut Oqsillari kiradi. Oqsil tarkibida, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotlardan bittasi yoki bir nechtasi etishmasa, u, chala kiymatli oqsil xisoblanadi. Bunday Oqsillarl organizmning oqsilga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlay olmaydi. Chala kiymatli oksillarga jelatin, makkajo‘xori oksili (zein), bugdoy oqsili (gliadin) va arpa oksili (gordein) kiradi. Oqsilga bulgan ehtiyoj odam va yuksak hayvonlarning yoshi, jinsi, bajaradigan ishi, yashash joyining iklim harorati va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Katta yoshli odam har kuni 80-100 g Oqsil iste’mol qilganda organizmda azot muvozanati saklanadi, bunda 30 g OQSILNI hayvon gushtining oqsillari tashkil qilishi lozim. Umuman, 1 kg tana massasiga odam 1 g Oqsil iste’mol qilishi kerak — bu oksilli optimum deyiladi. Odam stress (iztirob chekish) holatiga tushganda, ogir jismoniy ish bajarganda, sport bilan shurullanganda, oksilga bo‘lgan talab ortib ketadi va odamning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Oqsillarl almashinuviga MAT ning boshqaruv ta’siri bevosita emas, balki ichki sekretsiya a’zolari — gipotalamus-gipofizperiferik endokrin bezlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Metabolik samaraga ega gormonlar — samototropin, insulin, tiroksin, glyukokortikoidlar, androgenlar va estrogenlar hisoblanadi. Bu samara anabolik yoki katabolik bo‘lishi va ko‘pchilik a’zolarni yoki fakatgina ixtisoslashgan to‘qimalarni kamrab olishi mumkin. Katta yoshli odamlarda somatotrop gormoni oqsil sintezini ta’minlaydi. Bu gormon ta’sirida, hujayralar membranasining o‘tkazuvchanligi aminokislotalar uchun oshadi, tukimalardagi proteolitik enzimlar — katepsinlarning faolligi kamayadi. Glikokortikoidlar (buyrak usti bezi gormonlari) tukimalarda Oqsil parchalanishini tezlashtiradi. Bu gormonlar jigarda Oqsil sintezini kuchaytiradi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling