O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Bo‘yuraklar faoliyatining boshkarilishi


Download 1.65 Mb.
bet135/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

3 . Bo‘yuraklar faoliyatining boshkarilishi.

Buyraklar o‘z faoliyati uchun hamda boshqa a’zo, tukima va jarayonlarga tasir etuvchi fiziologik faol moddalarni — renin, eritropoatin va vitamin D ning faol shakllari kabilarni sintezlab, konga chiqarib turadi. Bu moddalar, maxalliy, ya’ni buyraklarning o‘zi va boshka a’zolarga ta’sir ko‘rsatish kobiliyatiga ega. Prostaglandin va bradikininlar esa, asosan buyrak faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalardir.


Inkretor faoliyat asosan yukstaglomerulyar apparatga xos bo‘lib, bu apparat, koptokchaga kiraverishda kon keltiruvchi va olib ketuvchi tomirlar oraligida joylashgan va unga distal kapalcha devorining bir qismi ham tegib turadi. YUkstaglomerulyar apparat tarkibida afferent arteriolalaring donali yukstavaskulyar hujayralari, distal naychadagi zich dog- hujayralari va bu ikki turdagi hujayralar bilan jipslashgan maxsus yukstaglomerulyar xujayralar uchraydi.
Buyraklarning inkretor faoliyati. Buyraklar o‘z faoliyati uchun hamda boshqa a’zo, to‘qima va jarayonlarga ta’sir etuvchi fiziologik faol moddalarni — renin, eritrogyuetin va vitamin D ning faol shakllari kabilarni sintezlab, konga chikarib turadi. Bu moddalar, maxalliy, ya’ni buyraklarning uzi va boshqa a’zolarga ta’sir ko‘rsatish kobiliyatiga ega. Prostaglandin va bradikiiinlar esa. asosan buyrak faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalardir.


5.Terining ekskretor funksiyasi.
Teri bszlarining asosiy funksiyasi ter chikarish bo‘lib, ular: 1) moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan parchalanish maxsulotlarini chiqarib tashlaydi; 2) termoregulyasiyada ishtirok etadi, chunki badandan terni buglanishi issiklik chiqarish omili hisoblanadi; 3) osmoregulyasiyada, ya’ni suv va tuzlarni chikarib tashlash yuli bilan osmotik bosimni doimiy darajada saklashda ishtirok etadi.
Ter bezlari teri ostidagi ko‘shuvchi to‘qima hujayrasida joylashgan bo‘lib, tana bo‘ylab bir xilda tarkalmagan, ya’ni ko‘l-oeq kaftida va ko‘ltikda ko‘p, bu erning 1 kv. sm da 400-500 ter bezlari bor.
Ter bezlarining sekretor asablari simpatik asablar bo‘lib, bu bezlar orka miyaning muayyan segmentidan innervatsiyalanadi. Bosh, buyin va kukrak kafasining yukori kismidagi ter bszlarining sekretor asablari yadrolari orka miyaning oxirgi buyin segmenti bilai 6-kukrak segmenti orasida, kullardagi ter bezlari asablarining yadrolari 5- va 7-kukrak segmeptlari orasida, oe'klardagi ter bezlarining yalrolari oxirgi ko‘krak segmeptlari bilan yukori bel segmentlarida joylashgan. Agar simpatik asablar shikastlansa, terining simpatik innervatsiyasidan maxrum bo‘lgan joylarida terlash xodisasi kuzatilmaydi.
Ter bezlarining asablari anatomik jihatdan simpatik asab tizimiga mansub bo‘lsa ham, ularning uchlari parasimnatik asab uchlari kabi xolinergik bo‘ladi, ya’ni ko‘zgalganda atsetil xolil ajratadi. Ter bezlarini innsrvatsiyalovchi simpatik tugunlar olib tashlansa ham, odam xissiy holatlarda terlashi mumkin. Ter ajralishining spinal markazlaridan tashqari, uzupchoq miyada asosiy markazi mavjud bo‘lib, u gipotalamusdagi moddalar almashinuvining oliy vegetativ markazlari bilan bog‘langan. Ter ajralishida bosh miya pustlogining ham ahamiyati bor.
Ter ajralishi reflektor yul bilan sodir bo‘ladi. YUqori harorat ta’sirida, teridagi issiqni sezuvchi asab uchlarining kuzgalishi tufayli ter ajralishi refleksi paydo bo‘ladi. Masalan, badanning bir joyi qizitilganda, fakat shu joyida emas, balki badandagi barcha ter bezlaridap ter chikadi. Sababi, ter ajralish refleksida, ko‘zgalish badanning biron qismini innervatsiyalovchi segment darajasidagina emas, balki boshqa segmentlar darajasida ham tarqaladi.
Teri badanni tashqaridan koplab, organizmni himoya qiladi va turli fiziologik faolintlarni bajaradi. Uning satxi odamning buyi, yoshi, jinsiga qarab 1,5-2,0 mg atrofida bo‘lib, o‘rta xisobda 1,73 m2 ga teng, epidermis, derma va teri osti yog qatlamlaridan iborat. Teri kon, limfa tomirlariga va asab uchlariga juda boy bo‘lib, organizmning barcha a’zo va tizimlari bilan alokador. Teri himoya, nafas, so‘rish, tana haroratini boshqarish, almashinuv va konning qayta taqsimlanishi jarayonlarida ishtirok etadi.
Teri mustaxkam bo‘lganligi uchun organizmni shikastlovchi me­xanik ta’sirotlardan saklaydi. Teri infraqizil, ulыrabinafsha va ma’lum mikdorda radioaktiv nurlarni hamda kimyoviy moddalarni utkazmaydigan ishonchli to‘siq. SHikastlanmagan teri orkali mikroblar o‘ta olmaydi. Teri gozasida lizotsim, olein kislota va boshha baktereial moddalar borligi sababli, unga tushgan mikroblar 15-30 dakikada o‘ladi.
Teri, organizmni tashqi muhit bilan bog‘lovchi juda katta retsentiv soha, organizmni ogriqqa va issiq-sovuqka javob reaksiyalari teridagi turli retseptorlar ishtirokida yuzaga chikadi. Teri retseptorlarini ko‘zgatib, maxsus teri reflekslarini paydo qilish mumkin. Bir necha xil teri sezgilari farqlanadi. Ogriqni sezish retseptorlari mexaniq termiq elektrik va kimyoviy ta’sirlanish natijasida yuzaga chiqadi haroratni sezish — issiq va sovuqni sezuvchi retseptorlarning ko‘zkalishiga bog‘liq bo‘ladi..
Teri retseptorlarida vujudga kelgan shartsiz va Shartli reflekslar organizm faoliyatida muxim rol uynaydi. Bu retssptorlardan MAT ga boradigan afferent impulslar skelet mushaklari tonusini ta’minlaydi. Teri mushak reflekslari harakatlarni avto­matik ravishda aniq boshqarishi uchun ham muximdir. Juda ko‘plab teri-nafas, teri-tomir va teri-ichki a’zolar reflekslari mavjud.
Odam terisi orqali bir kecha-kunduzda 7-8 g karbonat angidrid ajratib, 3-4 g kislorod o‘zlashtiriladi. Bu mikdor organizmdagi gaz almashinuvining atigi 2% ga teng. Teri orqali olinadigan nafas — issiq haroratda ovqat istemol kilingandan keyin, jismoniy ish bajarilganida va boshqa shu kabi sharoitlarda kuchayadi.
Teri modda almashinuvida keng miqdorda ishtirok etadi, gazlar almashinuvidan tashkari oqsillar, ulevodlar, yoglar va vitamiplar almashinuvida ham muxim rol uynaydi. Teri, boshqa a’zolarga qaraganda tez va ko‘p mikdorda suv yigadi va qonga ajratadi. Teri orqali yukotiladigan suv nafas bilan chikariladigan suv mikdoridan ikki marta ko‘p. Tuzlar muvonanatida xam terining ahamiyati katta. Teri melanin ishlab chiqarib, pigmeiglar almashinuvida ham ishtirok etadi.
Terining ajratuv faoliyatini juda katta fiziologik ahamiyati bo‘lib, u, undagi yog va ter bezlarinish mahsulot ajratishidan iborat

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling