O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 . Me’daning harakat faoliyati va uning boshqarilishi: qo‘zgatuvchi va tormozlovchi asab va gumoral ta’surotlar.
Suv va tuzlarning so‘rilishi ingichka va yuron ichakda sodir bo‘ladi. Odam ichagida 1 sutkadavomida 8-10 l suv va natriy xlordan esa -1 mol suriladi. Suvning tashilishi Na + ionlarining tashilishi bilan uzviy bogliq bo‘lib, Na bilan belgilanadi. Suv va tuzlar, asosan ingichka ichakning yukori bo‘limlarida so‘riladi, yo‘gon ichakka kecha kunduz davomida 200-500 ml suv etib keladi. Me’da-ichaktraktida Na+ ionlarining konsentratsiyasi, undagi qon plazmasi konsentratsiyasi darajasiga yakin mikdorda ushlab turiladi. SHunga karamasdan, Na* ionlarini ichak bushligidan konga doimiy so‘rilishi sodir bo‘lib turadi. Ularning tashilishi faol va sust bo‘ladi. Ichak bo‘shligidan Na + ionlarini konga o‘tishi hujayralararo kanallar buylab amalga oshishi mumkin. Enterotsitlarga Na + ionlari sust yo‘l bilan o‘tadi, lekin bunda, o‘ziga xos tashuvchi tizimlar ishtirok etadi. Ichak hujayralarida qanllar va aminokislotalar tashilishi bilan endosh bo‘lgan, Na + elektrogen tashilishining ko‘shimcha tizimi ham mavjud. Enterotsitning bazal va lateral membranalari orqali Na + ning tashilishi faol o‘tkaziladi va bu erda joylashgan Na +, K+ -nasosi hisobiga amalga oshadi.
5 . Me’daning harakat faoliyati va uning boshqarilishi: qo‘zgatuvchi va tormozlovchi asab va gumoral ta’surotlar. Me’da-ichak traktaning motorikasi. Me’da-ichak traktining harakat faoliyati, ya’ni motorikasi silliq mushaklar faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, ovkat hazm QILISH jarayonlarining barcha bosqichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish kanalida silliq mushaklarning ichki (sirkulyar), tashqi (kundalang) va shilliqosti katlamlari farqlanadi. Motor funksiya, ovqatni me’da-ichaktraktida mexanik kayta ishlanishini, uni enzimlar bilan aralashishini, ximusning devor oldi katlamini o‘rin almashinishini, tashilishini va ekskrementlarni organizmdan chikarib tashlanishini ta’minlaydi. Me’da-ichak trakti xarakat faolligining asosiy funksional muxim turlari peristaltik kiskarish va ritmik segmentatsiya hisoblanadi. SHu bilan birga, mayatniksimon xarakatlar ham mavjud . Peristaltika paytida sirkulyar mushak katlamining qiskarishi ovqat hazm qilish kanali buylab tulqinsimon tarqaladi. Peristal’tik harakatlar kuchi va tarkalish tezligi bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin. Etarli darajadagi kuchli peristaltik kiskarishlar luqmani (yoki ximusni) me’da-ichaktraktining distalroq joylashgan bo‘limlariga o‘tkazadi. Bunday harakatlar propulsiv hisoblanadi. Ritmik segmentatsiya, bir vaqtning o‘zida, ichakning ko‘shni bo‘limlaridagi sirkulyar mushak katlamining qisqarishi bilan namoen bo‘ladi va natijada, ichak segmentlarga bo‘linadi. Keyingi qisqarish paytida yangi segmentlar hosil bo‘ladi, ularning xar biri oldingi ikkita segment ichidagi ximusning bir kismini o‘z ichiga oladi. Ritmik segmentatsiya ximusni ichak bo‘ylab sezilarli darajada harakatlantirmasdan aralashishini ta’minlaydi. Mayatniksimon xarakatlar ichakning ritmik qisqarishlari natijasida paydo bo‘ladi hamda ximusni hazm kanali buylab va orqaga, uncha katta bo‘lmagan masofaga o‘tkazadi. Me’da-ichak traktining ma’lum bir kismlarida, silliq mushak tolalarining halqasimon to‘plami ko‘rinishidagi sfinkterlar (kizilungach osti, piloriq ileotsekal va ichki kanal) joylashgan. Sfinkterlarning vazifasi ovqat hazm qilish tizimining turli bo‘limlarini funksional chegaralash hamda ovkat massalarini orqaga harakat qilishiga yul ko‘ymaslikdan iborat. Sfinkterlar uchun tonik qiskarishlar xosdir. Silliq mushaklarning tonik holati (plastik tonus) me’daning funlal bo‘limi uchun ham xosdir. Me’da-ichak trakti silliq mushaklarining qisqaruvchanlik faolligini boshqarishda atsetilxolin, adrenalin va noradrenalin muxim rol uynaydi. Xolinergik asab tolalari uchlarida ajraladigan atsetilxolin yoki uni organizmga tashqaridan kiritilishi, me’da-ichak traktining sillik mushaklariga ko‘zgatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) esa, qoidaga binoan, silliq mushaklar hujayralarining membranasida joylashgan tormozlovchi adrenoreieptorlarga (alfa va beta) ta’sir qilish natijasida me’da va ichakning kisqaruvchanligi faolligini tormozlanishini chaqiradi. SHu bilan birga, noradrenalin me’da-ichak trakti sfinkterlarini qisqarishini chakirish kobiliyatiga ega. Ichakning cho‘zilishi silliq mushaklar qisqaruvchanlik faolligining paydo bo‘lishi yoki kuchayishini chakiradi. Bu reaksiya meristal’tik refleks yuzaga chikishini aks etadi. Ichak mexanik ko‘zgatilgan paytda uning mushaklarini qisqarishi bilan birga ta’sir qilingan joydan pastrokda, qiskaruvchanlik faolligining tormozlanishi paydo bulishi mumkin. Bu hol, yugon ichakda erkin namoyon bo‘lsa, ingichka ichakda esa, ancha past darajada bo‘ladi.. Bir qator biologik faol moddalar ham me’da-ichak trakti silliq mushaklarining qisqaruvchanlik faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularning samarasi ta’sir joyi va sillik mushaklarning funksional holatiga bog‘liq. Motilin me’da va ingichka ichakning qiskaruvchanlik faolligiga kuzgatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Xoletsistokinin va gastrin fiziologik dozalarda me’daning fundal kiskarishini pasaytiradi va aptral qismi faolligini tezlashtiradi. Yo‘gon va ingichka ichakka gastrin va xoletsistokinin faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Enkefalinlar me’da va ingichka ichak motorikasini pasaytiradi, yugon ichak sillik mushaklariga ragbatlantiruvchi ta’sir kursatadi hamda pilorik sfinkterning kiskarishini chakiradi. Somatostatin, vazofaol intestinal peptid va gastroipgibirlovchi peptid me’da va ingichka ichak sillik mushaklariga sekinlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Serotoninning ingichka ichak peristaltik refleksini kuchaytirishdagi (potensialini oshirishda) fiziologik roli anik bo‘lib, bu hol, xolinergik neyronlarning faollashuvi va ichak sensor elementlarini chuzilishga bulgap sezuvchanligini ortishi xisobiga yuzaga keladi. Odam va hayvonlar ovkat hazm qilish tizimini boshqarish mexanizmi asosida ochlik tuygusi etadi. Ochiqish MAT ning turli soxalarida joylashgan, ovqatlanish| markazi deb nomlanadigan neyronlar yigindisining ko‘zgalishiga bog‘liq. Bu markaz, biriichidan, hazm a’zolarining uygun ishlashini ta’minlasa, ikkinchidan, ovqat izlab topish va uni iste’mol qilishga boglik bo‘lgan xatti-harakatlarda ishtirok qiladi. Gipotalamusning lateral va ventromedial yadrolaridagi neyronlar, ovkatlanish markazlari neyronlari orasida etakchi rol o‘ynaydi. Lateral yadroni shikastlanishi ovkatdan voz kechishga (afagiyaga) olib kelsa, uni ta’sirlash, ovkatni ko‘p iste’mol qilishga (giperfagiya) olib keladi. SHu sababli ham, gipotalamusning lateral yadrolarini ochikish markazi deb aytiladi. Ventromedial gipotalamik yadrolarning shikastlanishi giperfagiyaga olib kelsa, ularning ko‘zgalishi esa afagiyaga olib keladi. Demak ventromedial yadrolarni to‘yinish markazi deb aytiladi. Ochikish va to‘yinish xissi shakllanishida MAT ning boshqa qismlarini ham ishtirok etishini esdan chiqarmaslik lozim. Ovqatlanish markazining gipotalamik neyronlari konda ozik moldalar mikdori o‘zgarganda va turli periferik retseptorlardan keladigan afferent impulslari ta’sirida ko‘zgaladi. Och hayvonga to‘q hayvonning koni ko‘yilsa, och hayvon to‘k to‘ygandek bo‘lib, ovqat talab qilmaydi. Ammo, to‘q xayvon koni tarkibidagi qaysi modda bu natijaga olib kelishi noma’lum. Ochikish konda glyukoza yoki aminokislotalar yoki yog va yog- kislotalarining mikdorini kamayishiga boglik degan glyukostatik aminoatsidostatik va gipostatik nazariyalar mavjud. Ammo, ularning birortasi ham, odamning nima sababdan ochikishini to‘da tushuntirib bera olmaydi. So‘nggi yillarda oldinga so‘rilayotgan metabolik nazariya xakikatga ancha yakin. Bu nazaringa ko‘ra Krebs siklida hamma oziq moddalarning parchachanishi natijasida xosil bo‘ladigan oraliq moddalarning kondagi mikdori ovqatlanish markazining ko‘zgaluvchanligini belgilaydi. Bu moddalardan tashqari ovkatlanish markaziga hazm tizimining ba’zi gormonlari (masalan, xoletsistokininpan-kreozimin) va bu tizim a’zolaridagi retseptorlardan markazga intiluvchi impulslarning ta’siri katta. Odam ovkat iste’mol qilgandan keyin tuyganini sezadi. To‘yish, ovqatlanish jarayonida iste’mol qilingan oziq moddalar konga surilmasidanok rivojlanadi. Buni birlamchi yoki sensor to‘yinish deb aytiladi. Uning yuzaga chikishi Shartli va shartsiz reflektor yul orkali ochlik markazining tormozlanishi bilan bogliq. Ovqat hazm bo‘lib, hazm mahsulotlari konga so‘rila boshlagandan so‘ng sensor tuyinish boshlanadi. Buni, ikkilamchi yoki chin to‘yish deb aytiladi. Xayvonlarda ovkatda etishmaydigan moddani izlab, topib eyish qobiliyati bor. Organizm uchun zarur moddaga intilish o‘ziga xos ishtxa deb aytiladi. Odamda ham o‘ziga xos ishtaha borligi ba’zi sharoitlarda yaxshi seziladi. Masalan, xomilador ayolda vitaminlarga va kalsiyga talab kuchayadi. Ovkat iste’mol qilish bilan bog‘liq xissiy tuygu ishtaxa deb belgilanadi. Bu tuygu ochlik tuygusining bir qismi bo‘lishi va fiziologik extiyojga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z-o‘zidan ro‘yobga chikishi mumkin. Me’da-ichak trakti a’zolarining normal ishlashi uchun ham etarli mikdorda suvning bo‘lishi lozim. Ter, siydik va nafas chiqarish paytida suv buglarining chikishi hisobiga, organizmda suv mikdorining kamayishi tana massasining 0,5-1,5 % darajasida bo‘lsa, chanqoklik tuygusi namoyon bo‘ladi. Organizmda suv mikdorining kamayishi hujayralar va hujayralararo bo‘shliklarda ham, uning miqdorini kamayishiga olib keladi. Buning oqibatida, hujayra,ichidagi va hujayra tashkarisidagi osmotik bosimning ortishi sodir bo‘ladi, so‘lak ajraliish kamayadi va bu, ogiz bo‘shligi va tomokning kurib kolishini belgilaydi. Hujayra hajmining va hujayra tashkarisidagi suyuqlikning kamayishi chankoklik tuygusini chaqirish uchun adekvat ragbat hisoblanadi. Gipotalamusning frontal qismida osmotik bosimning ortishiga sezuvchan bo‘lgan hujayralar —osmoretseptorlar topilgan bo‘lib, ular hujayra ichidagi bosim kamayishi paytida chankashning paydo bo‘lishida qatnashadilar. Ogiz va tomokning shillik pardasida joylashgan retseptorli hosilalar chankoklik tuygusini periferiy komponentlarini shakllanishida ma’lum rol uynaydi. Demak chankoklikning shakllanishida periferiyada va MAT da joylashgan turli repeptorlar qatnashadi. Ularla paydo bo‘ladigan impulslarning iptegratsiyasida, asosiy rolni oralik miya (birinchi galda gipotalamus) uynaydi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling