O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


-Ma’ruza.Mavzu : Ayiruv a’zolari tizmi


Download 1.65 Mb.
bet133/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

12-Ma’ruza.Mavzu : Ayiruv a’zolari tizmi.
Asosiy savollar.



  1. Ayiruv organlar sistemasi ularning tuzilishi va funksiyalari.

  2. Siydikning osmotik bosimini oshirish va pasaytirish.

  3. Bo‘yuraklar faoliyatining boshkarilishi.

  4. Terining ekskretor funksiyasi.



1. Ayiruv organlar sistemasi ularning tuzilishi va funksiyalari.
Ayiruv a’zolari ko‘p hujayrali hayvonlarning aksariyatida shakllangan bo‘lib, ular ortiqcha suyuqlikni, ayrim ionlarni va moddalar almashinuvining koldiq mahsulotlarini organizmdan chikarishda xizmat qiladi.
Odamning buyraklari, ter bezlari, o‘pkasi va ichagi — chiqaruv a’zolari hisoblanadi. O‘pka karbonat kislotasi, suv va ba’zi uchuvchan moddalarni (masalan narkoz paytida efir, xloroform va boshqa moddalarning bo‘rlarini, alkogolli ichimliklar ichilganda alkogol buglarini) organizmdan chiqarib yuboradi. Ba’zi bir ogir metallarning tuzlarini va o‘t pigmentlarining o‘zgarish maxsulotlarini organizmdan ichak chiqarib yuboradi.
Ayiruv a’zolar modda almashinuvining yakuniy mahsulotdarini organizmdan chiqarish bilan bir katorda, organizm ichki muxitining tarkibini va xossalarini doimiy darajada saklash uchun ham ahmiyatga ega. Masalan, osmoregulyasiyada, ya’ni ichki bosimning osmotik bosimi turgunligini saklashda (izoosmiya) va ionlar tarkibining turgunligini sakdashda (izoioniya) qatnashadi. SHu bilan birga, buyraklar, o‘pka, ter bezlari organizmda vodorod ionlari konsentraiiyasini doimiy darajada ushlab turishda xam muxim ahamiyatga egadir. O‘pka alveolalari va teri yuzasidan suvning bo‘glanishi tana xaroratini pasaytiradi, demak ter bezlari va o‘pka termoregulyasiyasida ham qatnashadi. Ayiruv a’zolar o‘rtasida yog va sut bez­lari alohida o‘rin tutadi. Ular ajratadigan moddalar — teri yog va sut— moddalar almashinuvining yakuniy maxsulotlari bo‘lmasdan, ma’lum fiziologik ahamiyatga ega, ya’ni sut — chakaloq uchun ovkat bo‘lsa, teri yogi esa — terini moylab turadi. Kushlar va baliklarda ayiruv jarayonlarida burun va rektal tuz bezlari, jabralari ham qatnashishi mumkin.
Umurtkalilarning asosiy ayiruv a’zosi buyrak hisoblanib, uning tuzilishi yagona prinsip asosida tarkib topgan, ya’ni ultrafiltratsiya jarayoni uchun moslashgan tuzilmalar, filtrlangan suyuqliklarning ko‘pchilik komponentlarini reabsorbsiyasini va qator moddalarni siydikka sekretsiya kilinishini ta’minlovchi kanalchalar tizimi bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha umurtqalilar sinfi vakillarinng buyraklaridagi nefron Malpigi tanachasidan boshlanadi. Tugunchaning ich­ki bushligidan buyin segmenti boshlanadi, ayrim xollarda bu segment bo‘lmaydi va bu paytda, Boumen kapsulaning tashqi qismini hosil qiluvchi parietal yaprok nefronning praksimal segmentiga o‘tadi .
Uning hujayralarini o‘ziga xos xususiyati, ko‘p sonli vorsinkalarning mavjudligida bo‘lib, ular щyotkasimon jiyak xosil kiladi. Undan keyin, sut emizuvchilar buyragida Genle sirtmogining yupqa kremniy xosil qiluvchi orzliq yoki bog‘lovchi bo‘lim keladi. Ko‘pchilik xayvonlarning buyragida nefronning distal sigmenti bo‘lib, unga Genle sirtmogining yo‘gon ko‘tariluvchi bo‘limi, distal burama kanalcha va bog‘lovchi kanalcha kabilar kiradi. Bu nefronning oxirgi qismi bo‘lib, yiguvchi naychalar tizimi bilan birlashadi.
Umurtkalilar turli sinflari vakillarida siydik xosil bo‘lishi asosida yotuvchi, ya’ni tugunchali fitratsiya, reabsorbsiya va sek­retsiya jarayonlarining jadalligi bir xil bo‘lmaydi. YUmaloq okizlilarda, baliklarda, amfibiyalarda va reptiliyalarda tugunchali filtratsiya darajasi 100 g tana massasiga nisbatan 1 soatda 1-4 ml. ga teng, kushlarda bu ko‘rsatkich anchagina yuqori, sut emizuvchilarda esa 10-15 marta yukori bo‘ladi. Kalamushlarda filtratsiya qilinuvchi suyuqdik hajmi 1 soatda 50 ml.ga (100 g tana massasiga nisbatan) teng bo‘ladi. Filtratsiya darajasining bunday ko‘p mikdorda o‘zgarishi, evolyusiya jarayonida, reabsorbsiyaning ekvivalent o‘zgarishi bilan birga sodir bo‘lgan deb hisoblash mumkin. Xaqikatdan ham sut emizuvchilarda filtratsiyaning keskin kutarilishi kanalchalardagi reabsorbsiyaning ko‘payishi bilan sodir bo‘ladi. Filtratsiya va kanalchadagi reabsorbsiya darajasining ko‘paygan qon plazmasini suyuq kismi barcha asosiy komponentlari tarkibini ancha aniq ushlab turishda muxim rol uynaidi. Qarshi okim tizimining ishi va siydikning osmotik konsentratsiyalanishi uchun qon oqimining va filtratsiyaning ko‘payishi muxim ahamiyat kasb etadi. Odamda qon OQIMI 1 daqikada 100 g to‘qima hisobiga qayta hisoblanganda, buyrak uchun 430 ml, yurakning koronar tizimi uchun — 66 ml, bosh miya uchun esa 53 ml. ni tashqil qiladi. Boshqa suz bilan aytganda, kattaligi odam tana massasining 0,5% ini tashqil kiladigan buyrak tinch holatda, yurakning chap me’dachasidan chiqib keladigan qonning 25% ini qabul qiladi va organizm is’temol qiladigan kislorodning 10 % gacha mikdorini sarflaydi. SHunday qilib, buyrakni faqat ayiruv a’zosi deb hisoblash, uni organizmda bajaradigan barcha funksiyalariga mos kelmaydi, buyraklar ichki muhit suyuqdiklari xajmini, ulardagi ayrim ionlar konsentratsiyasini, osmotik faol moddalarning summar konsentratsiyasini, qonning rN ko‘ratkichini boshkarishda ishtirok etadi. Buyraklar, azotli almashinuvlarning oxirgi mahsulotlarini, organik va noorganik moddalarning ortiqchasini ekskretsiya qilinishini ta’minlaydi. Buyraklarda fiziologik faol moddalarni (renin, D, vitaminning faol shaklini, eritropoetin) ishlab chikish na ularning uglevodlar, Oqsil va lipidlar almashinuvini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan metabolitik funksiyalari organizm uchun muxim ahamiyatga ega. Demak buyraklar konning asosiy fizik-kimyoviy konstantalarining doimiyligini ushlab turishda, uning xajmini, arterial bosimni, organik komponentlarini tarkibini boshqarishda muhim rol uynaydi.
Buyrakning ushbu turli-tuman funkiiyalarni bajarishini, buy­raklar faoliyatining asosida etgan turtta jarayon: 1) buyraklar tugunchalaridagi suyuqliklarning ultrafiltratsiyasi; 2) organizm uchun qimmatli bo‘lgan moddalarning kanalchalarda reabsorbsiya (qayta surilishi) bo‘lishi; 3) organizmdan chiqarib yuborilishi zarur bo‘lgan qaytar moddalarning sekretsiyasi (qonning kanalchalar oldi kapillyarlaridan kanalchalarning ichki bo‘shlikiga kelib tushishi); 4) qonga kelib tushadigan yoki buyrak orqali chiqarib yuboriladigan yangi moddalarning sintezi ta’minlaydi.
Sut emizuvchilarning buyragi tarkibiy tuzilishi jihatidan ikkita qatlamdan iborat: tashqi, kobiq katlam va uning tagida yotgan, ichki ea tashqi qismdan iborat magiz qatlam. Buyraklarning funksional birligi nefron hisoblanib, odam buyragida uning soni 1 mln. atrofida bo‘ladi. har bir nefron SHumlyanyokiy-Boumen ikki devorli kapsulasidan boshlanib, uning ichida kapillyarlar tugunchalari joylashgan. Tashqi, parietalli SHumlyanyokiy-Boumen kapsulasining yaprogi, nefronning burama va turri qismlaridan tashqil topgan proksimal segmentiga o‘tadi. Ushbu segment hujayralarining o‘ziga xos xususiyati, shetkali jiyak xosil qiluvchi ko‘p sonli mikrovorsinkalarning borligi hisoblanadi. Ayrim nefronlarda juda kalta, boshqalarida esa — ingichka uzun bo‘limi bo‘lgan Genle sirtmogi bor bo‘lib, u distal segment bilan borlanadi. Uning tarkibiga Genle sirtmogiping yo‘gon kutariluvchi shoxi, distal burama kanalcha va yiguvchi nay bilan tutashgan bog‘lovchi kanalcha kiradi. Nefronning nomlari kayd qilingan bu timlarini har birining funksiyasi turlichadir. Odam va sut emizuvchilarning buyraklarida tugunchalarining joylashishiga karab farqlanadigan nefronlarning bir necha turi mavjud: yuza, intrakortiqal (pustlok katlami ichida yotadigan) va yuksak meduzalar (ularning tugunchalari pustloq chegarasi va magiz moddasida joylashgan). Turli tipdagi nefronlar Genle sirtmogining uzunligi va tarkibi hamda siydikni osmotik konientratsiyalanishi jarayonida katnashishi buyicha farqlanadi. Siydikni hosil qilishda katnashish bilan bir vaqtda, buyraklar inkretor a’zolar sifatida xam muxim rol uynaydi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling