O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Oziqa moddalarning hazm bo‘lishi va so‘rilishi


Download 1.65 Mb.
bet128/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

3. Oziqa moddalarning hazm bo‘lishi va so‘rilishi.

Oziqa moddalarning hazm bo‘lishi va so‘rilishi. Me’da-ichak traktida ovqat mayda zarrachalar darajasigacha parchalanadi va ushbu zarrachalar organizmning ichki muhitiga o‘tadi. Bu hol, mexanik jarayonlar (maydalash, aralashtirish va lukmani harakatlantirish) va ovqat hazm qiluvchi shiralar sekretsiyasi ta’sirida kimyoviy qayta ishlash hisobiga amalga oshiriladi. Ichakning apitelial hujayralarining yuzasida va ovqat hazm qilish trakti bo‘shligida oksillar, uglevodlar va yog’lar monomerlar darajasigacha parchalanadi, ya’ni surilish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Bunday parchalanish — hazm jarayoni deyiladi. Bu jarayon gidrolitik yul bilan amalga oshadi va ko‘pchilik enzimlar ishtirokida o‘tadi. Keyinchalik esa, hazm jarayonining oxirgi mahsulotlari — suv, tuzlar va vitaminlarni ichakning shilliq pardasi orqali qon va limfaga o‘tkazilishi, ya’ni so‘rilish sodir bo‘ladi. Demaq ovqat komponentlari, o‘zining plastik va energetik qimmatini saklagan holda, turga xos xususiyatini yukotadi, qonga o‘tadi va almashinuv jarayonlariga ko‘shiladi. Ozika moddalarning gidrolizi ma’lum bir ketma-ketlikda amadga oshadi va me’da-ichak traktining turli bo‘limlarida o‘ziga xos ravishda o‘tadi.


Og’iz bo‘shligida polisaxaridlarning (kraxmal, glikogen) boshlang’ich gidrolizi amalga oshadi. So’lakning alfa-amilazasi glikogenning glikozidli bog‘lamlarini hamda kraxmal tarkibiga kiruvchi amiloza va amilopektin molekulalarini parchalaydi va dekstrinlar hosil qiladi. og’iz bo‘shligida amilazaning ta’siri kisqa muddatlidir lekin uning ta’siri ostida uglevodoarning gidroli­zi me’daga kelib tushgan so‘lak hisobiga davom etadi. Me’dadagi ovqat xlorid kislota ta’siri ostida kislotali reaksiyaga ega bo‘lgach, amilazaning faolligi pasayib, uning ta’siri yo‘koladi.
Me’dada — me’da shirasining proteolitik enzimlari (pepsin, gastriksin, ximozin) ta’siri ostida Oqsillarning l boshlangich gidrolizi polipeptidlar hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Bu erda peptidli bog‘lamlarning 10% i gidrolizlanadi. Proteolitik enzimlar NS1 hosil qiladigan kislotali muhitdagina faollik ko‘rsatadi. Pepsin uchun optimal pH darajasi 1,2-2,0, gastriksin uchun esa — 3,2-3,5. Xlorid kislota Oqsillarning l ko‘pchib-shishishiga va denaturatsiya bo‘lishiga olib keladi, bu esa ularni proteolitik enzimlar ta’sirida keyinchalik parchalanishini yengillashtiradi. Proteolitik enzimlarning ta’siri asosan ovqat massasining me’da devoriga yondosh yuza qismlarida sodir bo‘ladi. Ushbu qismlarda hazm bo‘lishiga krab, ovkat massasi pilorik bo‘limga so‘riladi va u erda, qisman neytrallashgandan so‘ng o‘n ikki barmokli ichakka evakuatsiya kilinadi.
Ingichka ichakda me’da shirasi ta’siriga uchragan ovqat massasi, ya’ni ximus, oldin o‘n ikki barmokli ichakda, keyinchalik esa ingichka ichakda me’da osti bezlari va ichak enzimlarining ta’siriga uchraydi. Ularning faolligi uchun optimal bo‘lgan muhit, me’daning kislotali ximusiga me’da osti bezi shirasining, safroning, ichak shirasining ishkorli sekretlarining ta’siri natijasida hosil kilinadi. Odamning o‘n ikki barmokli ichagidagi rN 4,0-8,5 atrofida keskin o‘zgarib turadi, ilgichka ichagida esa 6,5-7,5 diapazonda saklanadi. Bu diapazon, odam va barcha umurtkali hayvonlarning ingichka ichagi uchun xos xosdir.
Me’da osti bezining al’fa-amilazasi dekstrinlarni maltoza va izomaltozagacha gidrolizlaydi, natijada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda glyukoza hosil bo‘lali. Alfa-amilaza ta’sirida ajraladigan saxaridlar keyinchalik xususan ichak karbogidrazalari (maltaza, gamma-amilaza, izomaltaza, saxaraza, laktaza, tregalaza) tomonidan monosaxaridlargacha (glyukoza, galaktoza, fruktoza) gidrolizlanadi. Uglevodlarning yakuniy gidroliz bosqichini amalga oshiruvchi bunday enzimlar to‘gridan-to‘gri ichak hujayralarida sintezlanadi, enterotsitlarning shyotkali jiyagi membranasi soxasida lokallashgan va u bilan mustahkam bog‘langan. YUqorida keltirilgan ichak enzimlaridan laktaza, fakat sut emizuvchilarda mavjud. Bolalari, tarkibida laktoza bo‘lmagan sut bilan ovkatlanadigan umurtqalilarda (tyulenlar, dengiz sherlari, morjlar) laktaza bo‘lmaydi.
Me’da osti bezi shirasining proteolitik enzimlari (tripsin, ximotripsin, elastaza, karboksipeptidaza A va V), oqsillarni ichakdagi keyinchalik hazm bo‘lishini amalga oshiradi. Tripsin, ximo­tripsin va elastaza pepsin kabi enzimlar — endoenzim (ichki enzim) hisoblanadi. Ular asosan ichki oqsilli bog‘lamlarni parchalaydi, buning natijasida ancha yoki birmuncha yirikfragmentlar (poli­va oligopeptidlar) hosil bo‘ladi. Ekzoenzimlar (karboksipeptidaza A va V, aminopeptidaza, dipeptidaza) peptidli zanjirlarning oxirgi amipokislotalarini parchalaydi, buning natijasida, so‘rilish qobiliyatiga ega bo‘lgan erkin aminokislotalar va kichik peptidlar hosil bo‘ladi. Aminopeptidaza va dipsptidazalar ichak enzimlari hisoblanib, enterotsitlarning shetkali jiyagi soxasida lokallashadi va ular shu joyda membranali gidrolizda ishtirok etadilar.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling