O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Xlorid kislota ajratadigan hujayralarning o‘ziga xosligi ularda sekretor naychalarning mavjudligidadir. Xlorid kislotaning maksimal ajralishi ushbu xujayralarning son miqdori bilan turridan-to‘g’ri bog‘likdir. Bu hujayralarning yuzasida bo‘lgan chuqur bo‘rtmalar mavjud. Tinch xolatdagi xujairalarda sekretor naychalar yakkol namoyon bo‘lmaydi, ularning o‘rnida pufaksimon xosilalar, ya’ni tubulovezikulalar ko‘rinadi. Faol sekret ajrataetgan hujayralarda esa, tubulovezikulalar ko‘rinmay koladi, sekreter naychalar esa kattalashadi. Rangsiz va tiniq shirada 0,3-0,5 % mikdorda xlorid kislota borligi sababli pH 1,5-1,8 atrofida bo‘ladi. Xlorid kislota (me’da va umuman hazm tizimi faoliyati uchun muxim bo‘lgan): 1) pepsinogenlarni faol pepsinga aylantiradi; 2) pepsinlarning faollashuvi uchun zarur bo‘lgan kislotali muhitni hosil qiladi; 3) ovqat oqsillarini denaturatsiyaga uchratadi, yumshatadi, natijada ularning parchalanishi engillashadi; 4) pilorusning ochilib yopilishi va ximusning ichakka o‘tishini boshqarilishida ishtirok etadi; 5) me’da va ingichka ichakning shilliq pardalaridan qonga gormonlarning ajralishini o‘zgartirib, hazm tizimi faoliyatini boshqarishda ishtirok qiladi; 6) me’dadagi mikroblarning ko‘payishiga yul kuymaydi, ya’ni bakteritsid tasirga ega. Me’da bezlarining bosh xujayralarida proteolitik enzimlar, ya’ni faol bo‘lmagan pepsinogenlar sintezlanadi, ular, me’da shirasining asosiy gidrolitik enzimi hisoblanadi. Ribosomada sintezlanadigan proenzim zimogen granulalari ko‘rinishida to‘planadi va ekzotinoz yo‘li orqali meda bezining bo‘shliga o‘tadi. Me’da bo‘shlikida pepsinogendan ingibirlanuvchi oqsilli majmua parchalanadi va pepsinga aylanadi. Pepsinogenning faollashuvi pH yordamida boshlanadi, keyinchalik esa autolitik holda davom etadi, ya’ni pepsin, o‘zining proenzimini faollashtiradi. Xozirgi paytda pepsin deb, bir nechta proteolitik enzimlar qorichasi belgilangan. Odamda 6-8 ta bir-biridan immunogisto kimyoviy jihatdan farqlanadigan turli enzimlar topilgan. Ulardan tashqari boshqa proteolitik enzim — gastriksin ham mavjuddir. Umurtqasiz hayvonlarning me’dasida pepsin deyarli bo‘lmaydi, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning me’dasida, ona suti bilan oziqlanadigan davrida sutni hazm qiladigan ximozin (renin) enzimi topilgan.
Me’da sekretsiyasini boshqarishda atsetilxolin, gastrin va gistamin asosiy o‘rin egallab, ular sekreter hujayralarni qo‘zgatadi. Sayyor asabning xolinergik tolalaridan ajraladigan aietilxolin, me’daning sekretor hujayralariga to‘g’ridan-to‘g’ri ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga, atsetilxolin me’daning antral bo‘limidagi xujayralardan gastrin ajralishini chaqiradi. Gastrin kon oqimiga kelib tushadi va sekretor hujayralarga endokrin yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatadi. Me’daning shilliq qatlamida hosil bo‘ladigan gistamin enteroxromaffin (kalamushlar, sichkonlar) va semiz (boshqa hayvonlar va odamlar) xujayralarda yigiladi. Gistamin, me’daning sekretor xujayralariga parakrin yo‘l bilan, N2-gistaminli retseptorlar vositachiligi orqali ta’sir ko‘rsatadi. Me’da sekretsiyasini boshkarishda ko‘zgatuvchining ta’sir joyiga karab miya, me’da va ichak bosqichlari farqlanadi. Miya boyokichida, ovqatni qabul qilish bilan bog’liq barcha faktorlar ragbat hisoblanadi. Bunda, ovqatning ko‘rinishi va xidiga, ovkatni qabul qilishdan oldingi sharoit tufayli paydo bo‘ladigan Shartli reflekslar, ovqatni chaynash va yutish paytida paydo bo‘ladigan shartsiz reflekslar bilan umumlashadi. Me’da sekretsiyasining miya bosqichini tajribada boshqalaridan ajratib o‘rganish mumkin. Buning uchun itning qizilo‘ngachi kesilib, ikki uchi bo‘ynidan tashkariga chiqarilib, me’dasiga fistula o‘rnatiladi. Bunda sayor asabning tolalari tomonidan me’daning innervatsiyasi eakdangan bo‘ladi. Me’dasi izolyasiya qilingan itning oldiga ovqat quyilganda, u ovqatni chaynab yutadi, ammo luqma me’daga borib etmasdan, qirqilgan kizilo‘ngachdan tashkariga chiqib ketadi. SHunga qaramasdan, oradan 5-10 daqiqa o‘tgach me’dada shira ajrala boshlaydi. SHira ajralishini ovqat yeyiladigan tanish sharoitga, ovqatning ko‘rinishiga va xidiga nisbatan paydo bo‘lgan Shartli reflekslar, shunnngdek ovqatni chaynab yutilganda ko‘zgalgan ta’m sezish, xid bilish va mexanoretseptorlardan vujudga kelgan shartsiz reflekslar ta’minlaydi. Bu reflekslarning efferent yo‘li sayyor asab tarkibida o‘tadi. Agar sayyor asab kesilsa, soxta ovqatlantirish shira ajralishini hosil qilmaydi. Me’da sekretsiyasining, itlarda topilgan miya bosqichiga oid qonuniyatlari odamlarga ham xosdir. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling