11-Ma’ruza.Mavzu: Ovqat hazm qilish fiziologiyasi
Asosiy savollar.
Ovqat hazm qilishning xususiyatlari va ahamiyati.
Me’da shirasining ajralish mexanizmi, gumoral va reflektor funksiyalari.
Oziqa moddalarning hazm bo‘lishi va so‘rilishi.
Ovqat hazm qilish bo‘shlig’ida karbon suv , oqsil , tuz va suvning so‘rilish mexanizmlari.
Me’daning xarakat faoliyati va uning boshqarilishi: qo‘zgatuvchi va tormozlovchi asab va gumoral ta’surotlar.
1.Ovqat hazm qilishning xususiyatlari va ahamiyati.
Organizmda uzluksiz sodir bo‘ladigan modda va energiya almashinuvi oziqa moddalarni doimo sarflanishini talab qiladi. Organizmning ichki resursi chegaralangan bo‘lgani sababli, hayot faoliyatini quvvatlash uchun ovqat tarkibida oziqa moddalar kelib turishi zarur. Ovqatning asosiy komponentlari — oqsil, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suv bo‘lib, nativ (o‘zgarmas) xolatda organizm tomonidan suv, eriydigan mineral tuzlar va vitaminlar so‘rilishi mumkin. Yuqori molekulyar birikmalar bo‘lgan (polisaxaridlar) oksillar, yog’lar va uglevodlar membranalar orqali o‘tishi uchun, avval, nisbatan oddiy molekulalargacha parchalanishi kerak. Erimaydigan mineral tuzlar va vitaminlar, ovqat hazm qilish jarayonida eriydigan shaklga aylanadi.
Ovqat hazm qilish — bu mexanik fizik-kimeviy va biologik jarayonlarning birligi bo‘lib, ovqat bilan kelib tushgan murakkab oziqa moddalarni organizm assimilyasiya qilish mumkin bo‘lgan, nisbatan oddiy birikmalargacha parchalanishini ta’minlaydi.
Ovqat hazm qilishning mohiyati va tiplari. Me’da ichak harakatidagi mexanik jarayonlar ovqatning tarkibiy tuzilishini va fizikaviy xossalarini, ya’ni zichligini, konsisteniiyasini, zarrachalarining kattaligini va boshqalarni o‘zgarishiga olib keladi. Bu hol, chaynash, me’da-ichak trakti mushaklarining qisqarishi, hazm shiralarini suyuq qismlarining ta’siri oqibatida yuzaga keladi, Fizik-kimyoviy jarayonlar (masalan, me’dada xlorid kislotaning yoki ichakda o‘tning yuzaki faol moddalarining ta’siri) ovqat zarrachalarining bo‘rtishiga, ular yuzasining tarangligini ortishiga, enzimlarning faollashuviga, tuzlarning eruvchanligini oshishiga yordam beradi. Biologik jarayonlar — ovqatni me’da-ichak trakti bo‘limlari orqali sekin-asta o‘tishi paytida, uning oziqa polimerlarini enzimli gidroliz okibatida, avval oraliq mahsulotlargacha, so‘ngra monomerlargacha parchalanish jarayonlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |