O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Nafas olishning boshqarilish mexanizmi


Download 1.65 Mb.
bet120/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

5. Nafas olishning boshqarilish mexanizmi.


Nafas olishni boshqarish mexanizmlari. Nafas olishni ta’minlovchi mushaklarning qisqarishini markaziy nafas olish mexanizmi bajaradi. Nafas olishni boshqaruvchi apparatning ajralmas zvenosi sifatida xemoretseptorli va mexanoretseptorli tizimlar ham ishtirok etadi.
Uzunchoq miyada bir necha guruh nafas olish neyronlari joylashgan bo‘lib, ularning impulslarni yuzaga chiqarish faolligi nafas bosqichlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Nafas olinganda impulsni yuzaga chiqarish faolligi ortadigan inspirator neyronlar va bu faollik nafas chiqarilganda oshadigan ekspirator neyronlar tafovut qilinadi. Bundan tashkari, nafas bosqichlari almashganda (na­fas olish tuxtab, nafas chiqarish boshlanganda yoki nafas chiqarish tuxtab, nafas olish boshlanganda) qo’zgaladigan neyronlar ham bor. Nafas neyronlarining deyarli hammasi ikkita yadrolar guruhida joylashgan bo‘lib, ular uzunchoq miyaning dorsal va ventral yadrolaridir. Yadrolarning dorsal guruhni tashkil qiluvchi neyronlarning ko‘p qismi inspirator neyronlardir. Ularning aksonlari diafragma asabni hosil qiluvchi motoneyronlarda tugaydi.
Yadrolarning ventral guruxidagi na­fas neyronlari, inspirator va ekspirator neyronlar, asosan orqa miyaning ko’krak va bel segmeptlaridagi qovurg’alararo va mushaklari faoliyatini boshqaruvchi motoneyroplarga bog‘liq Varoliy ko‘prigida ham nafasni boshkarishda ishtirok qiladigan neyronlar bor. Bu neyronlar yirindisi pnevmotaksik markaz deb ataladi. Bu markazning vazifasi, nafas bosqichlari almashinishini ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning shikastlanishi nafas olishni juda cho’zib yuboradi va nafas juda ham chuqurlashadi.
Markaziy nafas olish mexanizmining faolligiga, nafas tizimining mexanoretseptorlaridan keladigan afferent impulslar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu impulslar, nafas olish davomida, inspirator neyronlar faolligini bir me’yorda ortishini va nafas olish oxirida bu faollikning to’satdan tugashini ta’minlaydi. Xemoretseptorlardan keladigan impulslar qanchalik kuchli bo‘lsa, in­spirator neyronlarning ko‘zgalishi va nafas olish shunchalik tez rivojlanadi, nafas olish bosqichi nafas chiqarish bosqichiga shun­chalik tez o‘tadi. Natijada, nafas olish chuqurlashib, tezligi ortadi.
Nafas neyronlari faoliyatida o’z-o’zidan ko‘zgalish, ya’ni avtomatiya mavjud. Ammo, nafas markazining avtomatiyasi yurak avtoma-tiyasidan farq qiladi. Nafas markazlarining neyronlari o’z-o’zi­dan kuzgalib turiish uchun, ular o’rtasidagi aloqadorlik bo’lishi lozim, ikkinchidan, nafas neyronlarning retseptorlarga aloqadorligi bulgan holda, ularga afferent impulslar kelib turishi darkor. SHundan kelib chiqkan holda, nafas markazi asosai uzunchoq miyada joylashgan va bir me’yorda nafas olishni, shuningdek bu jarayonni uzgaruvchan sharoitga moslashishini ta’minlovchi neyron­lar yig’indisi hisoblanadi. Nafas markazi o’z vazifasini orqa miyadagi nafas mushaklari faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlar orqali yuzaga chiqaradi. Markaz faoliyati uchun periferik retseptorlardan kelib turadigan afferent impulslarning ahamiyati katta. MAT ning yuqori qismlari nafas markazi faoliyatiga uzluksiz ta’sir kilib turadi.
Karotid koptokchalaridagi retseptorlar qonda CO2, mo’tadil bulgapda ham (100 mm. s. u. ga teng bo’lganda) markazga afferent impulslar yuborib turadi. Bu impulslarning soni qondagi CO280 mm s. u. gacha pasaysa keskin oshadi, natidada, nafas markazining qo‘zgaluvchanligi oshadi, o‘pka ventilyasiyasi tezlashadi, qonning oksigematsiyasi kuchayib, unda Co2 ortadi. Karotid xemoretseptorlarga CO2 ning pasayishi (gipoksemiya) bilan bir paytda CO2 ning kuchayishi (giperkapniya) hamda atsidoz ragbatlovchi ta’sir kiladi va o‘pka ventilitsiyasini tezlashtiradi.
Gipoksemiya, giperkapiiya va atsidozlar bir paytda rivojlansa nafas markazining ko‘zgalishi hammadan xam kuchli bo‘ladi. Tabiiy sharoitda oksidlanish jarayonlarining tezlashuvi natijasida to‘qimalar qondagi kislorodni o’zlashtirib, shunga yarasha konga ko‘prok karbonat angidrid va kislotali tabiatga ega moddalarni ajratib chiqaradi. Karotid xemoretseptorlarning uyku arteriyasida joylashganligi bejiz emas, ular miyaga okadigan qonda kislorod va karbonat angidridlarning miqdorini nazorat qilib turadi.
Nafasni boshqarishda ishtirok qiladigan mexanoretseptorlar o‘pkaning o’zida, nafas yo’llarida va mushaklarda joylashgan. Ular­dan hosil bo‘ladigan reflekslar nafas olishni chuqurligi va davomiyligini boshkarib turadi. Bulardan tashkari, bu reflekslar yutalish va aksirish kabi himoya reflekslarini yuzaga chiqarishda ham ishtirok qiladi.
O‘pkaning cho’zilishiga sezgir retseptorlar, o’pkaning cho’zilish darajasi to’g’risidagi axborotni nafas markaziga yetkazib berib tu­radi. Tuzilish retseptorlarining umumiy soni 2 mingga yaqin bo‘lib, ular asosan bronxlarning silliq mushaklar qavatida joylashgan. Cho’zilish retseptorlaridan boshlangan afferent tolalar adashgan asab tarkibida uzunchoq miyadagi nafas neyronlarining dorsal guruhigacha kutariladi. Nafas olish davomida cho’zilish retseptorlarining qo’zg’alishi orta boradi. Ulardan markazga keladigan impulslar inspirator markazni tormozlaydi va nafas olish to’xtab, nafas chiqarish boshlanadi. Bu refleks inspiratsiyani tormozlovchi Gering va Breysr refleksi deb ataladi. Inspirator markaz neyronlari ikki guruhga bo’linadi. Ularning 60% (Ka-neyronlar) cho’zilish retseptorlaridan kelgan impulslar ta’sirida tormozlanadi, ozroq qismi esa (K-neyronlar) qo’zgaladi. K-neyronlar K-neyronlar bi­lan tormozlovchi sinapslar orqali bog‘langan bo‘lib, nafas olingan paytda, bu sinapslarda tormozlanishning qo’shilishi (summatsiyasi) yuzaga chiqadi va K-neyronlarning qo’zg’alishi so‘nadi. SHu vaqtning o‘zida ekspirator neyronlar ko‘zgalib, nafas chiqarishni ta’minlaydi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling