O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Hujayra ichida hazm qilish tipida
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayradan tashqarida
- Membranada (devor oldi, kontakt)
Hujayra ichida hazm qilish tipida oziqa moddalarning enzimli gidrolizi hujayradan tashqarida sodir bo‘ladi. Bu tip hazm qilish oddiy jonzotlarda va ancha primitiv ko‘p xujayrali organizmlarda (gubkalar, yassi chuvalchanglar) uchraydi. Nemertinlar, ignatanlilar, yumaloq chuvalchanglar va mollyuskalarda, hujayra ichida hazm qilish, gidrolizning qo‘shimcha mexanizmi hisoblansa, yuksak xayvonlar va odamlarda esa u chegaralangan moxiyatga ega va ximoya funksiyasini (fagotsitozni) bajaradi.
Hujayradan tashqarida — distant hazm qilish tipida sekreter hujayralar tomonidan sintezlanadigan enzimlar hujayradan tashkari muhitga ajratiladi va u erda, ularning oziqa moddalarga gidrolitik ta’siri sodir bo‘ladi. Bu tipdagi hazm qilish yumaloq chuvalchanglarda, qisqichbaqasimonlarda, hasharotlarda, boshoyoqlilarda, xordalilarda va odamlarda rivojlangan bo‘ladi. Hujayra tashqarisida hazm bo‘lishni distantli deyilishiga sabab, nomlari qayd qilingan hayvonlarorganizmlaridagi sekreter hujayralar, enzimlari ajratiladigan bo‘shliklardan tashqarida, ya’ni uzokda joylashgan. Distant hazm qilish maxsus bo‘shliqlardagina emas, balki organizmdan tashqarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, ayrim hasharotlar hazm enzimlarini harakatsizlantirilgan o‘ljasiga kiritadi, bakteriyalar esa usish ko‘payish (kultural) muhitiga enzimlarini ajratadi. Membranada (devor oldi, kontakt) ovqat hazm qilish, ichak hujayralari membranasining tarkibiy tuzilmalarida lokal joylashgan enzimlar tomonidan amalga oshiriladi. Agar, bo‘shliqda joylashishiga qaralsa, bu tip hazm qilish, hujayra ichida va hujayra tashqarisida hazm qilishlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Ovqat hazm qilish tiplari amalga oshish joyiga qarabgina emas, balki enzimlarning manbai bo’yicha hazm tavsiflanadi. Masalan, 1) xususiy ovqat hazm kilish, bunda enzimlarning manbai organizmlarning o‘zi hisoblanadi; 2) simbiont ovqat hazm qilish, bu me’da-ichak trakti mikroorganzmlari hisobiga sodir bo‘ladi; 3) avtolitik ovqat hazm qilish. Odam va ko‘pchilik turli xayvonlarda, asosan xususiy ovqat hazm qiliish tipi sodir bo‘ladi. Simbiont ovqat hazm qilish esa, ularda ikkinchi darajali hisoblanadi. Lekin, vitaminlar va ayrim almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar ishlab chiqish, me’da-ichak traktining mikroorganizmlari tomonidan amalga oshiriladi. Simbiont ovqat hazm qilish, kavsh qaytaruvchi hayvonlarda asosiy tip hisoblanadi. Ularning ko‘p kamerali me’dasini oldingi bo‘limlari mikrofloraga boy bo‘lib, ular, sellyulozani va o‘simlik ozuqasining boshqa komponentlarini hazm qilishda ishtirok etadilar. Simbiont ovkat hazm qilish xaltalilar va tuban organizmlarga, xususan bo’g’imoyoqlilarga xosdir. Avtolitik ovqat hazm qilish deganda, ovqatni, o‘zining tarkibida mavjud bo‘lgan enzimlari hisobiga hazm bo‘lishi tushuniladi. Masalan, o‘txo‘r xayvonlar ko‘k ozuqa iste’mol qilganda, ular komponentlarining parchalanishi, qisman ushbu o‘simlik hujayralarida mavjud enzimlar xisobiga sodir bo‘ladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling