O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
O‘pka va to‘kimalarda gaz almashinuvining asosiy xususiyatlari
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
3. O‘pka va to‘kimalarda gaz almashinuvining asosiy xususiyatlari.
Gazlarning almashinuvi faqatgina konveksiya yo‘li bilan o‘tadi. Respiratorli bronxiolalarda va alveolyar yo‘llarda, havo sekin harakatlangani tufayli, bu jarayonga diffuziyali almashinuv ko‘shiladi. Bu jarayon, nafas gazlari parsial bosimining gradienti bilan belgilanadi, ya’ni O2 molekulalari alveola yo’nalishida harakatlanadi, bu yerdagi CO2 nafas bilan kirib kelayotgan xavonikiga nisbatan pastdir, CO2 molekulalari esa teskari yunalishda harakatlanadi. Nafas olish kanchalik sekin va chukur bo‘lsa, o‘pka ichidagi O2 va CO2 diffuziyasi shunchalik jadal o‘tadi. Xavo o‘tkazuvchi yo‘llarda amalga oshadigan gazlar almashinuvi, o‘pka kapillyarlari orqali sodir bo‘ladigan, gazlarni qon bilan uzluksiz almashinuvi o‘tadigan o‘pka alveolalaridagi O2 va CO2 parsial bosimini turgunligini ushlab turishga yo‘naltirilgan. Alveolalarni to‘ldiruvchi gazlar aralashmasi — alveolyar gaz deb nomlangan bo‘lib, sut emizuvchilar uchun o‘ziga xos ichki atmosfera sifatida xizmat qiladi. Organizmda energiya sarfining ortishi naytida O2 iste’moli va CO2 ishlab chiqarish ortadi, boshqaruv mexanizmlari nafas olish chukurligi va chastotasini mos ravishda orttirish yo‘li bilan alveolyar ventilyasiyami ko‘paytiradi — ya’ni giperpnoe rivojlanib, bunda alveolyar gaz tarkibi normal xolatda koladi. Agar ventilyasiyaning o‘sishi organizmning gazlar almashinuviga bo‘lgan ehtiyojidan ko‘p bo‘lsa (giperventilyasiya), alveolalardan CO2 ning chiqib ketishi uni to‘qimalardan o‘tishi bilan to‘ldiriladi, natijada alveolyar O2 pasayadi — gipokapniya rivojlanadi. Aksincha, alveolalar ventilyasiyasining etishmasdigi paytida (gipoventilyasiya), ularda CO2 ortiqcha yigiladi (giperkapniya), ventilyasiya gazlar almashinuvidan keskin ravishda orqada qolgan paytda, bundan tashkari CO2 ham pasayadi (gipoksiya). Bunday paytda, arterial qonda ham, mos ravishda, O2 va CO2 o‘zgarishlari rivojlanadi. O‘pkada gazlar diffuziyasi alveolalarda sodir bo‘ladi. Alveolyar yo‘llar devorining yarim sharsimon bo‘rtigini alveola deb ataladi. Odamning har bir o‘pkasidagi alveolalar soni 400 mln. atrofida bo‘lib, ularning diametri 150-300 mkm ga teng. Alveola devorining tashqi yuzasi kapillyarlar bilan qoplangan, yuzaning umumiy satxi 90-100 m ni tashqil qiladi. O‘pka kapillyarlaridagi konni alveolalar ichidagi xavodan aerogematik to‘siq ajratib turadi. Bu tusik alveolalarning ichki yuzasini qoplagan surfaktant kavatidan, alveolyar epiteliydan, ular ostidagi asos membranadan, kapilllrning asos membranasidan va endotelial xujayralar kavatidan iborat. Gazlar, almashinuv jarayonida, ana shu 5 qavat to‘siqdan va eritrotsit membranasidan o‘tishi kerak. Kislorodni alveolyar havodan qonga, karbonat angidridni qondan alveolyar havoga o‘tishi faqat diffuziya yo‘li bilan amalga oshadi. Diffuziya sodir bo‘lishi uchun, aerogematik to‘siqning ikki tomonida, gazlarning parsial bosimida farq bo‘lishi zarur. Gazlar arlashmasi umumiy bosimidan, shu aralashmani xosil qiluvchi gazlarning har birini xissasi to’g’ri keladigan qismi, shu gazning parsial bosimini tashkil qiladi. Aralashmaning umumiy bosimini va uning foiz xisobida tarkibi aniq bo‘lsa, har qaysi gazning parsial bosimini hisoblash mumkin. Aralashmadagi gazlar suyuqlikka duch kelganda, gaz, o‘z parsial bosimiga borliq holda suyuqlikda eriydi. Ma’lum vaqtdan keyin, gazlar arlashmasi va suyuqlik o‘rtasida dinamik muvozanat vujudga keladi. Vaqt birligida suyuqlikka o‘tgan gaz miqdori undan chirkan gaz mikdoriga tenglashadi. Bu sharoitda, suqfiqdagi gazning parsial tarangligi, shu gazping, aralashmadagi parsial bosimiga teng bo‘ladi. Alveola va kapillyar devori hisoblangan aerogematik to‘siqning bir tomonida gaz aralashmasi — alveolyar havo, ikkinchi tomonida — qon turadi. Kislorod va karbonat angidrid, bu to‘sikdan, erigan holda diffuziya yuli bilan o‘tadi. Kislorodning surfaqtaptda eruvchanligi yuqori bo‘lgani sababli, u, gaz diffuziyasiniy yengillashtiradi. Diffuziyani, gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi va shu gazlarning qondagi parsial tarangligi o‘rtasidagi farqni ta’minlaydi. Alveolyar havoda kislorodning bosimi 102 mm s.u. ni karbonat angidridniki 40 mm s.u. ni tashkil qiladi. Bu gaz bilan agrogematik tusiq orkali o‘zaro munosabatda bo‘ladigan suyuqlik — venoz qonda, ma’lum miqdorda kislorod va karbonat angidrid bor. Kislorodning bu kondagi tarangligi 40 mm s.u. ni tashkil qiladi, karbonat angidridniki esa 46 mm s.u. ga teng bo‘ladi. Kislorodning alveolyar havodagi parsial bosimi va uning venoz kondagi parsial tarangligi o‘rtasidagi farq 60 mm s.u. ni tashkil qiladi. Bu kuch, havodan qonga qaratilgani uchun, kislorodni alveola bo‘shligidan qonga xaydaydi. Karbonat angidridning parsial bosim va parsial tarangligi o‘rtasida ham 6 mm s.u. ga teng farq bor. Ammo, bu kuch qondan alveola bo‘shligiga qaratilgan bo‘lib, karbonat angidridni kondan alveolyar havoga diffuzinlanishini ta’minlaydi. Karbonat angidridning, alveolyar membranada eruvchanligi yuqori bo‘lganidan, bosimlar farqi oz bo‘lsada, qon, o‘pka kapillyarlaridan o‘tayotganida butunlay diffuziyalanib ulguradi. Qon o‘pka kapillyarlaridan o‘rta hisobda 0,7 soniyada o‘tadi. SHu vaqt davomida, gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi va qondagi parsial tarangligi tenglashadi hamda kislorod uchun 100 mm s.u. ni, karbonat angidrid uchun esa 40 mm s.u. ni tashqil qiladi. To‘qimalarda, kapillyarlaridagi qon va hujayralararo suyuqlik o‘rtasidagi gazlar almashinuvi diffuziya yo’li bilan yuzaga chiqadi. Diffuziyani qon va to‘qima suyuqligidagi gazlarning parsial tarangligi o‘rtasidagi farq ta’minlaydi. To‘qima suyuqligidagi kislorod va karbonat angidridlarning miqdori hamda unga aloqador parsial tarangligi juda o‘zgaruvchan. Bu ko‘rsatkichlar, to‘qimaning qon bilan ta’minlanishiga, uning faollik darajasi va boshqa omillariga bog‘lik. Kislorodning to‘qimalardagi tarangligi o‘rta xisobda 20-40 mm s.u. ga teng bo‘lsa, karbonat angidridniki esa 60 mm s.u ga etishi mumkin. Arterial qonda bu gazlarning parsial tarangligi 100 va 40 mm s.u. ga teng. Kislorodning parsial tarangligidan 60-80 mm s.u. ga teng farq to‘qimaga qaratilgan bo‘lib, u kislorodni qondan to’qimaga diffuziyasini ta’minlaydi. Karbonat angidridning parsial tarangligidagi 20 mm s.u. ni chamasidagi farq to’qimadan qonga qaratilgan bo‘lib, shu yo’nalishda gaz diffuziyasini ta’minlaydi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling