O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Qon oqimining taqiq qilish usullari
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
4.Qon oqimining taqiq qilish usullari.
Gemodinamikaning asosiy qonunlari. Gemodinamika — qonning qon tomirlardagi harakatini o‘rganadi va gidrodinamikaning bir qismi hisoblanadi. Gidrodinamikaning qonuniyatiga binoan, naylarda suyuqlikning oqishi ikki kuchga: suyuqlik harakatini yuzaga keltiruvchi bosim, ya’ni nayning boshi va oxiridagi bosim farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko‘rsatiladigan qarshilikka bog‘liq. Bu kuchlarning birinchisi — gidravlik qarshilik suyuqlik harakatiga to`sqinlik qiladi. Bosimlar farqining qarshilikka nisbati, vaqt birligida, naylardan oqayotgan suyuqlik hajmini, ya’ni suyuqlik oqimining hajm tezligini belgilaydi. Bu bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: P1-P2 Q= R Qon tomirlarda qon oqishiga ko‘rsatiladigan qarshilik tomirlarning uzunligi, diametri, qonning yopishqoqligiga bog‘liq. Turli tomirlardagi qarshilikni ularning uchi va oxiridagi qon bosimi farqidan bilish mumkin: qon oqimiga qarshilik qancha katta bo‘lsa, tomirda qonning harakatiga shuncha ko‘p kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim shuncha ko‘p pasayadi. Tomirlardagi qon bosimini bevosita o‘lchash yirik va o‘rta arteriyalarda uning atigi 10%, arteriyalarda va kapillyarlarda esa 85% pasayishini ko‘rsatadi. Qon oqishining ikki tezligi o‘rnatiladi. Birinchisi — chiziqli tezlik — qon zarrachalarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi, o‘lchash birligi — mm/s yoki sm/s.da ifodalanadi. Ikkinchisi — hajm tezligi — qon tomirdan past birligida oqib o‘tgan qonning hajmini ko‘rsatadi va ml/s da o‘lchanadi. Aorta yoki kovak venalar orqali, o‘pka arteriyasi yoki o‘pka venalari orqali bir daqiqada oqib o‘tadigan qon hajmi bir xil bo‘ladi. Yurakdan chiqayotgan qonning miqdori unga kelayotgan qon miqdoriga teng. Katta va kichik qon aylanish doirasining butun arterial tizimi yoki barcha arteriolalar, barcha kapillyarlar, yoki butun venoz tizimi orqali bir daqiqada o‘tgan qon hajmi bir xilda bo‘ladi. Tomirlar tizimining har kanday umumli ko‘ndalang kesimidan o‘tgan qon hajmi doimiy bo‘lgan holda, qon oqimining chiziqli tezligi bir xil bo‘lmasligi kerak chiziqli tezlik tomirlarning umumli kengligiga, ya’ni eniga bog‘liq. Qon tomirlar tizimining eng tor joyi aorta. Arteriyalar shoxlanganda, har bir tarmoqlar yig`indisining kengayganligi kuzatiladi. Kapillyarlar turi hammadan keng, chunki barcha kapillyarlar diametrining yig`indisi aorta diametridan taxminan 600-800 barobar katta. Shunga binoan, aortadagi qon, kapillyarlardagiga qaraganda juda ham tez harakatlanadi. Qon yurakdan uzluksiz ravishda oqib chiqmay, balki otilib-otilib chiqqani uchun, arteriyalardagi qon oqimi pulsli tabiatga ega bo‘ladi. Ammo arteriola, kapillyar va venalarda qon oqimi uzluksiz, ya’ni doimiydir. Buning sababi arteriyalar devorining tuzilishidadir. Qon tomirlar tizimidagi qonning hajmi. Qon tomirlardagi qonning umumiy hajmi yurakning diastola vaqtida tulishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va sistolik hajmni aniqlaydi. Katta yoshli odamda qon umumiy hajmining 84% katta qon aylanish, 16% kichik qon aylanish doirasiga to`g`ri keladi. Katta qon aylanish doirasi arteriyalarida umumiy qon hajmining 18% i saqlanadi, shundan 3% i arteriolalarga to‘g`ri keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki rezistiv qon tomirlarning torayib-kengayib turishi, qon tomirlar tizimining boshqa qismlaridagi qon miqdoriga sezilarli ta’sir qilmaydi. Kapillyarlarning ko‘ndalang kesimi juda katta bo‘lishiga qaramay, ularda qonning taxminan 6% i saqlanadi xolos. Qonning ko‘p qismi ya’ni 64% i venalarda bo‘ladi. Demak rezistiv tomirlar qon oqimiga katta qarshilik ko‘rsatadi, ammo kichik hajmga ega, hajmli tomirlar esa kam qarshilik ko‘rsatib, qonning ko‘p qismini o‘zida saqlaydi. Diametri 0,5- 2,0 mm bo‘lgan kichik arteriyalar va venalar oraliq joyni egallaydi. Bu tomirlar kengayganda sig`im va qarshilik sezilarli darajada o‘zgaradi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling