O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Tomirlar tizimining tuzilishi. Qon aylanish doiralari


Download 1.65 Mb.
bet112/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

3. Tomirlar tizimining tuzilishi. Qon aylanish doiralari.
Tomirdagi qon bosimi holati.


Umurtqali hayvonlarning qoni elastik qon tomirlar tizimi — arterial, vena va kapillyarlarning ichidan chiqmagan holda harakatlanadi. Shu tufayli umurtqalilar, bog`imoyokli mollyuskalar (sakkizoyoq), igna terililarning qon aylanish tizimi — berk tizim deyiladi. Hasharotlarda, ko‘pchilik mollyuskalarda qon tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon yurakka qaytib kelishdan oldin to‘qimalar orasida erkin tarqaladi. Bunday qon aylanish tizimi — ochiq tizim deyiladi.Ichak bo‘shliklilarda va tuban chuvalchanglarda qon tomirlar ti­zimi tushunchasi bo‘lmagan. Transport funksiyasini bajaradigan suyuqlik hayvon tanasida qalin shoxlangan kanallarning maxsus ti­zimi bo‘ladi. Bu xayvonlarda qon sirkulyasiya qilmasdan, balki to`qi­ma suyuqligini aralashtirish jarayoni sodir bo‘ladi. Suyuqlikning harakatlanishi uchun maxsus moslashgan primitiv qon tomirlar ti­zimi ilk bor chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Bu tizimning o`ziga xosligi — suyuqlikni haydaydigan qon tomirlar trubkalarini peristaltik qisqarishlarini paydo bo‘lishi hisoblanadi. Lekin, bu tizimda kapillyar bo‘lmali va arterial kon tomirlar tug`ridan-tug`ri to‘qimalararo bo‘shliqlar — lakunalarga ochiladi. Bu erda «qon» to`qima suyuqligi bilan aralashadi va to‘qimalarni oziqlantirib, har bir hujayraga etib boradi. Aynan shu bo‘shliqlardan venalar boshlanadi. Mollyuskalarda qon tomirlar tizimi lakunar bo‘lsa ham, ikki kamerali yurak paydo bo‘la boshlaydi. Keyinchalik baliqlarda to‘la differensiyalangan ikki kamerali yurak va berk qon tomirlar tizimi katta va kichik doiraga oddiygina joylashgan. Qon yurakdan to`g`ri jabra qon tomirlariga kelib, ularning kapillyarlarida gaz almashuvi sodir bo‘ladi. Bu kapillyarlar yana birlashib aortani hosil qiladi va undan qon a’zo hamda to‘qimalarga taqsimlanadi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlarda o‘pkaning paydo bo‘lishi bilan yurak bo‘lmasi ham to‘liq ikkita kameraga bo‘lingan. Yurak me’dachalari ham qisman bo‘linib, sut emizuvchilarning yurak tuzilishini eslatadi. Kislorod bilan to`yingan qon o‘pkadan yurakning chap bo`lmachasiga o‘tadi, venoz qon asosiy qon aylanish doirasidan yurakning o‘ng bo‘lmachasiga keladi. Me’dachalarning qisman bo‘linganligi qonni to‘liq aralashishiga yo`l qo`ymaydi va shu tufayli, ko‘proq oksigenlangan qon boshqa tomon yo`naladi, kislorod bilan kamroq to`yingan qon esa yurakning o‘ng yarmidan bel aortasiga va qisman kopqaga boradi. Demak evolyutsiyaning bu davriga kelib, qon aylanish tizimini o‘pka doirasi va boshqa a’zolar orqali aylanish doirasiga bo‘linishi sodir bo‘lgan.Shunga mos ravishda, qon aylanishini katta va kichik doiralarga amalda to`liq bo‘linishi paydo bo‘ladi.Sut emizuvchilarda katta qon aylanish doirasi yurakning chap me’dachasidan chiqadigan aortadan boshlanadi va u ko‘p sonli arteriyalarga shoxlanib, regionar qon tomirlar tarmog`iga ulanadi. Shoxlangan sari arteriyalarning soni ko‘payib, diametri torayadi. Bu arteriyalar aloxida a’zolarni (terini, mushaklarni, jigarni, yurak­ni, o‘pkani, miyani, va b.) qon bilan ta’minlaydi. A’zolar tarkibidagi mayda arteriyalar (arteriolalar) mayda tomirlarni yupqa devorlar bilan qalin to‘qilgan kapillyar tarmoqni shakllantiradi. Aynan shu joyda, qon va hujayralar o‘rtasida moddalar almashinuvi sodir bo‘ladi. Odam organizmidagi barcha kapillyarlarning umumiy yuza maydoni 1500 kv.m atrofida bo‘ladi. Kapillyarlar o‘zaro qo‘shilishib, venulalarni hosil qiladilar. Bu qo‘shilish jarayoni ikkita katta venani — kranial va kaudal venani hosil bo‘lishi bi­lan tugaydi. Bu venalar yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib qo‘shiladi. Umumiy qoida shundan iborat bo‘lib, bundan ichak va taloq mustasnodir. Chunki ularning qon tomirlari venoz qonni jigarga olib kelib, jigardagi yana bir kapillyarlar tizimiga shoxlanadi (por­tal qon aylanish), keyin esa qaytar venalar orqali kaudal kovak venaga kelib qo`shiladi. Sut emizuvchilarda kichik qon aylanish doirasi o‘ng me’dachadan chiqadigan o‘pka arteriyasidan boshlanib, keyinchalik shoxlanib, o‘pka qon tomirlar to‘riga o‘tadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga keladigan o‘pka venalarga qo‘shiladi. Natijada ikkala qon aylanish doirasi tutashadi. O‘pka arteriyasi — yurakning o`ng me’dachasidan o‘pkaga boradigan venoz qon oqadigan yagona arteriya, o‘pka venasi esa o‘pkadan yurakni chap bo‘lmachasiga kislorod bilan to‘yingan arterial qon oqadigan yagona vena hisoblanadi.
Organizmda katta va kichik qon aylanish doirasidan tashqari limfatik qon tomirlar tizimi ham mavjud. Bu tizim hujayralar orasidagi suyuqlikni va to‘qimalardan oqsilni reabsorbsiya qilinishini, limfa hosil bo‘lishi va uni venoz tizimga o‘tkazishni amalga oshiradi.
Qon tomirlari funksiyasiga qarab quyidagi tiplarga bo‘linadi: amortizatsiyalovchi, rezistiv, sfinkter-tomirlar, almashinuv, hajmli, shuntirlovchi.
Amortizatsiyalovchi (elastik) qon tomirlarga aorta, o‘pka arte­riyasi va yirik qon tomirlarning o‘pkaga yondosh bo‘lgan qismlari kiradi. Ularning o‘rta pardasida elastik elementlar ko‘p bo‘ladi. Bunday moslashuv tufayli, muntazam sodir bo‘ladigan sistola vaktida paydo bo‘ladigan arterial qon bosimining ko‘tarilishi silliq o‘tadi.
Rezistiv (qarshilik ko`rsatuvchi) qon tomirlarga oxirgi arte­rial va arteriolalar kiradi. Ularning devori yo‘gon silliq mushaklardan iborat bo‘lib, qisqarish paytida kundalang kesimini o‘zgartirishi mumkin. Bu esa, turli a’zolarni qon bilan ta’minlash mexanizmini boshqarishning asosi hisoblanadi. Sfinkter-tomir­lar prekapilyar arteriolalarning oxirgi qismi hisoblanadi. Ular, rezistiv qon tomirlar kabi, o‘zining ichki diametrini o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lib, funksiya qiluvchi kapillyarlar sonini va mos ravishda almashinuv yuzasini aniqlashi mumkin. Almashinuv qon tomirlariga qon va to‘qima suyuqligi o‘rtasida turli moddalar va gazlarni almashinuvi sodir bo‘ladigan kapillyarlar kiradi. Kapillyarlarning devori bir qavat epiteliy va yulduzsimon hujayralardan iborat. Bu kapillyarlarda qisqarish qobiliyati bo‘lmaydi, ularning ko‘ndalang kesimi rezistiv qon tomirlardagi bosimga bog‘liq bo‘ladi. Yurak-tomir tizimining hajmli zvenosini postkapillyar venulalar, venalar va yirik venalar tashkil qiladi. Venalar tuzilishi bo`yicha arteriyalarga o‘xshash, lekin ularning o‘rta qobig`i ancha yupqadir. Ularda, venoz qonni orqaga oqishiga qarshilik qiladigan klapinlar ham mavjud. Venalar katta hajmdagi qonni o`ziga singdirishi va chiqarib yuborishi mumkin bo‘lib, shu tufayli, organizm bo`yicha taqsimlashga yordam beradi. Eng hajmi katta venalar jigarda va qorin bo‘shlig`ida bo‘ladi. Shuntirlovchi (ulovchi) qon tomirlar tananing ayrim qismlarida (quloq, burun, tovon va boshqa a’zolarning terisida) bo‘lib, arterial qon yo‘lini kapillyarlarni chetda qoldirib venoz qon yo‘li bilan (arteriolalar va venulalar) o‘zaro bog‘lovchi anastomoz ko`rinishidadir. Ushbu qon tomirlari ochiq holatda bo‘lganda, qon kapillyarlardagi qon oqimini keskin kamaytirib yoki to‘liq to‘xtatib venoz qon yo‘liga qarab intiladi. Shuntirlovchi qon tomirlar regionar periferik qon oqimini boshqarish funksiyasini bajaradi. Ular termoregulyasiya qon bosimini boshqarish va uni tasimlashda qatnashadilar.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling