O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Yurak sikli. Yurak faoliyatinig boshqarilishi


Download 1.65 Mb.
bet110/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

2. Yurak sikli. Yurak faoliyatinig boshqarilishi.
Yurak sikli va bosqichlari. Yurakning o‘ziga xos xususiyati uzluksiz ritmik faoliyat hisoblanib, u, yurak bo‘limlarining ketma-ket qisqarishi va bo`shashishida namoyon bo‘ladi. Yurak bo‘limlarining qisqarishi — sistola, bo‘shashishi esa — diastola deb ataladi. Yurak uzluksiz ritmik faoliyati zanjirida alohida qaytariluvchi sikllar ajratiladi .
Yurak sikli — yurakda bir martalik to`liq qisqarish va bo‘shashish paytida sodir bo‘layotgan elektrli, mexanik va biokimyoviy jarayonlarning yig`indisi hisoblanadi.
Bitta sikl bitta yurak o‘rishiga yoki bitta pulsni urishiga mos keladi. Masalan, yurak har daqiqada 75 marta o‘rganda, uning bir sikli — 0,8 s davom etadi. Har bir yurak sikli bo‘lmachalar va me’dachalarning bittadan sistola va bittadan diastolasini o‘z ichiga oladi. Ikkala bo‘lmachalarning sistolasi deyarli bir vaqtning o‘zida (o‘ng bo‘lmacha chapidan 10s ilgari qisqaradi) sodir bo‘ladi. Bu vaqtda bo‘lmachalar ichidagi bosim 5-6 mm.s.u. ga ko‘tariladi, ya’ni bo‘shashgan me’dachalarnikidan yuqori bo‘ladi. Kuchli qon oqimining hosil bo‘lishi klapanlarni ochadi, qon me’dachalarga qarshiliksiz o‘tadi va ularni to‘ldiradi. Me’dachalarda bosim yuqori bo‘lishiga qaramasdan, qonning bo‘lmachalardan venaga qaytib ketishi kuzatilmaydi, chunki mushak tolalarining sfinktersimon bog‘lamlari venalar yo`lini yopadi (qushlarda maxsus vena qopqoqlari bo‘ladi). Sikl 0,8 s davom etganda bo‘lmachalar sistolasi 0,1 s ni tashkil qiladi. Bo‘lmachalarning diastolasi bir necha soniya ko‘proq davom etadi va bunda, me’dachalar sistolasining butun davrini hamda diastolasi davrining ko‘proq qismini o‘z ichiga oladi.
Me’dachalarning sistolasi vaqt jihatidan bo‘lmachalar diastolasiga tug`ri keladi, uning o‘tish muddati 0,3 s. Ikkala me’dacha ham, bo‘lmachalar kabi, bir vaqtda qisqaradi. Me’dachalar sistolasi, ularning tolalarini, ko‘zgalishini miokard buylab tarkalishi oqibatida paydo bo‘ladigan asinxrop qisqarishi bilan boshlanadi. Bu davr qisqa bo‘lib, unda, me’dachalar bo‘shlig`idagi bosimning ko‘tarilishi hali sodir bo‘lmaydi. Bu bosim, qo‘zg`alish barcha tolalarni qamrab olgandan so‘ng keskin orta boshlaydi va bo‘lmachalarning chapida 70-88 mm s.u. ga, o‘ngida esa — 15-20 mm s.u. ga teng bo‘ladi. Bosim­ning ortishi oqibatida, atrioventrikulyar klapanlar darxol yopiladi. Shu paytda, yarimoysimon klapanlar ham xali yopiq bo‘lib, shu tufayli, me’dachalarning bo‘shlig`i berk va bu yerdagi qonning hajmi doimiy bo‘ladi. Qo‘zg`alish natijasida mushak tolalarining kuchlanishi, ularning uzunligi o‘zgarmagan holda ortadi va bu, qon bosimini yanada ortishiga olib keladi. Chap me’dachaning devori cho‘ziladi va ko‘krak qafasining ichki yuzasiga uriladi, ya’ni yurakning urishi paydo bo‘ladi. Me’dachalardagi qon bosimi aorta va o‘pka arteriyasidagi qon bosimidan yuqori bo‘lganda, yarimoysimon klapanlar ochiladi, ularning yaproqlari ichki devorga yopishadi va 0,25 s davom etadigan xaydash boyokichi boshlanadi. Bu bosqichning boshida, me’dachalardagi qon bosimi orta borib, chapida 130 mm s.u. va o‘ngida 25 mm s.u. gacha etadi. Natijada, qon tezlik bilan aortaga va o‘pka arteriyasiga qo`yiladi va me’dachalarning hajmi keskin kichiklashadi. Buni tez haydash boyokichi deb ataladi.
Yarimoysimon klapanlar ochilgandan keyin yurakdan qonning chiqishi susayadi, me’dachalar miokardining qisqarishi ham kuchsizlanadi va sut haydash fazasi boshlanadi. Bosimning tushishi oqibatida yarimoysimon klapanlar yopiladi, oqibatda qonning aorta va o‘pka arteriyasiga qaytib kirish yo‘lini to‘sadi va me’dachalar mio­kardining bo‘shashishi boshlanadi. Bunda, yana qisqa davr ichida, aorta klapanlari yopiq va atrioventrikulyar klapinlar esa xali ochilmagan bo‘ladi. Me’dachalardagi bosim bo‘lmachalardagidan sal pastrok bo‘lishi bilan, atrioventrikulyar klapinlar ochiladi va me’dachalar kelgusi siklda haydab chiqariladigan qon bilan to‘la boshlaydi, ya’ni yurakning diastolasi boshlanadi. Yurakning bu diastolasi, bo‘lmachalarning keyingi sistolasigacha davom etadi. Bu bosqich — umumiy pauza deyiladi va katta ahamiyatga ega, chunki shu davrda, sarkaplazmatik retikulumning kanalchalari orqali miofibrillalardan Ca+ ni tortib olish sodir bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yurakning ritmik ishi, uni bo‘limlarini — bo‘lmachalar va me’dachalarini qat’iy ketma-ketlikda qisqari­shi va bo‘shashishidan iborat. Yurakning ritmik faoliyati va tabaqali hamda yarimoysimon klapinlarning mavjudligi, qonni faqat bir tomonga — venadan bo‘lmachalar va me’dachalar orqali aorta va o‘pka arteriyasiga yo`naltirilishini ta’minlaydi.
Yurak tonlari. Tananing ko‘krak qismini chap tomondan beshinchi qovurga oralig`ida, o‘mrov chizig`idan 1 sm ichkarirog`i yo‘l bilan bosilganda, yurak qisqarishi vaqtidagi — yurak zarbi seziladi. Bu zarb, me’dachalar qisqargan vaqtda yurakning ko`ndalang razmerlari o‘zgarishi (ellipsoid shakllangan dumaloq shaklga o‘tadi), me’dachalar devorining zichligini ortishi, yurak uchining yuqoriga ko‘tarilib, ko‘krak devoriga urilishi oqibatida sodir bo‘ladi. Yurak zarbining egri chizig`i — kardiogramma, maxsus asbob — kardiograf yordamida yozib olinadi.
Yurakning sistolik va daqiqalik hajmi. Yurak qisqarishlarining kuchi va quvvatini ifodalovchi ko`rsatgichlar — yurakning sis­tolik va daqiqalik hajmi hisoblanadi. Sistolik hajm — bitta metacha tomonidan bir sistola paytida haydaladigan qon hajmi. Bu o‘lchov, chap me’dacha rivojlantiradigan sistolik bosim o‘ng me’dachanikidan 5 marta ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, ikkala me’dachalar uchun ham bir xil kattalikka ega.
Sistolik hajm yurakning katta-kichikligi, uning mushaklari qisqarishini kuchiga va qisqarishning boshida me’dachalardagi qon miqdoriga, ya’ni qonning yakuniy diastolik hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Yurak qisqargan vaqtda, normada, me’dachalardagi qonning hammasi chiqarib yuborilmaydi, tinch xolatdagi sistola qonning qol­gan hajmi 50 % atrofila, maksimal sistolik qisqarganda — yaku­niy-diastolik hajmning 15-20% ini tashkil kiladi. Har sistolada odam yuragi aorta va o‘pka arteriyasiga mos ravishda 70-75 ml qonni haydaydi, bu sistolik hajm deyiladi.
Yurak me’dachasi 1 daqiqa haydaydigan qonning hajmini yurakning daqiqalik hajmi deyiladi. Bu hajmni aniqlashning turli usullari mavjud. Sistolik hajmni, yurakning 1 daqiqadagi qisqarishlari soniga ko‘paytirsak yurakning daqiqalik hajmini topishimiz mumkin, bu hajm odamda 4,5-5,0 l ni tashqil qiladi.
Yurakning sistolik va daqiqa hajmlari o‘zgaruvchan bo‘lib, ular odam jismoniy mehnat qilganida, hayajonlanganida oshib ketadi. Daqiqa hajmi 20-30 l gacha ko‘payishi mumkin.
Yurak faoliyatini boshqarish mexanizmlari. Sut emizuvchilar, qushlar, reptiliyalar va amfibiyalarda yurak faoliyatini boshqarish mexanizmlari prinsipial jixatdan bir xil amalga oshadi va yurak­ning o‘ziga xos xususiy mexanizmlaridan hamda yurakdan tashkari ta’sirlardan iborat. Yurak ishi, organizmning qon aylanishga bo‘lgan talabiga moslashib, o‘zgarib turadi. Bu moslashuvni bir necha boshqaruv mexanizmlari ta’minlaydi. Ularning bir qismi yurakning o‘zida — intrakardial yurak ichi mexanizmlari, qolganlari esa ekstrakardial yurakdan tashqari mexanizmlardir.
Intrakardial boshqaruvga hujayra mexanizmlari, hujayralararo aloqalarni idora qilish mexanizmlari va asab mexanizmlari, ya’ni yurakning o‘zida ro`y beradigan reflekslar kiradi. Hujayraga aloqador boshqaruv mexanizmlari elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida miokard sinsitiy emasligi, u, ayrim-ayrim hujayralar — miotsitlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Bu hujayralar, bir-biriga maxsus oraliq disklar yordamida bog‘langan. Har qaysi hujayralarda, uning tarkibiy tuzilishi va funksiyasini ta’minlaydigan oqsillar sintezini boshqaruvchi mexanizmlar bor. Miokardning ishi ko‘paysa, oqsilning sintezlanishi tezlashadi, aktin va miozin miqdorlari kuchayadi, miokard gipertrofiyaga uchraydi va ish qobiliyati ortadi. Hujayraga aloqador boshqaruv mexa­nizmlari yurakka ko‘p qon quyilganda uning qisqarish kuchini oshiradi. Chunki, yurak miofibrillalari ko‘proq cho‘zilsa, aktin iplar miozin iplar oralig`ida ko‘proq sirpanib chiqadi, faol ko‘ndalang ko‘prikchalar soni ortib, qisqarish kuchliroq bo‘ladi. Bu «yurak qonuni» deb nom olgan.
Yurak faoliyati uchun faqat kardiomiotsitlar o‘rtasidagi munosabatlar emas, balki miotsitlar va biriktiruvchi to‘qima hujayralari orasidagi munosabatlar ham katta ahamiyatga ega. Biriktiruvchi hujayralar miotsitlar uchun faqat tayanch tuzilmagina emas, balki ular miotsitlarga nisbatan trofik funksiyani ham bajaradi va kreator munosabat deyiladi. Biriktiruvchi hujayralar orqali kardiomiotsitlarda energiyaga boy, yuqori molekulali organik moddalar zaxirasi doimo to‘ldirib turiladi.
Yurak ichida periferik reflekslar mavjud bo‘lib, bu reflekslar yoyi MAT ga emas, balki miokard ichidagi intramural tugunlarda ulanadi. Dendritlari miokarddagi va yurak tomirlaridagi cho‘zilish retseptorlariga aloqador afferent neyronlar, oraliq va efferent neyronlar ana shu refleks yoyiga kiradi. Bu refleksni yurak-o‘pka preparatida o‘rganish mumkin. Agar o‘ng bo‘lmachaga ballon kiritib, unga havo yuborilsa, bo‘lma miokardi cho‘ziladi, unda joylashgan retseptorlar qo‘zg`alib, chap me’dacha miokardining qisqarish kuchini oshiradi. Bu refleksning ahamiyati shundaki, biror sababga ko‘ra yurakka oqib keladigan qon miqdori oshsa, chap me’dacha kuchliroq ishlab, yurakdan chiqadigan qon miqdorini oshiradi. Intrakardial reflekslar, ko‘chirib o‘tkazilgan yurak ishini idora qilishda juda katta ahamiyatga ega.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling