O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Leykotsitlar. Leykotsitlar yadro va sitoplazmaga ega oq qon hujayralari. Ularning qondagi umumiy miqdori eritrotsitlarnikiga nisbatan kam bo‘ladi. Sutemizuvchilarda leykotsitlar, taxminan, Eritrotsitlar miqdorining O,1-0,2 %, qushlarda O,5-1,0 % tashkil qiladi. Katta yoshli odamning naxorda olingan qoni tarkibida 6000-8000 leykotsit mavjud bo‘lib, u, vaqt va organizmning fiziologik xolatiga qarab o‘zgarib turadi. Leykotsitlarning miqdorini oshishi leykotsitoz va kamayishi — leykopeniya deyiladi.
Fiziologik va reaktiv leykotsitozlar farqlanadi. Fiziologik leykotsitoz ovqatlanish, jismoniy mehnat qilish, qattik hayajonlanish, biror joyning juda qattiq og`rishi paytida namoyon bo‘lib, periferik qonda leykotsitlar sonining ko‘payib ketishidan iborat. Bu leykotsitoz organizmdagi oq qon tanachalarining qayta taqsimlanishi natijasi hisoblanadi. Taloq, ko`mik o‘pkada mavjud bo‘lib, lekin qon aylanishida ishtirok etmagan leykotsitlar, aytib o‘tilgan omillar ta’sirida qonga o‘tadi va soni ortadi. Reaktiv leykotsitoz esa, qon yaratish a’zolaridan ko‘p miqdorda, uncha etilmagan leykotsitlarning ajralishiga bog‘liq. Leykotsitozning bu turi ko‘pincha o‘tkir yallig`lanishning belgisi bo‘ladi. Leykopeniya ba’zi kuchli toksinlar ishlab chiqaradigan mikroblar paydo qilgan ayrim yuqumli kasalliklarning alomati hisoblanadi. Radioaktiv nurlanish va zaxarli moddalarning surunkali ta’siri ham yuqumli bo‘lmagan leykopeniyaga olib keladi. Leykotsitlarning barcha turlari amyobasimon harakat qiladi va ularning tezligi 40 mkm/min gacha yetishi mumkin. Ba’zi kimyoviy ta’sirlovchilar leykotsitlarni o`ziga tortadi. Ular kapillyarlar devoridan o`tib, shu ta’sirlovchilar (mikroblar, organizmning yemirilayotgan hujayralari, yot tanachalar va boshqalar) tomon harakat qiladi. Bu xodisani musbat xemotaksis deb ataladi. Shikastlovchi omillarga etib borgach, leykotsitlar ularni o`zining sitoplazmasi bilan qamrab olib, enzimlari yordamida parchalaydi, ya’ni fagotsitoz ro‘y beradi. Yakka leykotsit 15-20 mikrob hujayrasini qamrab olishi mumkin. Fagotsitozdan tashqari, leykotsitlar organizm himoyasi uchun muhim bo‘lgan bir qator moddalarni ajratadi. Bu moddalar bakteriyalarga, toksinlarga qarshi xossalarga ega bo‘lgan antitanalar, fagotsitoz va jaroxatlarning bitishini tezlashtiruvchi omillar bo`lishi mumkin. Leykotsitlarning tarkibida bir kator enzimlar bor, jumladan proteazalar, peptidazalar, diastazalar, lipazalar, dezoksiribonuk-leazalar. Odatdagi sharoitda, enzimlar lizosomalarda izolyasiyalangan xolatda bo‘ladi. Leykotsitlar ba’zi moddalarni adsorbsiya qilib, qobig`ining yuzasiga biriktirib olib, ularni kerakli joyga yetkazish qobiliyatiga ega. Barcha leykotsitlarning 50% tomirlar tizimidan tashqarida, 30% — ko`mikda joylashadi. Granulotsitlar qonning barcha leykotsitlarini 60% tashkil qiladi va ularning yashash muddati taxminan 2 kun. Donali leykotsitlar kislotali, asosli va neytral bo`yoqlarga bo‘yalishiga qarab, ularni eozinofillarga, bazofillarga va neytrofillarga bo‘linadi. Donasiz leykotsitlar limfotsit va monotsitlarga bo‘linadi. Leykotsitlar turlari o‘rtasidagi nisbat leykotsitar formula deb ataladi. Katta yoshli odamningleykotsitar formulasi granulotsitlardan: neytrofillar —50-70%, eozinofillar — 1-5%, bazofillar — 0-1%; agranulotsitlardan: limfotsitlar — 20-40% va monotsitlar — 2-10% ni tashkil qiladi. Neytrofillar qonda 6-8 soat aylanib, amyoba singari harakat qilib, shilliq pardalarga o‘tadi. Organizmda mikroblar kirgan joyga neytrofillar to‘planadi va mikroblar bilan to‘qnashib ularni o‘rab oladi. Bir neytrofil 15-20 ta bakteriyani qamrab olib, lizosomasidagi proteaza, peptidaza, dezoksiribonukleaza, lipaza erdamida parchalaydi va yo`qotadi. Agar bu ishni neytrofil bajara olmasa o`zi halok bo‘ladi. Yiring asosan neytrofillar va ularning qoldiqlaridan iborat. Neytrofillar — nospetsifik immunitetning eng muhim qismi. Ular mikrob va yot oqsillarga qarshi antitanalar ishlab chiqarish yoki o‘z membranasiga biriktirib olish qobiliyatiga ega. Eozinofillar oqsil tabiatli toksinlarni va yot oqsillarni parchalaydi hamda zararsizlantiradi. Allergiya xolatida, ichakda gijja ko‘payib ketganda, organizmda autoimmun jarayonlar rivojlanganda eozinofillarning soni ko‘payadi. Qonda kortiqosteroid gormonlarning miqdori oshganda, eozinofillar soni kamayadi. Bazofillar protoplazmasida uchraydigan yirikdonachalarda geparin va gistamin bo‘ladi. O`tkir yallig`lanishining regenerativ (yakunlovchi) bosqichida qondagi bazofillar soni oshadi. Geparin qonning mayda tomirlarda ivishiga yo`l qo`ymaydi, gistamin esa bu qon tomirlarini kengaytiradi. Bu esa yallig`lanish o`choqlarida surilish va bitish jarayonlariga yordam beradi. Yog`li ovqat istemol qilishdan keyin bazofillar soni ortadi. Agranulotsitlar ikki xil hujayracharga — limfotsitlar va monotsitlarga bo‘linadi. Limfotsitlar ko‘pgina a’zolarda: chunonchi, limfa tugunlarida, talokda, ayrisimon bezda, bodomsimon bezlarda, ko‘richakda, ichakning shilliq pardasida, ko`mikda rivojlanadi. Bu hujayralarning yadrosi yiriq atrofidagi protoplazmasi kam miqdorda bo‘ladi. Odam qonida bir necha xil limfotsitlar uchraydi. Ular ko‘mikdagi limfotsit hujayralarda rivojlanib, qon orqali o‘zlari differensiatsiya bo‘ladigan (etiladigan) to‘qimalarga yetkaziladi. Limfotsitlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, ko‘paya boshlaydi. Timusda etilgan limfotsitlar T-limfotsitlar deb ataladi. Ular qondagi limfotsitlarning 60% ini tashkil qiladi Limfotsitlar organizmning o`z hujayralaridan mutatsiya tufayli paydo bo`lgan yot hujayralarni ham topib yemiradi. Har lahzada odam organizmida bunday hujayradan bir necha millioni bo‘ladi. Mutatsiya uchrab, organizm uchun yot bo‘lib qolgan hujayralar yuqotilmasa, tez ko‘payib, badanda shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Demak limfotsitlar organizmning hujayra barqarorligini saqlanib turishini ham ta’minlaydi. Limfotsitlar jarohatlangan to‘qimalarning tiklanishida bevosita qatnashadi. Monotsitlar — leykotsitlarning eng yirigi, ularning diamet-ri 12-20 mkm. Monotsitlar ko`mikda hosil bo‘ladi, ammo qonda hali yetilmagan holda paydo bo‘ladi. Monotsitlar qon tomirlaridan atrofdagi to‘qimalarga chiqib yetiladi va harakatsiz hujayralarga — gistiotsit va makrofaglarga aylanadi. Makrofaglar kislotali sharoitda ham fagotsitar va xazm qilish faoliyatini saqlab qoladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling