O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Trombotsitlar yoki qon plastinkalari


Download 1.65 Mb.
bet107/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Trombotsitlar yoki qon plastinkalari, qonning shaklli elementlarini uchinchi turi, diametri 2-5 mkm, yadrosiz va rangsiz, oval va duksimon shakldagi plazmatik tuzilmalar bo‘lib, ko`mik va taloqdagi gigant hujayralar — megokariotsitlarda hosil bo‘ladi. Trombotsitlarning soni ovqat xazm qilish, jismoniy ishbajarish va homiladorlik davrida ko‘payadi. Ularning qondagi soni, kunduzi tundagidan ko‘proq bo‘ladi va qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Trombotsitlarda tomirni toraytiruvchi modda — serotonin va kengaytiruvchi modda — gistamin sezilarli miqdorda bo‘ladi.
So`glom odamning 1 mm3 qonida 150-400 minggacha qon plastinkalari bo‘lib, ko‘p miqdorda qon yo`qotilganda, ovqatda A va V vitaminlar yetishmaganda, ayollar xayz ko‘rishi paytida, shu bilan birga chaqaloqlarda va qariyalarda ham ularning soni kam bo‘ladi. Qon plastinkalarining kamayishi — trombopeniya deyiladi. Ba’zi bir fiziologik sharoitlarda, masalan sportchilar mashq qilayotgan paytda qon plastinkalarining soni ko‘payadi. Bunda taloq qisqarib, o`zida saqlab turgan qon plastinkalarini qon tomirlariga chiqaradi. Taloqning qisqarishi adrenalin ta’sirida yuz beradi. Qon plastinkalari miqdorining qonda ko‘payib ketishi trombotsitoz deyiladi.


4. Limfatik tizim va qonning himoya faoliyati. Immunitet.


Limfatik tizim. Organizmda, qon tomirlari bilan bir qatorda, limfatik tizim ham mavjud bo‘lib, u, qo‘shimcha drenaj tizim ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu tizim bo`ylab, to‘qimalardagi suv-oqsillarning kolloid qorishmalari, lipidlarning emulsiyalari, suvda erigan kristallar, hujayrada parchalangan mahsulotlar va boshqalar qon oqimiga qaytib keladi.
Limfatik tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. To‘qima suyuqligi hajmi va tarkibining turg`unligini ushlab turishi: 2. Barcha a’zo va to‘qimalar suyuqligi hamda qon o‘rtasida gumoral aloqani ta’minlash; 3. Ovqat xazm qilish kanalidan oziq moddalarni venoz tizimga so‘rish va o‘tkazish; 4, Organizmning immunologik reaksiyalarida limfoid a’zolardan limfotsitlarni, plazmatik qatorning hujayralarini, antitanalarni yetkazib berish ro‘li bilan qatnashish; 5. Organizmning favqulodda ta’sirlarga javob berishida va zararlangan joyga limfotsitlar, plazmotsitlar va boshqalarni yetkazib berish yo`li bilan qatnashish.
Yuksak umurtqalilarning limfatik tizimi limfatik tomirlar, limfatik tugunlar va limfatik kanallarlan iborat. Barcha to`qimalarda (tog`ay asab va terining yuzaki qatlamidagi to‘qimalardan tashqari) limfatik kapillyarlar tarmog`i bor. Ular sirtmoq yoki uchi berk (ko‘r) o‘simtalardan boshlanadi va quyulish joylarida laqunalarning mavjudligi bilan o‘ziga xosdir. Kapillyarlarning diametri 10 dan 100 mkm gacha bo‘ladi. Ularning devorlari oson cho‘ziladi va limfa ko‘p miqdorda kelganda, diametri 2-3 martaga kengayadi, bu paytda, ularning so`ruvchi yuzasi ham kattalashadi.
Bir nechta kapillyarlar qo`shilganda limfatik tomir hosil bo‘ladi. Shu yerda birinchi klapin ham joylashgan. Tomirlarning devorida, endoteliy va bog‘lovchi — to‘qima pardasi o‘rtasida mushak qatlami hosil bo‘lib, u, tomir yiriklashgan sari qiyinlashadi. Tomir bo`ylab, uning toraygan joylarida klapinlar ham joylashgan. Klapinlar orasidagi masofa 2-3 mm, yirik tomirlarda esa 15 mm gacha bo‘ladi. Klapinlar juft bo‘lib, qarama-qarshi yotgan yarimoysimon shakldagi qatlamdir. Ular limfani orqa tomonga qarab oqib ketishini oldini oladi. Har bir a’zo yoki tana qismidan ketuvchi limfatik tomir chiqadi va ular regionar limfatik tugunlarga to‘paladi. Limfatik tomirlar limfa hosil bo‘lish jarayonida qatnashadi, drenaj funksiyani va limfa oqimini qaytarish vazifasini bajaradi. Lim­fatik tomirlar bo`ylab limfatik tugunlar joylashgan, ular birgalikda yagona tizimni tashkil qiladilar. Sut emizuvchilarda ular yumaloq yoki oval shaklga ega va guruh-guruh bo‘lib joy­lashgan. Ularning soni itlarda —60 ta, cho‘chqada —190, buqada — 300, odamda — 460 atrofida bo‘ladi. Limfatik tugunlarning bir tomoni botiq bo‘lib (bu joy darvoza deyiladi), shu erda unga arte­riya va simpatik asab tolalar kiradi hamda venalar va chiqaruvchi limfatik tomirlar chiqadi. Limfa olib keluvchi tomirlar tugunning qarama-qarshi, bo‘rtib turgan tomonidan kiradi. Limfatik tugunlar limfotsitopoez a’zolar hisoblanadi. Ularning po‘stloq qismida va mag`iz moddasida V — va T — limfotsitlar hosil bo‘ladi va hujayralarning ko‘payishini rag`batlantiruvchi leykotsitar omil ishlab chiqiladi. Voyaga yetgan limfotsitlar tugunlarning sinusiga kelib tushadi va ulardan limfa bilan birga chiquvchi tomirlar orqali chiqariladi. Tutamlar to‘siqli — filtr vazifasini ham bajaradi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling