O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet108/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Immunitet. Odam va hayvonlar organizmiga kasalliklar paydo qiladigan mikroblar va ularning zaharli mahsulotlari kirganda, ularning ichki muhitini o‘zgartiradi. Natijada, organizm ushbu o`zgarishga javoban bir qancha himoya mexanizmlarini ishga tushiradi va zarar beruvchi omillarning ta’siri yo‘qatiladi yoki kamaytiriladi, oxir oqibatda organizmning normal holati tiklanadi. Organizmning bunday o‘z-o‘zini himoya qilish xususiyati immunitet deb ataladi va uning mexanizmlari ham MAT tomonidan boshqariladi.
Immunitetning tabiiy va orttirilgan turlari mavjud. Tabiiy yoki tug`ma immunitet nasldan-naslga beriladigan turga mansub belgidan iborat bo‘lib, uning yordamida organizmga ba’zi bir yuqumli kasalliklar yuqmaydi. Orttirilgan immunitet, organizm yuqumli kasallik bilan og`rigandan keyin yoki emlash oqibatida vujudga keladi va u, faol va sust ko‘rinishda bo‘ladi. Faol immunitet yuqumli kasalliklar bilan og`rish natijasida paydo bo‘lsa, sust immunitet hayvon yoki odamni emlash oqibatida paydo bo‘ladi va uzoq muddat saqlanadi.
Shu bilan birga, organizmga turli begona oqsillar kirgan paytda, tarkibiy jixatdan qon zardobining ba’zi oqsillariga yaqin bo‘lgan moddalar — antitanalar paydo bo‘ladi. Bunday antitanalar faqatgina o‘zlarini hosil qilgan moddalargagina ta’sir qiladi. Ularni hosil qiladigan moddalarni antigen deyiladi. Yallig`lanish ham organizmning turli ta`sirlar oqibatida vujudga kelgan kasalliklarga nisbatan murakkab javob reaksiyasi bo‘lib, himoya vazifasini o`taydi. Bu jarayonda MAT ning roli kattadir.
5. Qon guruhlari. Rezus omil.


Qon guruhlari. Eritrotsitlarning bir-biriga yopishib ruj bo‘lib qolishini agglyutinatsiya deyiladi. Bujarayon antigen bilan antita­na o‘rtasidagi reaksiya natijasidir. Eritrotsitlarning membranasiga bog‘langan agglyutinogenlar antigen rolini bajaradi, qon plazmasidagi agglyutininlar antitana sifatida agglyutinatsiya reaksiyasida ishtirok etadi.
Agglyutinogenlar o‘ziga xos aminokislotali polisaxarid majmuasidan iborat, agglyutininlar esa qonning alfa-globulin oqsil fraksiyasidir. Agglyutinatsiya reaksiyasi ro‘y berganda 1 molekula agglyutinin ikki eritrotsitni bir-biriga bog‘laydi. Bu eritrotsitlarga boshqa eritrotsitlar yana qo‘shilib guj bo‘lib qoladi. Odamning qonida o‘z eritrotsitlariga qarshi agglyutinin bo‘lmaydi. Har qaysi odamning qonida o‘ziga xos eritrotsilar agglyutinogenlar to‘plami bor. Odamning konida 400 dan ortiq, agglyutinogenlar topilgan bo‘lib, ulardan 30 ga yaqini ko‘proq uchraydi. Klinika uchun AVO va QN (rezus) agglyutinogenlar tizimi katta ahamiyatga ega.
Avstraliyalik olim Q Landshteyner (1901) va chex olimi YA. Yanskiy (1903) qonning guruhlarga bo‘linishini kashf etdilar va ularni o‘rganib AVO tizimi mavjudligini ko`rsatib, odam eritrotsitlarini antigen xususiyatlariga ko‘ra 4 guruhga bo‘ldilar: O (I) guruh eritrotsitlarda A, Vantigen (agglyutinogen) yuq. Ammo bu odamlarning qonida anti-A va anti-V antitanalar bor. Bu antitanalar alfa va beta-agglyutinindir; A (II) guruh eritrotsitlarida A-agglyutinogen, plazmasida beta agglyutinin uchraydi; V (III) gurux eritrotsitlarida V — agglyutinogen, plazmasida beta-agglyutinin uchraydi; AV (IV) guruh eritrotsitlarida A-agglyutinogen va V- agglyutinogen bor, ammo plazmasida alfa-agglyutinin uchramaydi.
Ko‘pchilik odamlarning (85 %) eritrotsitlarida yana bir omil topilgan. Uni birinchi marta Q Landshteyner va I. Viner 1940 yili makasus rezus maymunning qonidan topishgan va rezus-omil deb atashgan. Unga ega bo‘lgan odamning qoni — rezus-musbat qonni, mazkur omili bo‘lmagan rezus-manfiy qonga quyilsa, rezus-manfiy odamning qonida antirezus agglyutininlar hosil bo‘ladi. Qoni re­zus-manfiy odamga, rezus-musbat qoni ikkinchi marta quyilsa, Rh+ musbat eritrotsitlar antirezus agglyutinin ta’sirida agglyutatsiyaga uchraydi, kichik qon tomirlariga tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug`diradi.
Rezus-omil bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi ko`ngilsiz axvol, ona bilan homila o‘rtasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol xomilador bo‘lsa (bunday nikoxlarning ehtimolligi 50 % ga yaqin), xomilaga rezus-omil otasidan o`tishi mumkin. Uning eritrotsitlaridagi re­zus-omil (antigen) yo`ldosh orqali ona qoniga o‘tadi. Rezus-omilga qarshi ona qonida anti-rezus-agglyutininlar paydo bo‘ladi. Ular ham yo`ldosh orqali xomila qoniga o‘tadi va xomila eritrotsitlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. Agar antirezus agglyutininlar miqdori yuqori bo‘lsa, bu jarayon kuchayib ketib, xomilani xalokatga olib kelishi mumkin. Rezus-mos kelmaslik uncha kuchli bulmasa, gemoliz natijasida bola sariq bo‘lib tug`iladi. Uning terisini va shilliq pardalarini gemoglobindan paydo bo‘lgan ko‘p miqdordagi billirubin shu rangga bo‘yaydi. Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush ko‘rsa, bu holatini oldini olish choralarini yo`qotish kerak.


  1. Download 1.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling