O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Ekstrakardial boshkaruv mexanizmlari. Yurak ishini boshqarishda MAT dan sayyor va simpatik asablar orqali keladigan impulslar yetakchi rol o`ynaydi. Bu impulslar yurak urishini chastotasi (xronotrop ta’sir), kuchi (inotrop ta’sir) va o‘tkazuvchanligini (dromotrop ta’sir) o‘zgartirishi mumkin
Simpatik asablar atrioventrikulyar o‘tkazishni tezlashtiradi, bo`lmachalar va me’dachalar qisqarishi o‘rtasidagi intervalni kamaytiradi. Buni — musbat dromotrop samara deb ataladi. Sayyor asablar ta’siri ostida manfiy dromotrop samara vujudga keladi. Yurak qo‘zgaluvchanligi qaysi bir sababdan pasaygan bo‘lsa, simpatik tolalar uni oshiradi va buni musbat batmotrop deb hisoblasa bo‘ladi. Yurakka sayyor va simpatik asablarning tonik ta’siri mavjud bo‘lib, ko‘pchilik sut emizuvchilarda, jumladan odamlarda xam me’dachalar faoliyatini faqat simpatik asab nazorat qiladi. Bo‘lmachalar va sinoatrial tugunlar esa simpatik va sayyor asablar doim aptogonist ta’sir o‘tkazib turadi. Bu antogonizm asablarni jarroxlik yoki farmakologik yo`l bilan qirqilganda yoki ta’sir qilinganda namoyon bo‘ladi. Parasimpatik asabning ta’siri yo‘qotilganda yurakning urish sonlari 40-50 % tezlashadi. Simpatik asablar ta’siri yo‘qotilsa, yurak urish sezilarli darajada siyraklashadi. Simpatik va parasimpatik asablarning yurakka o‘tkazadigan doimiy ta’siri ularning tonusi deb ataladi. Mutlaqo denervatsiya qilingan yurakning urish chastotasi, tinch holatdaga mo’tadil yurakning chastotasidan yuqori. Bu xolat, parasimpatik asab tonusini simpatik asab tonusidan ustunligini ko‘rsatadi. Yurak faoliyatipi boshqarishda gipotalamusning ishtiroki muhimdir, orqa va uzunchoq miyadan tashqari (sayyor asab markazi va simpatik markazlardan tashqari), gipotalamik markazlar ham nazorat qilib turadi. Gipotalamusning ma’lum soxalarini rag`batlantirish yurak faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar yurakning urish tezligini ortishi yoki kamayishi, chap me’dachaning qisqarish kuchini oshishi yoki kamayishi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Paraventrikulyar, ventromedial, preoptik yadrolar va kapillyar tana yurak faoliyatini boshqarishda bevosita ishtirok etadigan gipotalamik yadrolarga kiradi. Gipotalamus — integrativ markaz bo‘lgani tufayli, barcha faoliyatlarni, jumladan yurak faoliyatini ham organizmning har zumdagi ehtiyojlariga, xatti harakatlariga moslashishini ta’minlaydi. Bu vazifani bajarishda gipotalamusga limbiktizim va katta yarim sharlar po‘stlog`i uzluksiz ta’sir ko‘rsatib turadi. Bosh miya po‘stlog`ining yurak faoliyatiga ta’sirini o‘rganishda, bosh miya po‘stlog`i ruxiy faoliyatlar a’zosi ekanligi e’tiborga olinishi zarur. Ruhiy xolatning o‘zgarishi (quvonch, qo‘rqish, hayajonlanish, g`azablanish, hujum qilish, himoyalanish) visseral faoliyatlarning o‘zgarishini talab qiladi va bu o‘zgarishlarning sababchisi bo‘ladi. Odam qo‘rqqanida yoki quvonganida yurak dukkillab urib ketadi va miya po‘stlogi gipotalamo-gipofizar tizimni va buyrak usti bezlarining mag`iz qismini faollaydi. Bir tomondan yurakka simpatik tizim ta’siri kutadi, ikkinchi tomondan qonda adrenalin va noradrenalinning miqdorlari oshadi, natijada yurakning urish sonlari va qisqarish kuchi ortadi. Yurak faoliyatini o‘zgartiruvchi Shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi ham, miya po`stlog`ini, bu faoliyatning boshqarilishida ishtirok qilishidan dalolat beradi. Bunday reflekslar, kundalik hayotimizda ham hosil bo‘lib turadi, masalan, musobaqalarda ko‘p ishtirok qilgan sportchilarning yuragi ular startga chiqishi bilanoq zo‘rikib ura boshlaydi. Yurak faoliyatining bu xildagi Shartli reflektor o‘zgarishi, organizmni bo‘lajak faoliyatga (yugurishga) oldindan tayyorlaydi. Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishida ko‘pchilik biologik faol moddalar, asosan gormonlar va ba’zi kationlar ishtirok qiladi. Bunda adrenalin juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, buyrak usti bezlaridan qonga o‘tar ekan, hayajonlanish, jismoniy va ruhiy zo`rikish jarayonlari tezlashali. Gormon, kardiomiotsitlarning beta-adrenoretseptorlariga ta’sir kilib, hujayraning adenilatsiklaza enzimini faollaydi. Natijada, faol bo‘lmagan fosforilazani faol holatga o‘tishi uchun zarur bo‘lgan sAMF hosil bo‘lishi tezlashadi. Fosforilaza esa, glikogenni glyukozaga parchalab, miokardni energiya manbai bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, adrenalin ta’sirida membranalarning kalsiy uchun o‘tkazuvchanligini tezlashtiradi. Me’da osti bezi garmoni bo‘lgan glyukogon ham, adenilatsiklazani faollashtirib, yurakning qisqarish kuchini ko‘paytiradi. Yana bir talay peptid va aminlar (kortikosteroidlar, angiotenzin, serotonin) yurakka musbat inatrop ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez gormonlari simpatik asab tizimining qo`zaluvchanligini oshirib, yurakning urish sonlarini ko‘paytiradi. Yurak atrofidagi muhitning ion tarkibini o‘zgarishi ham uning faoliyatini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Ajratib olingan yurakni kaliy kationiga boy eritmaga solib qo‘yilsa, uning qo‘zg`aluvchanligi va o‘tkazuvchanligi pasayadi, tolalari bo‘shashib, cho‘zilib ketadi, yurak diastola holatida to‘xtaydi. Kaliy kationining kamayishi aritmiya paydo qiladi. Kalsiy kationi ko‘p bo‘lsa, avval yurak qisqarishlari kuchayadi, keyin esa yurak sistolada to‘xtab qoladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling