O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Tomirlar tarangligi va ularning asab va gumoral yo‘l bilan boshqarilishi
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
5.Tomirlar tarangligi va ularning asab va gumoral yo‘l bilan boshqarilishi.
Qon aylanishining boshqarilishi. Umurtqasiz hayvonlar organizmida sirkulyasiya qiluvchi suyuqliklar bosimini va oqimini boshqarish to‘g`risida ma’lumot juda kam. Hasharotlar turining juda ko‘pligiga qaramasdan, ularning tomirlar tizimini boshqarish haqida deyarli xech narsa ma’lum emas. Baliqlardagi vazomotor boshqarish kam o‘rganilgan. Ularning ko‘pchilik periferik qon tomirlari simpatik asablarga ega, lekin bu asablarning ayrimlari aslida atsetilxolin ajratadi. Atsetilxolin sut emizuvchilarda qon tomirlarni kengaytirish qobiliyatiga ega bo‘lsa, baliqlarda esa, aksincha, periferik qarshilikni ko‘paytirib, bosimni orttirish an’anasi topilgan. Filogenezda gemodinamikani reflektorli boshqarilishi uchun asos amfibiyalarda namoyon bo‘lgan. U mohiyati bo`yicha, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilardagidek sodir bo‘ladi. Qon almashinishni boshqarish mexanizmlari Shartli ravishda mahalliy (periferik yoki regional) va markaziy neyrogumoral mexanizmlarga bo‘linadi. Birinchisi, a’zo va to‘qimalardagi qon oqimini ularning funksiyasiga va metabolizmning jadalligiga mos ravishda boshqarsa, ikkinchisi — organizmning umumiy adaptiv reaksiyalari paytida tizimli gemodinamikani boshqaradi. Mahalliy boshqarish mexanizmlari organizmning muayyan qismlarida qon oqimining miqdori bo‘lib, bu miqdorni a’zolarning qonga bo‘lgan talabiga moslashuvi asosan tomirlar diametrini o‘zgartirish va qon oqimiga qarshilikni boshqarish yo`li bilan ta’minlanadi. Periferik qon tomirlarda qon oqimining o‘zgarishi o‘sha joyning o‘zida vujudga keladigan (maxalliy) mexanizmlar yordamida, asab va gumoral yo`l bilan ro`yobga chiqadi asab va gumoral omillardan boshqa, periferik qon aylanishining metabolik yo`l bilan, o‘z-o‘zidan boshqarilishining ahamiyati katta. Qonda kislorodning miqdorini kamayishi periferik tomirlarni (arteriolalarni) kengaytiradi. Tabiiy sharoitda modda almashinuvining va kislorod sarfining kuchayishi a’zolarning faolligi oshganda kuzatiladi. Faolligi oshgan to‘qimalarda, miqdori ko‘payadigan metabolik moddalarning ko‘pchiligi, masalan karbonat angidrid, vodorod, piruvat, ADF, AMF, adenozin tomirlarni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega. Ularning ta’siri mikrotsirkulyator tomirlarda yaqqol bilinadi. Mahalliy qon oqimini boshqarishda ba’zi biologik faol moddalarning, masalan,kininlar, gistamin, adrenalin va noradrenalinning ahamiyati nihoyatda katta. Hazm tizimi bezlari ko‘zg`alib, shira ishlab chiqara boshlaganda qon tomirlar kengayadi. Bu, asosan bez hujayralari ishlab chiqaradigan kininlarni samarasi hisoblanadi. Masalan, bez hujayralari kallikrein deb ataladigan enzimni ishlab chiqaradi. Bu enzim plazmaning alfa-globulinni parchalab, polipetid kallidin paydo bo‘lishiga olib keladi. Kallidin va bradikininga aylanadi. Kallidin va bradikinin tomirni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega. Gistamin asosan teri va shilliq pardalar va boshqa hujayralardan ajralib chiqib erkin holatga o‘tadi. Gistamin arteriola va venulalarni kengaytiradi, kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanligini oshiradi. Adrenalin va noradrenalin, buyrak usti bezlarining mag`iz kismida oz miqdorda, uzluksiz ishlab chiqariladi. Bu gormonlar hamma tomirlarning silliq mushaklariga ta’sir qiladi. Noradrenalin, asosan tomirlarni toraytiradigan asablarning mediatori sifatida xizmat qilsa, adrenalin gormon rolili bajaradi. Buyrak usti bezidan ajraladigan katexolaminlarning 80 % adreialinga, 20 % noradrenalinga to‘g`ri keladi. Vaziyatning turli o‘zgarishlari, masalan qo‘rqish, g`azablanish va boshqalar katexolaminlarning qonga o‘tishini tezlashtiradi. Adrenalin ba’zi tomirlarni toraytirib, ba’zilarini esa, aksincha kengaytiradi. Katexolaminlarning qon tomirlarni sillik mushaklariga ta’siridagi farqni, qon tomirlarda adrenoretseptorlarning ikki turi, ya’ni alfa-adrenoretseptor va beta-adrenoretseptorlar borligi bilan izoxlash mumkin. Alfa-retseptorlarning qo‘zg`alishi tomir mushaklarining qisqarishiga, tomirning torayishiga olib kelsa, beta-retseptorlarning qo‘zg`alishi tomirlarni kengaytirishga olib keladi. Noradrenalin ko‘proq alfa-adrenoreieptorlarga, adrenalin esa alfa — va beta-adreno retseptorlarga ta’sir qiladi. Ko‘pchilik qon tomirlarda retseptorlarning ikkala turi ham bor. Ammo ularning nisbati bir xil emas. Agar, qon tomirda alfa-adrenoretseptor ko‘proq bo‘lsa, aksincha kengaytiradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, beta-retseptorlarning qo‘zg`alish bo‘sag`asi alfa-retseptorlarnikiga qaraganda past. Demak qonda adrenalin mikdori fiziologik nuqtai nazardan kam bo‘lsa, u, faqat beta-retseptorlarni qo‘zg`atib, tomirlarni kengaytiradi. Qonda adrenalin ko‘payib ketsa, alfa-retseptorlar ham qo‘zg`aladi, natijada tomirlar torayadi. Bordiyu, alfa- va beta-retseptorlar birdan qo‘zg`alsa, alfa-retseptorlarning qo‘zg`alish samarasi ustun chiqadi, ya’ni tomir torayadi. Qon aylanishini boshqarishda mahalliy mexanizmlar bilan bir qatorda markaziy neyrogumoral boshqarishning ham roli muhimdir. A’zo va to‘qimalarni, ularning funksional holatiga mos ravishda qon bilan optimal ta’minlashga yurak-tomir tizimini moslashtiruvchi koordinatsiey aktlar, asab tizimi va gumoral omillarning faoliyati hisobiga amalga oshiriladi. Bu boshqaruv, o‘z ichiga sezuvchi, markaziy va efferent zvenolarni olgan murakkab mexanizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Efferent zveno asab va endokrin komponentlarga ega. Sezuvchan zveno qon tomirlarining innervatsiyasi daraxtsimon shoxlangan erkin asab uchlari ko‘rinishida bo‘ladi. Qon tomirlarining retseptorlari — angioretseptorlar, funksiyalariga ko‘ra, arterial bosimning o‘zgarishlariga javoban reaksiya qiluvchi baroretseptorlarga (pressoretseptorlarga) va qonning kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga javoban reaksiya qiluvchi xemoretseptorlarga bo‘linadi. Baroretseptor reflekslar ko‘krak qafasidagi tomirlar va bo‘yin arteriyalari devorida juda ko‘plab joylashgan bo‘lib, qon bosimi oshib, tomirlar devori cho‘zilganda ular qo‘zg`aladi. Eng muhim baroretseptorlarga aorta ravog`i, karotid sinus va o‘pka arteriyasi kiradi. Aorta ravog`ida joylashgan retseptorlardan markazga intiluvchi chap depressor asab boshlanadi, karotid sinus retseptorlarini til-halqum asabining tarkibidagi sinokarotid asab MAT bilan bog‘laydi. Baroretseptorlarda hosil bo`lgan afferent impulslar uzunchoq miyaning kardioingibitorida hosil bo‘lgan harakatlantiruvchi markazlariga etib boradi. Bu impulslar simpatik markazlarni tormozlab, parasimpatik tolalar tonusini pasaytirib, yurak urushining sonlari va kuchini kamaytiradi. Baroretseptorlarni me’yoriy arterial bosim ham ta’sirlab turadi, ularga MAT ga boradigan impulslar uzluksiz ravishda depressor ta’sir ko‘rsatadi. Qon bosimi ko‘tarilganda baroretseptorlaridan MAT ga intiluvchi impulslar soni oshadi, tomirlarni harakatlantiruvchi markazning tormozlanishi kuchayadi. Natijada, tomirlar yana ham kengayadi. Rezistiv tomirlarning kengayishi umumiy periferik qarshilikni kamaytiradi,sig`imli tomirlarning kengayishi tomirlar sig`imli oshishiga olib keladi. Bularning har ikkalasi ham qon bosimining pasayishiga olib keladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling