O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Birinchi sаvоl bаyоni
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr: qo’zg’aluvchanlik, ta’sirlanuvchanlik, labillik, tinchlik va harakat potensiali.
Mаvzugа оid muаmmоlаr: 1. Hayvonlar qo’zg’aluvchan to’qimalarining fiziologik xususiyatlari? 2. Umurtqasiz va umurtqali haqvonlar qo’zgaluvchan to’qimalari o’rtasidagi o’xshash va farqli taraflar? 1- sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga qo’zg’alivchanlik vа qo’zg’alish hаqidа mа’lumоtlаr bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Qo’zgaluvchan to’qimalarni аytib bеrа оlаdi. 1.2. Qo’zgaluvchan to’qimalarni boshqa to’qimalar bilan aloqasini tushuntirib bera oladi. Birinchi sаvоl bаyоni Ba’zi hujayra va to’qimalar (asab, mushak, bez to’qimalari) turli taassurotlarga tez reaksiya ko’rsatishga mahsus moslashgan. Bunday hujayra va to’qimalar qo’zg’aluvchan deb ataladi, ularning taassurotga qo’zg’alish bilan javob qaytarish qobiliyati esa qo’zg’aluvchanlik deb yuritiladi. Ta’sirlovchining qo’zg’alishiga sabab bo’ladigan minimal kuchi qo’zg’aluvchaniik o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Taassurotning shu minimal kuchi taassurot bo’sag’asi deb ataladi. Reaksiyalarni yuzaga chiqarish uchun zarur taassurotning minimal kuchi qancha katta bo’lsa, ya’ni taassurot bo’sag’asi qancha yuqori bo’lsa, qo’zg’aluvchanlik o’shancha tezroq paydo bo’ladi va aksincha, taassurot bo’sag’asi qancha past bo’lsa, qo’zg’aluvchanlik o’shancha kechroq paydo bo’ladi. Qo’zg’aluvchan hujayralar uchun ta’sirlovchilarning ta’siriga o’ziga xos javob beradigan qobiliyati bor, ularda maxsus fiziologik jarayon -qo’zg’alish ro’y beradi. Qo’zg’alish fizikaviy va kimyoviy jarayonlar va funksional o’zgarishlar yig’indisida namoyon bo’ladigan murakkab to’lqinsimon biologik reaksiyadir. Qo’zg’alish jarayonida hujayra membranasining bioelektrik jarayonlari o’zgaradi, hujayra fiziolgik tinchlik holatidan shu hujayraga xos fiziologik faol holatiga o’tadi: mushak qisqaradi, bez hujayrasi sekret chiqaradi, asab impulslari paydo bo’ladi. Qo’zg’aluvchan hujaylarda uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o’rtasida, ya’ni hujayra membrananing ikkala tomonida biopotensiallari doim farq qiladi. Hujayra membranasi shu tariqa qutblangan (polarizalsiyalangan) - ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli. Shu potensiallar farqini membrana potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o’n millivoltga mos keladi. Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta’sirlanuvchan bo’ladi, ya’ni tashqi muhit ta’sir etganda yoki holati buzilganda o’z strukturasini o’zgartirish, aktiv faoliyat ko’rsatish, bu faoliyatni kuchaytirish yoki susaytirish bilan javob beradi. Turli ta’sirlarga javoban organizm va hujayralari strukturasining o’zgarishini biologik reaksiyalar, ularni vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta’sirlarni esa ta’sirlovchi yoki stimullar deb yuritishadi. Tashqi muhitning yoki organizm ichki holatining har qanday o’zgarishi yetarlicha katta bo’lsa, u yetarlicha tez ro’y bergan bo’lsa va uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki butun organizmnuig ta’sirlovchisi bo’la oladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling