Termoretseptorlar adaptasiyasi. Haroratning muayyan diapazonida sovuq retseptorlar ham, issiq retseptorlari ham impulslarning doimiy razryadini beradi. Masalan, tilning sovuq retseptoridan boshlangan afferent asab tolasidagi harakat patensiallarini qayd qilish tajribasi 38"C da impulslar tezligi bir soniyada 5 ekanligini ko’rsatadi. 30°C haroratda impulslar tezligi bir soniyaga 10-12 ga teng bo’ladi. Pastroq haroratda impulslar tezligi kamayadi va 10"C da sovuq retseptorlaridan afferent impulslar kelishi to’xtaydi. Issiq retseptorlaridan boshlanuvchi tolalarda impulslar tezligi 37,5-40°C haroratda bir soniyada 1,5-3.5 ga teng. Teri yoki til yuzasi tezligi bilan 2" sovuganda sovuq retseptoridan keluvchi asab tolasidagi impulslar tezligi 50-140 impuls/soniyani tashkil qiladi, bu tezlik keyinchalik siyraklanib qoladi. Qattiq isitishda issiq retseptoridan impuls tashuvchi tolada ham impulslarning tez-tez razryadlari vujudga keladi, adaptatsiya tufayli bu razryadlar tez siyraklanib yana qisqa muddatli tez-tez zaryadlar paydo bo‘ladi (uzilish samarasi).
Harorat sezgilarining jadalligi bir qancha sabablarga, jumladan ta’sirlanish joyiga, ta’sirlanuvchi yuzaning kattaligiga va tevarak-atrofdagi haroratga bog’liq. Masalan, qo’lni 27°C gacha isitilgan suvga tiqib, 24-25°C haroratli suvga ko’chirilsa sovuq sezgisi kelib chiqadi. Qo’l 34°C isitilgan suvda turgan bo’lsa, 31o C gacha isitilgan suv sovuq bo’lib quyiladi (harorat kontrasti).
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Termoretseptorlar qanday guruhlarga bo’linadi?
2. Termoretseptorlarning qanday xossalari mavjud?
3. Termoretseptorlarning adaptatsiyasini izohlab bering.
7-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga taktil va bosim resepsiyasi hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Taktil va bosim reseptorlarining odam organizmida joylashgan joyini izohlab bera oladi.
1.2. Taktil va bosim retsepsiyasining aniqlash usulini tushuntirib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |