O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Fanni o’qitishning vazifalari
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondoshuv.
- Dialogik yondoshuv.
- Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish .
- Мuammoli ta’lim.
- Ахborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarni qo’llash.
- O’qitish metodlari va texnikasi.
Fanni o’qitishning vazifalari. Maqsadni amalgam oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxasislik faoliyati bilan bog’liq o’qish masalalaridan kelib chiqqan holda yondashishga e’tibor qaratishni amalgam oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi. Tizimli yondoshuv. Тa’lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligini bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni оchishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tadbiq etilishiga sharoit yaratadi. Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish . Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishga erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Тa’lim jarayonida “ sub’ekt-sub’ekt ” munosabatlari tarkib topadi. Мuammoli ta’lim. Тa’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, аmaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Мuammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga yechim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o’rgatiladi. Ахborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarni qo’llash. hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’g’ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko’nikmalarini hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi. O’qitish metodlari va texnikasi. Ма’ruza (kirish, маvzuga oid viziyallash), мuammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar, loyiha va amaliy ishlash usullari. Interfaol metodlarni mavzu mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi. O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (darslik, ма’ruza маtni, ko’rgazmali qurollar , хаrita va boshqalar) bilan bir qatorda axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari keng ko’lamda tadbiq etiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling