Dahliz endolimfa bilan to’la. Bu suyuqlikda otolitlar yoki statolitlar deb ataladigan maxsus tuzilmalar bor, ular kalsiy fosfat tuzlaridan iborat. Gavda vaziyati o’zgarganda, jumladan boshning vaziyati o’zgarganda dahliz retseptorlardagi statolitlarning vaziyati o’zgaradi. Bu retseptorlar eshituv asabining vestibular tolalari bilan bog’langan.
Statolitlarning bosim darajasi o’zgarganda retseptorlar ta’sirlanib, qo’zg’alish bilan javob beradi. Dahliz retseptorlarning qo’zg’alishi natijasida ayrim mushak guruhlarining tonusi refleks yo’li bilan o’zgaradi.
Yarim halqa kanallar uchta bo’lib, o’zaro perpendikular uch tekislikda turadi. Har bir kanalning uchi kengayib, yo’g’on tortadi, ampula deb shuni aytiladi. Ampulada maxsus tuzilmalar bor. Eshituv asabining vestibular tolalari shu yerda tugaydi. Endolimfa aylanma harakat qilganda o’zining inertligi va yopishqoqligi tufayli yarim halqa kanallarning devorchalaridan bir muncha uzoqlashadi, shuning natijasida retseptorlarning bosilishi o’zgaradi. Endolimfa bosimining o`zgarish darajasi vestibular asabning retseptoriga ta’sir etadi. Vestibular apparatdagi retseptorlar qo’zg’alganda bir qancha reflektor reaksiyalar kelib chiqadi. Tana, qo’l-oyoq, bo’yin va ko’z mushaklarining tonusi refleks yo’li bilan o’zgaradi, ularning qisqarishi tufayli bosh muayyan vaziyatda tutiladi va butun tana vaziyati o’zgaradi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Eshituv va muvozanat analizatori haqida ma’lumot bering.
Tovush signallarning fizik tavsifi.
Eshituv sezgilarning paydo bo’lishi qanday amalga oshiriladi?
Vestibular apparat nima? Tana vaziyati va harakatlari qanday seziladi?
11-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ko’ruv analizatori hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Ko’ruv analizatorining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Ko’ruv analizatorining fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |