O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Bolg’acha dastasi bilan nog’ora pardaga, boshchasi bilan sandonga tushayotgan bo’ladi. Sandon o’


Download 1.65 Mb.
bet71/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Bolg’acha dastasi bilan nog’ora pardaga, boshchasi bilan sandonga tushayotgan bo’ladi. Sandon o’sig’i bilan uzangiga tutashadi. Bu suyaklar odamning butun hayoti davomida o’smaydi. O’rta quloqdagi mayda mushaklar qisqarishi bilan suyakchalar harakatga kelib, tovush to’lqinlarini ichki quloqqa o’tkazadi.
Ichki quloq labirint murakkab tuzilgan bo‘lib, eshituv analizatorining eng muhim qismidir. Ichki quloqda eshitish va vestibular apparatning retseptorlari joylashgan. Vestibular apparat retseptorlari odam kallasining va butun tanasining o’zgarishidan hosil bo’ladigan ta’sirni, proprioretseptiv retseptorlardan kelayotgan ta’sirni sezadi.
Ichki quloq, ya’ni labirint uch qismdan: quloq dahlizi, yarim aylana kanallar va chig’anoqdan iborat. Labirint murakkab tuzilgan bo’lib, parda labirint va suyak labirintdan iborat. Suyak labirint tashqarisida perelimfa, parda labirint ichida endolimfa suyuqliklari bo’ladi. Labirint dahlizi oval shakldagi bo’shliq bo’lib, yettita teshigi bor. Ovalsimon teshik bilan o’rta quloqqa yumaloq teshik bilan chig’anoqqa va qolgan 5 ta teshik bilan yarim doira kanallarga birikadi. Yarim aylana kanallar endolimfa suyuqligi bilan to’la, ichida otolit toshlari bo’ladi.
Chig’anoq-shilliq qurt chig’anog’iga o’xshash gajakdor suyak kanaldir. Chig’anoqning 2, 1/2 buramasi bor. Uning ichida Kortiy a’zo turadi. Kortiy a’zo tovushni sezadigan a’zodir. Eshituv asabining shoxchalari shu a’zoda joylashgan. Kortiy a’zo ko’pgina ingichka tolalardan iborat. Bu tolalar arfa degan musiqa asbobining tolalariga o’xshash tortilgandir. Har bir tola eshituv asabining tolalariga tutashgan. Kortiy a’zoning tolalari 24000 ta bo’ladi.
Tana vaziyatini va harakatlarini sezish
Tana yoki undagi ayrim qismlarning fazodagi vaziyatini bilish uchun odam avvalo ko’zidan foydalanadi. Ammo, bunda ko’ruv a’zoning qatnashishi shart emas. Odam ko’rmasdan, ya’ni ko’zini yumib turib ham o’zining tana vaziyatini biladi. Ko’zdan qolgan kishilar o’z tanasining vaziyatini bemalol va bexato biladilar. Buning sababi shuki, tana yoki undagi qismlarning vaziyati teridagi bosh retseptortari va mushak, bo’g’im, paylardagi proprioretseptorlar bilan seziladi.
Tanamizning qanday bo’lmasin bir qismining vaziyati o’zgarganda (qo’l bukilganda, yozilganda yoki bir oz aylantirilganda) bir yoki bir necha bo’g’im siljiydi, muayyan mushak guruhlari taranglashadi va bo’shashadi, shuningdek terining tarangligi ham o’zgaradi. Proprioretseptorlarning ta’sirlanishi natijasida markaziy asab tizimiga impulslar borib turishi tufayli gavda vaziyati bemalol bilinadi. Odam xoh o’tirgan bo’lsin, xoh yotgan bo’lsin, ko’zini yumib turib, o’zining vaziyatini bemalol aniqlay oladi. Buning sababi shuki, terining muayyan qismlaridagi bosimning o’zgarishi, mushak va paylarning taranglanish darajasi tana vaziyati haqida signal berib turadi.
Tananing vaziyatini va harakatini aniqlashda, shuningdek harakat tezligining o’zgarganini bilishda teri sezgisining retseptorlari bilan proprioretseptortardan tashqari vestibular apparatning faoliyati ham katta ro`l o’ynaydi. Bu apparat tananing fazodagi vaziyatini va harakatini sezish. shuningdek muvozanatni saqlash a’zosidir. Tana muvozanatining har bir o’zgarishi tufayli vestibular apparatning retseptorlari ta’sirlanadi, shuning oqibatida tanani rostlashga yordam beradigan muayyan mushak guruhlari refleks yo’li bilan qisqaradi yoki bo’shashadi.
Vestibular apparat ikki qismdan: dahliz va yarim doira kanallardan iborat.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling