O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet84/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

    1. Gipofiz bosh miyaning qaysi qismida joylashgan?

    2. Gipofiz va gipotalamus o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?

    3. Gipotalamo-gipofizar tizimni qanday qismlarga bo’lish mumkin?

3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga gipotalamo-neyrogipofizar va gipotalamo-adenogipofizar tizim hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Gipotalamo-neyrogipofizar va gipotalamo-adenogipofizar tizimni farqlay oladi.
1.2. Gipofiz gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntirib bera oladi.


Uchinchi sаvоl bаyоni
Gipotalamo-neyrogipofiz tizimi
Gipotalamo-neyrogipofizar tizimi gipotalamusning ikki guruh yadrolari-supraoptik va paraventrikular yadrolari bilan bog’lanib, katta neyrosekretor hujayralarni tashkil qiladi. Neyrosekret o’tkazuvchi va gipotalamo-gipofizar yo’lini tashkil etuvchi asab tolalari neyrogipofiz (gipofizning orqa bo’lagi) ga kiradi. Bu yadrolarning asab hujayralarida (neyronlarida) visserotrop gormonlarning sintezi o’tadi vazopressin yo antidiuretik gormon (ADG) va oksitosin hosil bo’ladi. Bu gormonlar 9 aminokislotalardan tashkil topib, nanopeptidlar deyiladi.
Gipotalamo-adenogipofiz tizimi.
Adenogipofizning gipotalamus tomonidan nazorat qilishi 40-50-yillarda G.Xarris portal(darvoza) qon aylanishi orqali gipotalanius bilan gipofiz o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatib berdi. Keyinchalik, bu g’oya rivojlanib, gipotalamus va gipofiz orasida funksional bog’lanishning borligi aniqlandi. Gipotalamusning gipofizotrop mintaqasida joylashgan kichik neyrosekretor hujayralarida peptidli gormonlar hosil bo’ladi, qaysiki adenogipofizning bez hujayralarini boshqaradi. Gipofizda gormonlarni sintez qiluvchi va ishlab chiqaruvchi gormonlar rilizing-gormonlar yoki liberinlar deyiladi. Bu jarayonni tormozlanuvchilar ingibitor-gormonlar yoki statinlar deyiladi.
Gipofizotrop mintaqasidan gormonlar adenogipofizga gipofizning darvoza venasi orqali kiradi. Gipotalamusning gipofizotrop gormonlariga quyidagilar kiradi (18-jadval).
18-jadval

Nomi

Qisqartirilgan nomi

Qaysi garmon ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi

I. Rilizning – gormonlar (liberinlar)

1.Tireotropin-rilizin gormon (tiroliberin)

TRG

Tireotrop gormon (TTG)

2.Luteinlovchi gormonning rilizing-gormoni (luliberin)

LG-RG

Gonadotrop gormonlar (GTT)

3.Kortikotropin-rilizin gormon (kortikoliberin)

KRG

Adrenokortikotrop gormon (AKTG)

4.O’sish gormonining rilizing gormoni (somatoliberin)

GR-RG

O’sish gormoni

5.Prolaktinning rilizing gormoni (prolaktoliberin)

PRL-RG

Prolaktin

6.Melanoshitlarni rag’batlantiruvchi gormonning-rilizing gormoni (melanoliberin)

MSG-RG

Melanotsitlarni rag`batlantiruvchi gormon

II. Ingibitor gormonlar (statinlar)

1.O’sish gormonining ingibitor omili (somatostatin)

GR-IG

O’sish gormoni

2.Prolaktinning ingibitor omili (prolaktostatin)

PRL-IG

Prolaktin

3. Melanostitlarni ragbatlantiruvchi gormonning ingibitor omili

MSG-IG

Melanostitlarni rag’batlantiruvchi gormon

19-jadval


Adenogipofiz ajratadigan gormonlar

Gormon va uni ajratadigan gipofiz bo’lagi

Kimyoviy tuzilishi

Ta’siri o’tadigan qurilma

Samarasi

Oldingi bo’lak
1.Adrenokortikotrop gopmon (AKTG)

Polipeptid

Buyrak usti bezining po’stloq qavati

Kortikisteroid gormonlar sintezini kuchaytirish

2. Prolaktin (PRL)

Oddiy oqsil

Sut bezlari va sariq tana

Sut ajralishini kuchaytiruvchi,sariq tana rivojlanishini ta’minlash

3.O’sish gormoni (somatotrop gormon)

Oddiy oqsil

Suyaklar mushaklar, yog’ to’qimasi

Tana o’sishini ta’minlash

4. Tireotrop gormon (TTG)

Glikoprotein

Qalqonsimon bez follikulalarini qoplovchi epiteliy

Tireoid gormonlar sintazini kuchaytirish

5.Follikulalarni stimullovchi gormon (FSG)

Glikoprotein

Tuhumdon follikulalari, urug’ kanalchalari

Jinsiy hujayralar rivojlanishini va yetilishini ta’minlash, jinsiy gormonlar sekretsiyasini boshqarish

6.Luteinlovchi gormon (LG)

Glikoprotein

Sariq tana, jinsiy bezlar

Sariq tana rivojlanishini va faoliyatini bosharish

Oraliq bo’lak
1.Melanositlarni stimullovchi gormon (MSG)

Polipeptid

Melanotsitlar

Terini qoraytirish




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling