O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- To’rtinchi sаvоl bаyоni Epifiz (g’uddasimon bez)
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Gipofizning qaysi bo’laklarini bilasiz? Gipofizning oldingi bo’lagida qaysi gormonlar hosil bo’ladi? Gipofizning orqa bo’lagida qaysi gormonlar hosil bo’ladi? Somatotropin gormonining ahamiyati nimadan iborat? Protaktin gormoni qaysi funksiyani bajaradi? Adenogipofiz gormonlarining fiziologik ro`li nimadan iborat? Vazopressin va oksitotsin gormoni nima uchun kerak. Adenogipofiz qanday boshqariladi? Neyrogipofizda qaysi gormonlar bo’ladi? 4-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga epifiz bezi va uning ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Epifiz bezining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi. 1.2. Epifiz bezi gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntirib bera oladi. To’rtinchi sаvоl bаyоni Epifiz (g’uddasimon bez) Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Uning diametri 3-4 mm, vazni 0,2 g. Unda ikkita gormon melatonin va glomerulotropin ishlab chiqariladi. Melatonin gipofizning oraliq bo’lagidan ajraladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, epifizdan ajraladigan gormon gipofizning gonadotrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog’atga yetish jarayonini susaytiradi. Glomerulotropin gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatida sintezlanadigan aldosteron gormon sekretsiyasini rag’batlantiradi. Ammo, bunday g’oya hamma tadqiqotchilar tomonidan tan olinmagan. Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog’atga yetish davri oldidan butunlay to’xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa, gipofizning gonadotrop funksiyasi kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog’atga yetish belgilari paydo bo’ladi. Epifiz ichki sekretsiyasi organizmning qorong’ida va yorug’da qancha vaqt bo’lishiga qarab o’zgaradi. Epifizda melatonin hosil bo’lishi yorug’da susayadi. Bir qancha hayvonlarda, jumladan qushlarda jinsiy faollikning mavsumiy xarakterda ekanligini shunga bog’lashadi, chunki bahorda va yozda kun uzayganidan melatonin kam ajraladi, shu vaqtda jinsiy faollik ortadi. Epifizda bir talay serotonin ham bor, serotonindan esa melatonin hosil bo’ladi. Yorug’lik ko’p tushgan paytda serotonin hosil bo’lish kuchayadi. Epifiz ichki sekretsiyasini simpatik asab tizimi boshqaradi. Bezdagi biokimyoviy jarayonlar sikli kun va tun almashinuvini aks ettirgani sababli, bu siklik faollikni organizmning o’ziga xos "biologik soat" deb hisoblashadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling