O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mag’iz qavati gormonlar hosil bo’lishining boshqarilishi
Noradrenalin adrenalinga nisbatan qarama-qarshi-mediator funksiyasini bajaradi, ya’ni qo’zg’aluvchan asab uchidan sekretsiya bo’lib, effektorlarga ta’sir etadi. Markaziy asab tizimida joylashgan neyronlarda qo’zg’alishni o’kazishi ham noradrenalin orqali amalga oshadi.
Mag’iz qavati gormonlar hosil bo’lishining boshqarilishi Mag’iz qavati gormonlarning hosil bo’lish mexanizmlari birinchi marta 1910-yilda M.N.Cheboksarev tomonidan o’rganilgan edi. Unga ko’ra, xromoffinositlarda adrenalin ishlab chiqishi simpatik asab tizimi faoliyaliga bog’liq, bu asab, ta’sirida adrenalin sekretsiyasi oshadi va agar simpatik tolalar qirqilsa, buyrak usti bezidan adrenalinning chiqishi keskin kamayadi. Bezning faoliyati bosh miya gipotalamusi faoliyati bilan ham bog’liq, chunki uning orqa guruh yadrolarida simpatik asab tizimining oliy markazlari joylashgan. Gipotalamus neyronlari ta’sirlanganda buyrak usi bezidan ko’p miqdorda adrenalin ishlab chiqiladi va uning miqdori oshib keladi. Shartli reflektor faoliyali usuli bilan adrenalin sekretsiyasining bosh miya po’stlog’i bilan aloqasi borligi aniqlangan. Jismoniy mehnat bajarish emotsional qo’zg’alish, organizmning sovushi va boshqa shunga o’xshash holatlarda adrenalin refleks yo’li bilan ko’proq ajralib chiqadi. Emotsional qo’zg’alishda buyrak usti bezlaridan adrenalin ko’p chiqishini U.Kennon aniqlagan. Vovillayotgan itni ko`rgan mushukning buyrak usti bezlari venalaridagi qonda adrenalin ko’payganini U.Kennon kuzatgan. Adrenalin sekretsiyasining ortishi odamning emotsional holatlarida ro’y beradigan bir qancha fiziologik o’zgarishlar mexanizmini tushuntirib beradi. Masalan, talabalar imtihon topshirayotgan vaqtda, sportchilar start oldidan musobaqa boshlanish signalini kutib turganda qondagi glukozaning ko’payishi va siydik bilan ko’plab chiqishi buyrak usti bezlaridan adrenalinning ko’p chiqish natijasidir. Bu dalil adrenalin sekretsiyasiga bosh miya markazlarining ta’sir etishidan guvohlik beradi. Qonda glukozaning kamayib ketishi buyrak usti bezlaridan adrenalin chiqishini kuchaytiradi. Masalan, hayvon organizmiga insulin yuborib gipoglikemiya vujudga keltirilsa, adrenalin sekretsiyasi kuchayadi, natijada jigardagi glikogen safarbar etilib, qondagi glukoza ko’payadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling