Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Qalqonsimon oldi bezi qaysi gormonni ishlab chiqaradi?
Paratgormonnig ta’sir etish mexanizmini tushuntirib bering.
Qalqonsimon oldi bezi faoliyati qanday boshqariladi?
7-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ayrisimon bez va uning ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Ayrisimon bezning anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Ayrisimon bez gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntira oladi.
Yettinchi sаvоl bаyоni
Ayrisimon bez
Ayrisimon bez bo’sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning vazni chaqaloqlarda 12g bo’lib, to balog’atga yetish davrigacha 14-15yoshgacha kattalashib, 30-40g ga yetadi. So’ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boshlaydi va u yog’ moddasiga aylanadi, 25yoshda bezning vazni 25g gacha kamayadi, 60yoshda 15g, 70yoshda 6g bo’ladi.
Ayrisimon bez-juft, pallali a’zo bo’lib, ikki andozasi bir xil bo’lmagan pallalarda iborat. Bu pallalar biriktiruvchi to’qima orqali o’zaro bog’langan. Ayrisimon bezning har bir pallasi yana pallachalarga bo’linib, ularda po’stloq va mag’iz qavatlari mavjud. Po’stloq qavati parenximalardan tashkil topgan, unda ko’p miqdorda limfotsitlar bo’ladi. Mag’iz qavatda esa epitelial va lipid hujayralari bor.
Bezning innervasiyasi parasimpatik (adashgan) va simpatik asablar orqali amalga oshadi. Bu tolalar pastki bo’yin va yuqori ko’krak simpatik tugunlaridan boshlanadi.
Ayrisimon bezning fiziologik ahamiyati
Oxirgi yillarda ayrisimon bez gormonlari va ularning fiziologik ahamiyati to’liq o’rganib chiqilgan. Bezda timozin, timopoetin, timus gormoni omili degan polipeptid tabiatli moddalar ishlanib chiqariladi.
Ayrisimon bezning immunitetiga katta ahamiyati o’rganilgan. U organizm immuniteti jarayonning boshqarilishida, antitelalarning hosil bo’lishida, limfotsitlarning rivojlanishi va taqsimlanishida hamda organizmning immun reaksiyalariga bevosita ishtirok etadi. Olimlarning fikricha suyak ko’migida hosil bo’luvchi birlamchi suyak hujayralari umumiy qon aylanish doirasi orqali ayrisimon bezga yetib boradi, bezda ular ko’payib, T-limfolsitlarga aylanadi. Bu limfositlar hujayra immunitetining rivojlanishi uchun javobgar ekanligi olimlar tomonidan taxmin qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |