O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Oltinchi sаvоl bаyоni Qalqonoldi yoki paratireoid bezi
- Paratireoid bezi gormonlari
- (paratireopriv tetaniya)
- gipoparatireoz
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Qalqonsimon bezi tuzilish xususiyatlari nimadan iborat? Qalqonsimon bezda qaysi gormonlar ishlab chiqiladi? Tiroksin va triyodotronin gormonlar qayerda va qanday sintez bo’ladi? Tiroksin gormonning fiziologik ahamiyati nimadan iborat? 6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga qalqonoldi bezi hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Qalqonoldi bezining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi. 1.2. Qalqonoldi bezi gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntira oladi. Oltinchi sаvоl bаyоni Qalqonoldi yoki paratireoid bezi Odamda to’rtta qalqonoldi yoki paratireoid bez bor, bulardan ikkitasi qalqonsimon bezning orqasida, qolgan ikkitasi esa qalqonsimon bezning pastki qutbida, ba’zan esa bez to’qimasida bo’ladi. Ular yapaloq oval tuzilmalar bo’lib, bo’yi 6-7 mm, eni 3-4 mm va qalinligi 1,5-2 mm. Bez to’qimasi qon va limfa tomirlariga boy.Qalqonoldi bezlarning umumiy massasi 100 mg ga teng. Paratireoid bezi gormonlari Paratireoid bez paratgormon va kalsitonin ishlab chiqadi. Paratgormon ba’zi adabiyotlarda paratirin deb ham ataladi. U bezning asosiy va oksifil hujayralarida sintez bo’ladi. Bezdan paratgormon to’g’ridan to’gri qonga o’tadi, organizmda kalsiy almashinuvini boshqaradi va qonda uning doimiyligini ta’minlaydi. Meyorda odam qonida 2.25-2.75 mmol/1 (9-11 mg%) kalsiy bo’ladi. Paratireoid bezining gipofunksiyasi (gipoparatireoz) da qonda kalsiyning miqdori kamayadi, bez faoliyati kuchaygan (giperparatireoz) da esa uning miqdori oshadi. Ma’lumki, organizmda kalsiy zaxira bo’ladigan a’zo-suyak to’qimasidir. Shuning uchun qonda va suyak to’qimasidagi kalsiy miqdorining orasida katta bog’lanish mavjud. Paratgormon suyaklarning ohaklanishi va dekalsifikasiya (ohakning suyakiarda zaxira bo’lishi va ulardan kalsiyning ajralib chiqishi) jarayonlarini boshqaradi. Kalsiy almashinuviga ta’sir etib, ayni holda paratgormon organizmda fosforning almashinuviga ham ta’sir yetkazib oladi. Paratgormon buyraklarda qayta so’rilish jarayonini susaytirib, siydik bilan fosfatlarni chiqarish jarayonini kuchaytiradi. Qalqonoldi bezlarning ishlamay qolish (gipoparatireoz) oqibatlari itlarning shu bezlarini olib tashlash tajribalarida o’rganilgan. Bezlar olib tashlangandan bir necha kun keyin skeletning barcha mushaklari dapqir-dapqir tirishib qisqaradi, ya’ni titraydi (paratireopriv tetaniya) bu holat asta-sekin kuchayib va tez- tez takrorlanib turadi. Paratireoid bezlar yo’qligi bora-bora o’limga olib keladi, buning bevosita sababi shuki, nafas mushaklarining tirishishi natijasida nafas buziladi. Paratireoid bezlar olib tashlangach titrashga mushaklarning o’zgarishi emas, balki markaziy asab tizimi holatining o’zgarishi sabab bo’ladi. Harakatlantiruvchi asablar kesilganda titramasligi shundan darak beradi. Paratireopriv tetaniya qonda kalsiyning kamayishi oqibatida yuz beradi. Paratireoid bezlari olib tashlangan hayvonlar organizmiga kalsiy tuzlari yuborilganda tetaniya paydo bo’lmasligi buning dalilidir. Tetaniyada jigarning sintetik funksiyalari ham buziladi. Qonda zaharli moddalardan ammoniy karbaminat paydo bo’ladi. Odamda paratireoid bezlar endokrin funksiyasining susayishi gipoparatireoz hayot davrida vujudga kelishi yoki tug’ma bo’lishi mumkin. Gipoparatireozda qondagi kalsiy miqdori kamayganidan markaziy asab tizimining qo’zg’aluvchanligi juda oshadi, natijada tetanik tirishishlar paydo bo’ladi. Paratireoid bezlar hiqildoqning yuqori asabidan innervasiya oladi. Qon plazmasidagi kalsiy konsentratsiyasi ichki muhitning eng aniq boshqariluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Qonda kalsiy kamayishi tufayli paratireoid bezlarning ichki sekretsiyasi kuchayadi va aksincha, kalsiy konsentratsiyasining ortishi oqibatida paratgormon sekretsiyasi susayadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling