O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Arterial tomirlarda qon bosimi. Qonning, kesilish darajasi bilan belgilanadigan, arteriyalar devoriga ko‘rsatadigan bosimi — arterial bosim deyiladi. Qon bosimini belgilaydigan omillarga — yurak faoliyati (qonni haydashi), tomirlar devorining cho‘zilishiga taranglik bilan qarshilik ko‘rsatish, qon oqimiga nisbatan periferik qarshiliklar yig`indisi, qonning yopishqoqligi va gidrostatik bosimi kabilar kiradi.
Arteriyalardagi qon bosimi o‘rtacha bir miqdordan ko‘tarilib tushib turadi, ya’ni doim bir xilda turmaydi. Har bir sistola vaqtida ma’lum miqdordagi qon arteriyalarga chiqib, ularning elastik cho‘zilishini oshiradi. Me’dachalar sistolasi vaqtida aorta va o‘pka arteriyasiga keladigan qon miqdori, ketadigan qon miqdoridan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ularda qon bosimi ko‘tariladi. Diastola vaqtida me’dachalardan arterial tizimga qon cho`kishi to‘xtaydi, yirik arteriyalardan esa qon oqishi davom etadi, arteriyalarning cho`zilishi kamayadi va qon bosimi pasayadi. Sistola natijasida arteriyalarda bosimning ko‘tarilishi sistolik bosimni ifodalaydi. O`rta yoshdagi odamning aortasidagi sistolik bosim 110-125 mm s.u. ga teng, arteriyaning oxirgi shoxlarida va arteriolalarda bu bosim 20-30 mm s.u. gacha pasayadi, chunki u, ushbu tomirlarning yuqori gidrodinamik qarshiligi bilan bog‘liqdir. Diastola vaqtida qon bosimining pasayishi esa, eng kam yoki diastolik bosimni ifodalaydi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim orasidagi farq ya’ni bosimning o‘zgarish amplitudasi — puls bosim deb ataladi. Sut emizuvchilar va qushlarning erkagida arterial bosim moddasinikiga nisbatan yuqori, tinch holatda yirik hayvonlarda bu bosim mayda hayvonlarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Arterial bosim sutka davomida o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish odamda 10 mm s.u. dan oshmaydi. Issiq qonli hayvonlarda hamda sovuqqonli hayvonlardan baqada, timsoxda, toshbaqada tana haroratining ortishi qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi. Sovuqqonli hayvonlar organizmida, issiqqonlilarga nisbatan, qon sust sirkulyatsiya qiladi va arterial bosim ham pastroq bo‘ladi. Baliqlarda bosim yurak qisqarishlari chastotasi bilan uzviy bog‘liqdir. Yurakka yaqin arteriyalarda puls bosimi eng yuqori bo‘lib, yurakdan uzoqlashgan sari pasaya boradi, ya’ni sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq asta-sekin kamayadi. Arteriola va kapillyarlarda qon bosimining puls to`lqinlari yuk ularda bosim turg`un bo‘ladi, sistola va diastola vaqtida o‘zgarmaydi. O‘rtacha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim orasidagi miqdor bo‘lib, qonning uzluksiz harakat energiyasini ifodalaydi. Periferik qarshilik — arterial bosimni belgilovchi ikkinchi omil bo‘lib, asosan prekapillyar tomirlar — mayda arteriyalar va arteriolalarning diametriga bogliq. Shuning uchun ham, ularni qarshilik (rezistiv) tomirlari deb ataladi. Arteriolalar silliq mushakli qalin devorga ega bo‘lib, o‘z bo‘shlig`ining hajmini oson o‘zgartiradi. Bo‘shliq hajmini torayishi arteriyalarda qonni ushlab qolinishiga olib kelali va mos ravishda, sistolik va diastolik bosimning ortishi kuzatiladi, natijada ushbu tomirlar tomonidan oziqlantiriladigan sohada mahalliy qon aylanishining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Arteriolalar bo‘shlig`ining kengayishi paytida esa reaksiyalarning yo`nalishi teskari tomonga o‘zgaradi. Tomirlarda sirkulyasiya qiluvchi qonning miqdori va yopishqoqligi arteriyadagi qon bosimini belgilovchi uchinchi omil bo‘lib, ko‘p qon yo`qotish qon bosimining pasayishiga va ko‘p qon quyish uni ortishiga olib keladi. Arterial bosim — yurakka venoz qonning oqib kelishiga bog‘lik, masalan mushaklarning ishlashi paytida. Bunda, Frank-Starling qonuniga binoan, qonning yurakka oqib kelishi sistolik qisqarishni kuchaytiradi va oqibatda, uni tomirlarga oqib chiqishini kuchaytiradi. Qon bosimini aniqlash ikki yo`l bilan amalga oshiriladi, birinchisi, to‘g`ridan-to‘gri, ya’ni hayvonlarda tajriba o‘tkazish paytida, ikkinchisi — bilvosita, ya’ni odamda qon bosimini o‘lchash paytida. Arterial bosimning ortishini — gipertenziya, pasayishini — gipotenziya deb atashadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling