O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Buqrotning birinchi ustozi uning otasi Geraklid bo’lgan


Download 1.65 Mb.
bet13/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Buqrotning birinchi ustozi uning otasi Geraklid bo’lgan. U Yunonistonda, Rimda, Kichik Osiyoda va Liviyada shifokorlik maktablarini o’tgan va uni insoniyat klinik tibbiyotining asoschisi sifatida tan olgan. Uning nomi bilan «Gippokrat qasami» shifokorlar orasida keng tarqalgan. Buqrotning shifokorlarga «Zarar keltirma» degan vasiyati hozirgi zamon tibbiyot xodimlariga ham taalluqlidir.
Turli hulq-atvor va hatti-harakatlarga ega bo’lgan odamlar mijozi bo’yicha Buqrot quyidagilarni yozgan: mijozi issiq odamlarni sangvinik- serharakat, ildam deb atagan. Vujudi sovuq, shilimshiq bo’lgan kishilarni flegmatik - «sovuqqon», vazmin mijozga ajratgan. Qiziqqon, serjahl kishilarni xolerik deb atagan va vujudi qora, qo’yilgan o’t ko’payib kelgan kishilar melanxoliklarni tashkil qilib, ular ivirsiydigan, o’ziga ishonmaganlardir.
Yunonistonda yashagan yirik olim, faylasuf Arastu tibbiyot fanlarining, tibbiy yo’nalishing rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. U solishtirish usulidan foydalanib, hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvifladi va yangi ma’lumotlar berdi. Arastu asabni bir-biridan farq qiladi, yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o’zaro bog’liqligini bayon etdi. U tabiatshunoslikda vitalistik nazariyaning birinchi vakillaridan bo’lgan olimdir. Arastuning ilmiy qarashlarida ruh birlamchi, materiya ikkilamchi degan fikrlarni ham ilgari surdi. Arastu, Buqrot va boshqa ba’zi olimlarning tabiatshunoslikga oid ayrim noto’g’ri fikrlari bir necha yuz yillar mobaynida o’z kuchini saqlab keldi.
Jolinus Hakim (Kladviy Galen, 129-201) hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o’rganib, arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini, birinchi bo’lib isbotlagan. Jolinus qonning tomirlarda to’xtovsiz aylanishini bilmagan. U «xom» qon jigarda hosil bo’lib, yurakning o’ng tomoniga keladi va qorinchalar o’rtasidagi teshik orqali chap tomonga o’tib, qon tomirlar bo’ylab ichki a’zolarda tarqaladi. deb o’ylagan. Jolinusning qon harakati to’g’risidagi bu xato g’oyatari o’rta asrlargacha hukmron bo’lib keldi. Jolinus organizm tuzilishi va funksiyasini aniq bilmay turib, kasallikni aniqlash, bemorni davolash mumkin emasligini yaxshi bilar edi.Tabiat fanlari va tibbiyotga tajribani kiritish Jolinusning buyuk xizmatlaridan biridir. U bosh va orqa miya faoliyatini tekshirib, odamning ruhiy xusuiyatlari bosh miya faoliyatiga bog’liq bo’lishini aytgan.
O’rta asrlar davomida Sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Xurosonda yashab ijod etgan tabib va dorishunoslardan Abu Zayd Husayn ibn Isoq al Ibodiy (808-877) arab, fors, qadimgi grek tillarini yaxshi egallangan. Buqrot, Arastu, Jolinus va boshqa antik olimlarning ilmiy asarlarini arab tiliga tarjima qilgan olim. Tarjimalaridan tashqari Husayn ibn Isoq tomonidan yozilgan 100 dan ortiq asarlaridan aksariyati tibbiyot va dorishunoslikka bag’ishlangan asliy asarlar nusxalari bizga yetib kelgan. Buqrot va Jolinusdan keyingi qadimgi Sharq tabobatining yirik nazariyotchi namoyondasi Husayn ibn Isoq tomonidan yozib qoldirgan meros asarlari boshqa tilga ham tarjima qilingan. Shunday asarlandan biri «Javome’ kitob Jolinus fi-l-Bavl» (Jolinusning siydik haqidagi hamma narsani qamrab olgan kitobi) dir, Arab tiliga Husayn tarjima qilgan bu asar siydik tahliliga va uning asosida tashxis qo’yishga bag’ishlangan.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling