O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Oliy asab faoliyatining turlari
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
6. Oliy asab faoliyatining turlari.
Oliy asab faoliyatining turlari. Kadimdan odamlar bir-birini xulq-atvorida individual xususiyatlarni kuzatganlar. Kadimgi yunonlar davridan ma’lum bo‘lgan kuyidagi 4 turdagi mijoz: xolerik («xole» — o‘t-safro), sangvinik («sangvis» - qiziqqon), flegmatik («flegma» shilimshik) va melanxolik («melanxole» — kora o‘t-safro) xozirgi vaqtda ham ishlatiladi. SHunday qilib, ko‘zgaluvchanligi yuqori bo‘lgan, asabi tez taranglashadigan, serjaxl, reaksiyalari kuchli bo‘lgan odamlarni xoleriklar, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga o‘zining harakatlari muvozanatini saklagan holda jonli reaksiya bilan javob beruvchi odamlarni — sangvinik deb atashgan. Muyuzanatlangan xarakterli, hayot sharoitlarining o‘zgarishlariga o‘z munosabatini kiyii o‘zgartiradigan odamlarni — flegmatik; kuchsiz, ko‘rkak, bir karorga kela olmaydigan, ko‘ngli bo‘sh odamlarni — melanxolik deb atashgan. Mijozlar to‘grisidagi ta’limotga kadimgi sharq olimlari va xakimlari (Ibn Sino) ham katta ahamiyat berganlar. Ularning fikricha, uchta asosiy mijoz — issiq, o‘rtacha va sovuq mijozlar mavjud bo‘lib, odam o‘z mijoziga qarab xayot kechirishi, ovqatlanishi va kasal bo‘lganda davolanishi zarurligini aytganlar. I. P. Pavlov o‘zining ko‘p yillar davomida itlarda o‘tkazgan tajribalari asosida, asab jaraenlarining kuchiga, muvozanatlashganlik darajasiga va harakatchanligiga karab kuyidagi 4 tipdagi OAF ni farqlagan: 1. Kuchli, ko‘zgaluvchan, harakatchan, muvozanatlashmagan (tiyib bo‘lmaydigan) tip (xolerik). Ushbu tipga mansub hayvonlarda ko‘zgilish kuchli bo‘lib, tormozlanish jaraeni biroz kechikadi. Shundan kelib chikqan xolda, asab jarayonlari muvozanatlashagan bo‘ladi. Ularda musbat Shartli reflekslar tez hosil bo‘ladi, tormoz reflekslari esa sust hosil bo‘ladi va deyarli to‘liq sodir bo‘lmaydi. 2. Kuchli, muvozanatlashgan, xarakatchan tip (sangvinik). Ko‘zgatuvchilarning signal moxiyatini musbat holatdan tormoz holatiga o‘tkazish bu hayvonlarda oson amalga oshiriladi (5 ~ 6 tajribadan so‘ng). Bunday xayvoilarda kech koluvchi Shartli refleks oson ishlab chiqariladi va dinamik stereotip tez o‘zgartiriladi. 3. Kuchli, muvozaiatlashgan, kam harakat tip (flegmatik). Bu tipdagi hayvonlarda ko‘zgatuvchilarning signal moxiyatini o‘zgarishiga Shartli reflekslarni o‘zgarishi juda kiyin o‘tadi. Ularning asab hujayralari a’lo darajada mexnat qilish qobilyatiga ega, ko‘zgalish va tormozlanish jarayonlari bir xil maromda o‘tadi (muvozanatlashgan), kuchli tashqi ta’sirlarni engil qabul qiladi va ularga nisbatan adekvat javob reaksiyasi qiladi. Ularni muvozanatdan chikarish kiyin, signallar moxiyatining o‘zgarishiga qaramasdan o‘z reakiiyalarini qiyin o‘zgartiradi. 4. Kuchsiz tip (melanxolik). Bu tipdagi hayvonlarda ko‘zgatilish jarayonining kuchayishi faoliyatni chegaradan tashqari darajada tormozlanishiga olib keladi. Ko‘zgalish va tormozlanishning kuchsizligi oqibatida ularning asab tizimini ishlash kobiliyati past bo‘lib, hayotda bunday hayvonlar passiv-mudofa reaksiyalariga moyil bo‘lishadi. Tormozlanishning judayam kuchsizligi tufayli, ularning asab jarayonlarini muvozanatlashganligi va harakatchanligi to‘grisida biron narsa aytib bo‘lmaydi. Yo’qorida nomlari qayd qilingan OAFning tiplari o‘zining tub ma’nosida chegaralangan holda mavjud bo‘lmaydi, bu nazariy jixatdan bulinishi mumkin bo‘lgan OAF tiplarining yigma nomlaridir. Hayvonlarda utkazilgan tajribalardan olingan OAF tiplari to‘grisidagi axborotlar, odam OAF tiplariga to‘gridan-to‘gri alokasi bor. Odam va xayvonlar asab tizimining tipologik xususiyatlari — ko‘zgalish va tormozlanish xususiyatlarini kombinatsiyasi tavsifiga (kuchi, muvozanatlashgani va harakatchanligiga) bog‘liqligiga ko‘ra umumiydir. SHu bilan birga farqi ham bor, chunki odam OAFning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Odam OAF tiplari to‘grisidagi tadkikotlarning ko‘pchiligini natijalari, odam OAF tiplari to‘grisida fikr yuritishga emas, asosan, asab jarayonlarining tipologik xususiyatlarini tavsifi uchun material beradi. Inson OAF ning tipologik xususiyatlarini shakllantirishning real sharoitlarida, po‘stloqosti strukturalar funksiyasining o‘ziga xosligi va individual tajribani o‘zoro harakati tufayli insonni shaxs sifatida shakllanishiga olib keladigan asab tizimining asosiy asab jarayonlari tipologiq xususiyatlarining aloxida va riatsiyalari muxim rol uynaydi. Odam OAF to‘grisidagi nazariy bilimlari va klinik kuzatishlari oqibatida I.P.Pavlov, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan 4 tip bilan bir qatorda, fakat inson uchun xos bo‘lgan yana 3 tip mavjudligi to‘grisidagi xulosaga kelgan. Bular badiiy, fikrlash va o‘rtacha tiplar hisoblanadi. Badiiy tip — birinchi signal tizimining nisbatan kuchli faoliyati bilan tavsiflanadi. Bu tipga mansub odamlar fikrlash jarayonida sezish a’zolari orqali olingan atrof-muhit obrazlaridan foydalanadilar. I.P.Pavlovning ta’biriga ko‘ra, ular borlikni bugunligicha, ya’ni qismlarga ajratmasdan kamrab oladilar. Fikrlash tipiga mansub odamlarda ikkinchi signal tizimining ishi sezilarli darajada kuchaygan, borlikdan boshqa narsalarga ham uti borshi jalb qilish, ularni tahlil kilishga intilish, borlikni ayrim qismlarga ajratish, keyin esa bu qismlarni bir butun qilish kobiliyati keskin namoen bo‘ladi. O‘rtacha tipga, ikkala signal tizimning muvozanatlashganligi xosdir. Bu tiplarni chukur o‘rganish nafaqat OAF tiplari muammosi uchun, balki odam miyasining signalli faoliyati muammolari uchun ham ma’lumotlar beradi. Odam oliy asab faoliyatining xususiyatlari. Tashqi va ichki muxitning turli signallariga odamda ham Shartli refleks xosil kilish mumkin va tegishli sharoitlarda, bu reflekslar Shartli va shartsiz tormozlanishga uchraydi. Atrof-muhit xodisalari va jismlar to‘grisidagi signallarni inson sezgi a’zolari orkali bevosita qabul qilib, analizatorlari yordamida ushbu axborotlarni taxlil va sintez qiladi. Tashqi va ichki muxitni bevosita tasavvur qilish odam va xayvon uchun yagona bo‘lgan birinchi signal tizimpni tashqil etadi. Lekin, odamda, mexnat faoliyati va ijtimoiy rivojlanish tufayli ikkinchi signal tizim, ya’ni so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan tizim rivojlanadi va takomillashadi. Bu tizim yozma va ogzaki so‘zni anglash xamda gapirish va yozishdan iborat. Odamda nutkning rivojlanishi murakkab jaraen bo‘lib, gapirish uchun nafas mushaklari, xiqildoq mushaklari, til, halkum va lablar harakati uygunlashishi kerak. Bu mushakli a’zolarning ishi yukori darajada bir-biriga moslashmaguncha, bola suzlarni notugri talaffuz qiladi. SHuning uchun, gudak bilai gaplashganda ham, unga gapirilayotgan va urgatilayotgan suzlarni tugri talaffuz qilish lozim. Inson bolalik davridonoq shaxs sifatida shakllana boshlaydi va bunda, uning bolalar jamoasiga ko‘shilish davri muhim rol uynaydi. Bu jarayonda bola duch keladigan kiyinchiliklar muvaffaqqiyatsizliklar kelajakda uni o‘z atrofidagilar bilan chikisha olmasligiga, ba’zan esa, hatto kasal bo‘lib qolishiga ham olib kelishi mumkin, natijada, uziga ishonmaydigan va atrofidagilarga loqayd bo‘lib o‘sadi. Reaksiyadari suct bo‘lgan va boshkalar bilan uynashga yaxshi o‘rganmagan bolaning jamoaga kushilishi juda kiyin kechadi. Bola tomonidan hayotning birinchi yillarida uzlashtiriladigan ma’lumotlarning mikdori, keiinchalik uni umri davomida olgan axborotlaridan ko‘p bo‘ladi. SHu tufayli ham, bolani atrof-muxit ta’sirotlaridan ajratmasdan, aksincha, uni ushbu muhit bilan munosabatlarini osonlashtirgan xolda, qabul qiladigan ma’lumotlarni o‘zlashtirish va singdirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bergan holda tarbiya qilish kerak. Tabiatan, bolaning asab tizimi behisob ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zlashtirishga moslashgan bo‘lib, agar ushbu tabiiy extiyoj kondirilmasdan bolaning harakatlari cheklanib ko‘yilsa, bolaning rivojlanishiga va oliy asab faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Odamzot jamiyatdan ajralgan xolda va boshqa insonlar bilan mulokotdan maxfum bo‘lsa, unda ikkinchi signal tizimi rivojlanmaydi. Demak ijtimoiy hayot bilan ikkinchi signal tizimi uzluksiz boglikdir. Odamlar jamiyatidagina, inson shaxs sifatida shakllanadi, uning ichki kiefasi boshqa odamlar bilan bo‘lgan mulokotda shakllanadi va shu jaraenda odam o‘z xatti-xarakatlari bilan ma’lum bir chegaralarni aniklaydi, o‘z xulq- atvorini boshqa odamlar tomonidan baxolanishiga ahamiyat beradi hamda uni, jamiyat talablariga monandlashtirishga intiladi. Insonlarga ma’lum bir guruh a’zosi bo‘lish xos bo‘lib, ushbu guruxning o‘zi to‘grisidagi fikriga kizikadi va ularning talablariga itoat qiladi. Yosh bolalar asab tizimining xususiyatlari. Bolalarning bosh miyasi yoshiga qarab ayrim o‘zgarishlarga uchraydi. Bola 8-9 oylik bo‘lganda, uning bosh miyasi ogirligi, yangi tugilgan paytdagidan ikki baravar, 3 yoshga kirganda — uch baravar ko‘p bo‘ladi. Bolalar bosh miyasi ular rivojlanishining birinchi yillarida tez tarakkiy etadi. Yosh bolalar, ayniksa, yangi tugilgan chakaloklarda bosh miyaning sirtqi tomoni yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, katta pushtalarni bir-biri bilan kushib turadigan va katta pushtalardan ajralib chiqadigan mayda pushtalar bo‘lmaydi. Bunday mayda pushtalar 6 oydan keyingina paydo bo‘laboshlaydi. Bosh miya yarim sharlarining po‘stlogi ham katta odamlarnikidan farq qilib, 1 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu po‘stloq kattalarnikiga nisbatan yupkarok bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim hujayralar kavatidagi asab hujayralar juda zich joylashgan. Bola 6-7 yoshga etgach miya po‘stlogining kavatlari aniq shaklga ega bo‘lib, olti kavatli tusga kiradi. Bolalarda Shartli reflekslar xosil qilish uchun katta odamlarda ko‘llaniladigan usullardan foydalanib bo‘lmaydi. Ba’zi Shartli reflekslar bola tugilgandan keyin birinchi kunlardanoq hosil bo‘lishi mumkin. Bir oy o‘tgach Shartli refleks xosil qilish osonlashadi, ayniqsa, ovqat eyishga oid reflekslar juda ko‘p xosil bo‘ladi. Masalan, chaqaloqni emizish paytidagi kabi holatda ushlab turilsa, u ogzini ochib, boshini ikki tomonga aylantiradi va lablarini so‘ra boshlaydi. 1,5-2 oy o‘tgach eruglik va tovushlarga javoban vujudga keladigan xarakatlar reflekslari hosil bo‘ladi, 6 oydan so‘ng esa sezuv a’zolari orqali Shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Bola 1 yoshga to‘lgach, buyumlarning xarakati, ranglari va shahchlarini farqlay boshlaydi, mexanik va termik ta’sirlarni bir-biridan ajratadi. Tashqi muhit bilan aloka qilish natijasida bola so‘zlashga o‘rgana boshlaydi. Odatda birinchi yoshning oxiri ikkinchi yoshning boshlaridan bola ayrim gaplarni «tushunadigan» va ba’zi bir so‘zlarni gapiradigan bo‘ladi, bunda, uning «tushunishi» suzlashidan ilgariroq tarakkiy etadi. Bola dastlab kiykira boshlaydi, keyinchalik ayrim so‘zlarni talaffuz qilishni o‘rganadi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshning boshlaridan bola so‘zlarni «tushunishi» natijasida, ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni gapira boshlaydi. Ikkinchi yoshning oxirida esa, ayrim tovushlardan butun so‘zlar tuzadi. Ma’noga ega so‘zlarning vujudga kelishi ikkinchi tartibli signal tizimining garantiy etishi natijasida amalga oshadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling