O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Me’da osti bezining gormonlari


Download 1.63 Mb.
bet102/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Me’da osti bezining gormonlari
Hozirgi kunda ma’lum bo’lganki, bezning Langergans orolchalari beta-hujayralarida insulin, alfa-hujayralarida esa glukagon gormonlar hosil bo’ladi. Bezning mayda chiqaruv yo’llarida joylashgan epiteliysi lipokain moddasini ishlab cdiqaradi. Bu moddani ba’zilar pankreatik gormon, boshqalar esa ferment tabiatli modda deb hisoblashadi.
Insulin gormoni birinchi marta 1922 yilda kanadalik olimlar Barting va Best tomonidan sigir va cho’chqaning me’da osti bezidan ajralgan. Keyinchalik, 1926 yilda olim Dj.Ahel tomonidan uning tuzilishi aniqlab berilgan.
Insulin disulfid bog’lar bilan birlashgan 17 xil aminokislotaning ikki zanjiridan tuzilgan polipeptiddir (birinchi zanjir 21 aminokislotadan, ikkinchi zanjir 30 aminokislotadan luzilgan). Hozirgi kunda insulin kimyoviy sintez yo’li bilan olingan.
Insulin karbonsuvlar almashinuvida ishtirok etadi. Gormon ta’siri ostida mushak tolalari va jigar hujayralarining membranalaridan glukozaning ko’proq o’tishi glikogonning sintezlanishiga, uning jigar va mushak hujayralarida to’planishiga yordam beradi. Insulin glukozaning o’zlashtirishini oshirib, organizmda yog’ hosil bo’lishini kuchaytiradi. Insulinning katta dozalari organizmga yuborilganda qon plazmasidan skelet mushaklari, yurak mushagi, silliq mushaklar, ko’krak bezi, jigar va boshqa a’zolar hujayralarming ichiga ancha glukoza o’tishi natijasida qondagi glukoza kamayadi (gipoglikemiya). Agar me’yorda qondagi qand miqdori 4,45-6,65 mmol/1 (80-120 mg%) bo’lsa, insulin ta’sir qilgandan keyin qandning miqdori 4,45 mmol/1 dan oshmaydi, Glukoza kamayishi natijasida markaziy asab tizimi hujayralariga glukoza kam o’tadi. Shu sababli bosh miya bilan orqa miyada glukoza birdaniga yetishmay qoladi, chunki glukoza barcha hujayralar singari, asab hujayralarining faoliyati uchun ham asosiy energiya manbayi hisoblanadi. Shu munosabat bilan qonda glukozaning keskin darajada kamayishi miya faoliyatini keskin ravishda buzadi-insulin shoki, yoki glpoglikemik shokka sabab bo’ladi. Qondagi glukoza miqdori 45-50 mg% ga tushganda shok belgilari paydu bo’ladi. Shuning uchim vaqti-vaqti bilan bemor qattiq tirishib qoladi, so’ngra mushaklar tonusi, tana harorati pasayadi va bemor hushidan ketadi. Bemor och bo’lsa, oz miqdorda yuborilgan insulin ham gipoglikemik shokka sabab bo’ladi, chunki och vaqtda hazm yo’lidan qonga glukoza o’tmaydi. Venaga glukoza yuborilsa gipoglikemik shok darhol barham topadi.
Me’da osti bezining insulin tshlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko’p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab boladi. Bu surunkali kasallik bo’lib, uzoq yillar, aksariyat hollarda umr bo’yi davom etadi. Bu kasallikda me’da osli bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi buzilishi tufayli, organizmga kerakli bo’lgan insulin gormoni bezdan qonga o’tmay qoladi. Buning oqibatida organizmda karbonsuvlar almashinuvi buziladi, ya’ni ovqat bilan iste’mol qilingan karbonsuvlarning parchalanishida hosil bo’lgan qand (glukoza) insulin ta’sirida glikogenga aylanmay uning qondagi miqdori ortib ketadi. Qandli diabet kasalligida uning miqdori 150-250 mg% ko’tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin.
Qondagi qandning miqdori normal bo’lganda, (80-120 mg%) u buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya’ni soglom odamning siydigida qand mullaqo bo’lmaydi. Qonda qandning miqdori 140-150 mg% dan oshaversa u siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi, Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko’p suv iste’mol qiladi. Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi karbonsuvlar tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste’mol qilishga majbur boladi. Aks hoida teri ostidagi zaxira yog’ moddalari parchalanib, glukozaga aytanadi, hatto hujayra va to’qimalar tarkibidagi oqsil, yog’ moddalari ham glukozaga aylanib qonga o’tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling