Buyrak usti bezlarining po’stlog’i
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining hujayralari genetik jihatdan epiteliy hujayraiariga yaqin turadi. Ular uchta mintaqani tashkil qiladi: tashqi koptokchali mintaqa, o’rta-tutamli mintaqa va ichki – to’rsimon mintaqa. Buyrak usti bezlari po’stlog’idan 40 dan ortiq gormonlar-kortikosteriodlar ajratib olingan, biroq ulardan faqat 8 taginasi fiziologik faoldir.
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining gormonlari
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining gormonlarini uch guruhga ajratish mumkin.
I. Mineralokortikoidlar - aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron - koptokchali mintaqadan chiqadi va mineral moddalar almashinuvini boshqaradi.
II. Glukokortikoidlar - kortizon, gidrokortizon, kortikosteron (kortikosteron mineralkortikoidlarga ham kiradi) - tutamli mintaqadan chiqadi, karbonsuvlar, oqsillar va yog’lar almashinuviga ta’sir etadi.
III. Jinsiy gormonlar-androgenlar, estrogenlar va progesteron, to’rsimon mintaqadan chiqadi.
Kimyoviy tuzilishiga ko’ra buyrak usti bezlarining po’stloq qavatida ishlab chiqadigan gormonlar stereoidlar bo’lib, xolesterin hisobidan bosil bo’ladi. Bu gormonlarning sintezlanishi uchun askorbin kislota ham zaruriy mahsulot hisobtanadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Buyrak usti bezlarning o’ziga xos tuzilishini belgilab bering.
Buyrak usti mag’iz qavatida qaysi goimonlar ishlab chiqariladi.
Buyrak usti po’stloq qavatida qaysi goromonlar ishlab chiqariladi?
Mineralokortikoidlarning fiziologik ahamiyati nimadan iborat?
Glukokortikoidlarning fiziologik ahamiyati nimadan iborat?
Buyrak usti bezi jinsiy gormonlarining fiziologik ahamiyati nimadan iborat?
Glukokortikoidlarning hosil bo’lish mexanizmlarini aytib bering.
Mineralokortikoidlarning hosil bo’lish mexanizmlarini aytib bering.
Adrenalin va noradrenalin gormonlarning fiziologik ahamiyati nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |