Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr: ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklar, yakka va tetanik qisqarish, izotonik va izometrik qisqarish.
Mаvzugа оid muаmmоlаr:
1. Hayvonlar mushaklarining fiziologik xususiyatlari?
2. Mushaklarning evolyusion kelib chiqishi?
1-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklar hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklarni bir-biridan ajrata оlаdi.
1.2. Mushaklarning anatomik tuzulishini tushuntirib bera oladi.
Birinchi sаvоl bаyоni.
Mushaklar odam organizmida asosiy ish bajaruvchi (ishchi) a’zolar-effektorlar hisoblanadi. Odamda ikki tip mushaklar: ko’ndalang -targ’il va silliq mushaklarning bo’lishi e’tirof etiladi.
Ko’ndalang-targ’il mushaklar skletning harakatlanishini, ko’zni harakatga keltirishini va boshqa muhim harakatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi funksional tizimlarni shakllantiradi. Ko’ndalang-targ’il mushaklar jumlasiga yurak mushaklari ham kiradi.
Odam va umurtqali hayvonlarning ko’ndalang-targ’il mushaklari markaziy asab tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Ular avtomatiyadan mahrumdirlar, ya’ni markaziy asab tizimi buyrug’iga qarab ishlash qobiliyatiga ega emas. Ular odamning o’z xohishi irodasiga bo’ysinganligi tufayli ixtiyoriy mushaklar deyiladi.
Odamning silliq mushaklari ichki a’zoiarga xizmat qiladi. Ular markaziy asab tizimi tomonidan kuchsiz nazorat qilinadi, hamda ularga avtomatizm va xususiy intramural yoki metasimpatik asab turlanishi xos, bu narsa ularni ko’p jihatdan o’z-o’zini boshqarishlarini ta’minlaydi.
Silliq mushaklarni (shuningdek yurak mushaklarini ham) ba’zan noixtiyoriy mushaklar deb yuritiiadi, bunda uning inson xohishi-irodasi bo’yicha nazorat qilinmaganligi e’tiborga olinadi.
Odamda ham ko’ndalang-targ’il va ham silliq mushakiar mavjud, lekin ularning xossalari va markaziy asab tizimiga munosabati biroz boshqacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |