Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Motoneyron nima?
Miografiya va miogramma haqida nimalarni bilasiz?
Izotonik va izometrik qisqarish nima?
3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga mushaklarning yakka va tetanik qisqarishlari hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Yakka qisqarish fazalarini aytib bera оlаdi.
1.2. Tetanik qisqarishning turlarini tushuntirib bera oladi.
Uchinchi sаvоl bаyоni.
Asab-mushak preparatining asabiga bir marta qisqa vaqt ta’sir etilsa, mushak yakka qisqaradi. Mushak asabdan bir impuls olib, unga bir marta javob beradi. Yakka qisqarish uch fazaga bo’linadi: qisqarishning latent (yashirin) davri, qisqarish fazasi, bo’shashish fazasi.
Yaxlit bir bulun organizmda normal shamitda mushaklar yakka qisqarmaydi, chunki mushaklarga markaziy asab tizimidan hamisha bir talay impulslar kelib turadi. Mushakga ko’pincha ketma-ket keluvchi bir qancha impulslar kirganda mushak bunga javoban uzoq qisqaradi. Impulslarning tez-tez kelib turishi tufayli mushakning shu tariqa uzoq qisqarishi tetanik yuki tetanus deb ataladi.
Teianik qisqarishni yuzaga chiqarmoq uchun impulslar o’rtasidagi interval yakka qisqarish davriga qaraganda kaltaroq bo’lishi kerak, aks holda mushak ketma-ket yakka qisqaradi. Binobarin, tetanus kelib chiqishi uchun zarur shart shundan iboratki, avvalgi ta’sirot tufayli paydo bo’lgan qisqarish hali tamom bo’lmasdan turib, navbatdagi ta’sirotni berish kerak. Shu shartga rioya qilganda ham ikki xil tetanik qisqarish ro‘y beradi: tishli tetanus va silliq tetanus.
Tetanik qisqarish balandligi (amplitudasi) yakka qisqarishning balandligidan ancha yuqori bo’ladi, chunki ritmik ta’sirotda qo’zg’alishning har bir yangi to’lqini mushaklarning qo’shimcha qisqarishini paydo qiladi. Bu qisqarish avvalgi qisqarishga qo’shilib ketadi (summatsiya hodisasi). G.Gelmgols (1847) navbatdagi har bir impulsda mushak shu payt bo’shashib turganday kaltanaveradi deb faraz qilib, bu jarayonga superpozitsiya, ya’ni qisqarishlarning taxlanishi deb nom berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |